A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet25/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduqlarni perforatsiya qilish


Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini mahsuldor qatlamning kerakli chuqurlikkacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam xarajatliligi uchun ko‘p qo‘llaniladi.
Mahsuldor qatlam otish natijasida teshik hosil qilish jarayoni teshish (perforasiya) jarayoni deb atalsa, teshishda qo‘llaniladigan apparat perforator deb ataladi.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi va sement halqasida teshik hosil qilish uchun to‘rtta usuldan foydalaniladi:
O‘qli torpedalash, kumulyativ va suv qum aralashmasi bilan teshish. O‘qli perforatorlarning quyidagi turlari mavjud:

  1. bir vaqtda otiladigan perforatorlar, bunda mahsuldor qatlamni teshish barcha o‘qlar bir vaqtda otilib, mahsuldor qatlam teshiladi. Bu usul mustahkam qalin qatlamli quduqlarda qo‘llaniladi;

  2. o‘qlari ketma-ket otiladigan perforatorlar, bunda birinchi o‘q otilgandan keyin ikkinchi o‘q otiladi. Bu usul mustahkamlovchi quvurlarni zararlanishi (yoriq hosil bo‘lishi)ni oldini olish uchun qo‘llaniladi;

  3. terib otuvchi perforatorlar bunda kerakli oraliqlarni navbatma-navbat otish uchun qo‘llaniladi. Bu usul qalin bo‘lmagan qatlamlarni ochish uchun ishlatiladi.

O‘qli perforatorlar 65,80 va 98 mm diametrda ishlab chiqariladi. Tizmani teshishda 11 - 12,7 mm li o‘qlardan foydalaniladi. O‘qli teshgichning kamchilik tomoni barcha otishlar har doim ham tizmni tesha olmaydi. Ayrim otishlarda energiyaning tezda yo‘qolishi natijasida tizmani teshib o‘tmaydi.O‘qli perforatorlarning markasi APX-84 va APX-98, PP3.
Kumulyativ teshish usulida mahsuldor qatlam kumulyativ zaryad yordamida teshiladi. Portlashi natijasida hosil bo‘lgan portlovchi modda tezligi 8000 m/s gacha bo‘ladi.
Kumulyativ peforatorlar korpusli va korpussiz perforatorlarga bo‘linadi. Korpusli perforator bir qancha zaryadlar joylashtirilgan germetik yopiq korpusdan tashkil topgan bo‘lib uni ko‘p marta ishlatish mumkin. Korpusda kumulyativ zaryad,
detanatsiya hosil qiluvchi shnur va portlovchi patron joylashgan bo‘ladi. Bunday perforatorlar 10 va 20 zaryadli bo‘lib, markasi ПК-103, ПКС105ДУ .





4.3-rasm. ПКС105ДУ markali korpusli perfaratori.
1 – portlovchi patron; 2 –detanatsiya shnuri;
3 – kumulyativ zaryad;
4 – elektr simi.

4.4-rasm. Kumulyativ zaryad.


4.5-rasm.ПК105-Э markali perforator.


Kumulyativ perforatorlarining texnik tavsifi.
4.1-jadval





Ko`rsatkichlari

Korpusli perforatorlar

Korpussiz perforatorlar

ПК85ДУ
ПК105ДУ

ПНКТ73
ПНКТ73

ПКО 73
ПКО 89

ПКОТ73
ПКОТ89

ПКС80
ПКС105

ПР 43
ПР 54

КПР
У65

Tashqi bosim,
kg/sm2

800

1000

450

1200

800

800

800

Muhit harorati,
0С

180

170
180

180

100

150

150

Quvurning eng kichik ichki
diametri, mm



98/118

96/118
96/118



96/118



96/118



50/62



76

Perforatsiya
uzunligi, mm

95-145

155-250

155-250

155-250

155-250

165-275

200

Perforatsiya
diametri, mm

8

12

12

12

12

10

9

Korpussiz teshgichda har bir zaryad alohida germetik qobiq bilan mustahkamlangan bo‘lib, bu portlash vaqtida yoriladi. Korpussiz perforatorlar KPR- 50, KPR-65, KPR-8 va KPR-100 markali turlari mavjud.


Teshish usullarini tanlashda perforatorlarni xususiyatlarini bilishimiz shart. O‘qsiz perforatorlarni qattiq tog‘ jinslaridan tuzilgan quduqlarda ishlatish yaxshi natija beradi; O‘qli perfarator uncha qattiq bo‘lmagan tog‘ jinslaridan tuzilgan qatlamni teshishda qo‘llaniladi. Snaryadli teshish usuli qattiq va kam o‘tkazuvchan tog‘ jinslarida qo‘llash yaxshi natija beradi. Otilgan o‘q va snaryadlar tizmani deformatsiyalaydi va sement halqa va qatlamlarda yoriq hosil qiladi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling