A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet43/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Gaz quduqlari uchun – bu har xil diametrdagi shtutserlarni quduq usti(FA)ga o‗rnatish orqali amalga oshiriladi.

Neft quduqlari uchun:


    1. favvora va artezian usulida ishlatilganda quduq usti(FA)dagi chiqish quvuriga har xil diametrdagi shtutserlar o‗rnatish orqali;

    2. mexanik usulda ishlatilayotganda chuqurlik nasoslari ish rejimlarini o‗zgartirish orqali.

Shtangali chuqurlik nasoslari bilan ishlatilayotganda ish rejimini o‗zgartirish:

  • nasos plunjeri uzunligini o‗zgartirish bilan ();

  • tebranishlar sonini o‗zgartirish bilan (bir daqiqada nasosning (so‗rish) tushib chiqishlar soni ) (n);

  • bir vaqtning o‗zida plunjer shtok uzunligi va tebranishlar sonini o‗zgartirish

bilan.
Agar bu usullar bilan quduq debiti o‗zgarmasa (hamma kombinatsiyalar (ℓ)
va (n) ni o‗zgartirish bilan nazariy jihatdan debit oshirish mumkin) nasos chuqurligini o‗zgartirishga to‗g‗ri keladi. Bu hollarda barcha rejimlarda suyuqlikning dinamik sathi Ndin qoidaga ko‗ra nasos so‗rg‗ich qismida bo‗ladi va quduq tubi bosimi Rq.t gidrostatik bosim formulasiga asosan topiladi.

Pq.t = ρ•g•(N-Ndin) (7.15.)


MQCHEN (Markazdan qochma cho‗kma elektr nasosi) tushirilgan quduqlarda rejim o‗zgartirish quduq ustki qismiga o‗rnatilgan shtutserni almashtirish orqali yoki zadvijkani ko‗proq ochib yoki kamaytirib quduq usti bosimini boshqarish orqali amalga oshiriladi.
Ko‗pgina konlarda (Pq > Pto‘y bo‗lganda) quduqlarni har qaysi rejimda 1 –
....5 sutka davomida ishlatib ko‗riladi. Debiti va bosimi rejim davri oxirida o‗lchanadi. Shundan so‗ng quduq yangi rejimga o‗tkaziladi.
Haydovchi (damlovchi) quduqlar rejimlari nasos stansiyalaridagi boshqaruvchi qurilmalar yordamida boshqariladi, quduq tubi bosimi esa quduq ustiga o‗rnatilgan manometr orqali aniqlanadi.

  1. Download 6.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling