A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1-rasm. Korxona investitsion faoliyati bosh rejasining belgilanishi
- Korxona investitsion strategiyasining mohiyati va uni
• : mm
korxona investitsion resurslarini shakllantirish tavsifi Щ , -pa korxona uzoq muddatli investitsion maqsadlarini amalga - pi oshirish bosqichlarining ketma-ketligi investitsion. faoliyat yo'nalishlari ya shakllari bo'yicha korxonaning investitsion aktivligi imkoniyatlar ichegaralari tni mcdeliashtirish, amalga oshirish vsi baholasiining rasmiy : ihezotilari tizimi 10.1-rasm. Korxona investitsion faoliyati bosh rejasining belgilanishi - reinvestitsion, ya'ni bo'sh investitsion resurslardan yana yangi ishlab chiqarish jihozlarini sotib olish yoki o'rnatishda foydalaniladi. Bu turdagi investitsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi: texnika-texnologiyalar, jihozlarni almashtirishga investit- siyalar; modernizatsiyalash va konstruksiyalashga investitsiyalar (obyektlar, jihozlar, uskunalarni); ishlab chiqarishni diversifikat- siyalashga investitsiyalar (faoliyat turlari, xizmatlar, tovarlar assor- timentini kengaytirish); firmalar yashashini ta'minlashga va bozorda o'z mavqeiga ega bo'lishga investitsiyalar (ilmiy-tadqiqot jihozla- riga va tajriba-konstruktorlik ishlari, mahsulotni yangilash, reklama, dizayn, xodimlarni qayta tayyorlash, sanoat josusligi, tijorat sirini saqlash). Investitsiyalar hajm o'lchovi nuqtai nazaridan yirik va kichik investitsiya turlariga bo'linadi. Kichik investitsiyalar, odatda korxonalar yillik tushum hajmiga jiddiy ravishda ta'sir ko'rsatmaydi hamda qo'shimcha samaralar olishda unchalik ahamiyatga ega 152 e m a s . Yirik investitsiyalarda korxonalarda ishlab chiqarilgan m a h s u l o t realizatsiyasi hajmi investitsiya miqdoriga (kiritilgan i n v e s t i t s i y a hajmiga) bog'liq bo'ladi. Korxonalar ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish maqsadida kiritilayotgan barcha investit- s i y a l a r investitsiya subyekti nuqtai nazaridan davlat va xususiy i n v e s t i t s i y a l a r g a bo'linadi. Ular yo'nalishi, maqsadi, moliyalash m a n b a l a r i bo'yicha bir-biridan farqlanadi. Davlat investitsiyalari a s o s a n mudofaa, sog'liqni saqlash, madaniyat, nazariy ilmiy loyihalar maqsadida hamda iqtisodiyotni tizimli tartibga solish uchun u yoki bu tarmoq va ishlab chiqarishning eng muhim sohalarini moliyalashtirishga yo'naltirilishi zarur. Davlat investit- siyalari davlat va mahalliy budjetlarning jamg'arma fondlari turli darajadagi davlat korxonalari foydasi yoki ichki va tashki davlat zayomlari, obligatsiyalar chiqarish hisobiga moliyalashtiriladi. Xususiy investitsiyalar ko'proq foyda olish imkoniyati yuqori bo'lgan tarmoqlarga yo'naltiriladi. Ularni moliyalashtirish manbai bo'lib, korxona va tashkilotlarning taqsimlanmagan foydasi, amor- tizatsiya jamg'armasi hamda korxonalarni o'z mol-mulkini garovga qo'yib emissiya qilgan mablag'lari shaklidagi korxonalarning o'z mablag'lari hisoblanadi. Investitsiyalar kiritilish bo'yicha uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarga bo'linadi. Kiritilgan mablag'larni joriy etish vaqti va natijalardan foydalanish nuqtai nazaridan investit- siyalar quyidagi turlariga farqlanadi: 1. Bir martalik investitsiyalar - bir martalik mahsulotni chiqa- rishga yo'naltiriladi. Bunday guruh investitsiyalarga - investitsiya- lash jarayonidan muayyan bir vaqtda sarflangan va shunga muvofiq holda bir martalik mahsulot ishlab chiqarish aktiga to'g'ri keladigan investitsiyalash jarayonini ifodalaydi. 2. Takroriy investitsiyalar - bu jarayonda ham bir martalik mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Bu holatda kapital mablag' sarflari hamda mahsulot ishlab chiqarish bir paytda amalga oshiriladi. 3. Bir martalik investitsiyalar - bu jarayonda korxonalar mahsulot ishlab chiqarishni bir necha marta takroran hosil qiladi. Bu holda investitsiya mablag'lari sarfi bir vaqtli (muayyan davrda) 153 xarakterga ega, ammo mahsulot ishlab chiqarish uzoq muddatda amalga oshiriladi. Investitsiyalar moliyalashtirish manbalari bo'yicha o'z mablag'lari va jalb qilingan mablag'larga bo'linadi. Investitsiyaning o'z mablag'lari manbalariga korxona jamg'armalari, ya'ni foyda, amortizatsiya ajratmalari, ishchi-xodimlar mablag'lari (ulushlari, aksiyalari va h.) kiradi. Jalb qilingan mablag'lar manbaiga: davlat va mahalliy budjet mablag'lari, tijorat mablag'lari, kompaniyalar investitsion fondlar resurslari, moliya-kredit tashkilotlari resurslari, obligatsiyaiar, xorijiy investorlarning to'g'ridan to'g'ri va portfel investitsiyalari kiradi. Investitsiyalar majburiy joriy qilinish darajasi bo'yicha quyidagicha tasniflanadi: - majburiy investitsiyalar - umumdavlat manfaatlariga muvofiq keladigan investitsiyalardir. Bunday investitsiyalar asosan o'rab turgan muhitni saqlash, tabiatni muhofoza qilish, obyektlarni qurish, jamoat maskanlarini bunyod etish va boshqalarni moliya- lashtirishga. sarflanadi. - xavf-xatardan himoyalanishga sarflanadigan investitsiyalar - komplekt mahsulot va xomashyolarni sotib olish bo'yicha xavf- xatarni kamaytirishga yoki korxonalarga bozordagi baholar dara- jasini yetarli darajada ushlab turishga ko'maklashish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarni monopol raqobatdan himoyalashga yo'naltiriladi; - tezkor investitsiyalar («nou-xou», ilmiy yangiliklar uchun) - yangi texnik va texnologik imkoniyatlarni izlashga, texnik taraqqiy etishga yo'naltiriladi; - ijtimoiy investitsiyalar - korxona jamoasi mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo'naltiriladi; - hukumat investitsiyalari - korxonalar mavqeini qo'llab- quvvatlashga yo'naltiriladi. Korxona va tashkilotlarda asosiy fondlarni yaratish va takror ishlab chiqarishga investitsiyalash kapital qo'yilmalar shaklida amalga oshiriladi. Investitsion faoliyatni amalga oshirishda ma- halliy, chet el yuridik va jismoniy shaxslari hamda davlat va xalqaro tashkilotlar qatnashishlari mumkin. Investitsiyalash jarayonlarining subyektlari investorlar hisoblanadi va ular quyidagilar: buyurt- 154 naachilar, ish bajaruvchilar, etkazib beruvchilar (ta'minotchilar) kiradi. Shuningdek, investorlar sifatida banklar, sug'urta kompaniyalari, vositachi tashkilotlar bo'lishi mumkin. Investitsion faoliyat subyektlari ikki yoki undan o r t i q q a t n a s h c h i l a r funksiyalari birga olib borishlari mumkin. Investorlar _ bu investitsion faoliyat subyektlari bo'lib, xususiy qo'yilmalar, zayomlar va jalb qilingan mablag'larni investitsiyalar shaklida va ulardan maqsadli foydalanishni ta'minlashni amalga oshiradilar. Investorlar sifatida: organlar, davlat va munitsipial mulk boshliqiari; fuqarolar, korxonalar va boshqa yuridik shaxslar; c h e t el jismoniy va yuridik shaxslar; davlat va xalqaro tashkilotlar kiradi. 2-§. Korxona investitsion strategiyasining mohiyati va uni Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling