A isayev, G. Anvarjonova, N. Shokirov
Har yili Orol dengizining qurigan qismidan necha
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
87ortaosiyovaozbtabgeografiyasipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Atmosferaga chiqadigan zaharli birikmalarni 51 % i qaysi gazga to‘g‘ri keladi
- 10. Qizil kitob nechta jilddan iborat bo‘ladi A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 IX. bob. Tabiat komplekslari tavsifi
8. Har yili Orol dengizining qurigan qismidan necha
mln tonna chang to‘zon ko‘tariladi? A) 15 mln t B) 15-75 mln t C) 75-100 mln t D) 25-75 mln t 9. Atmosferaga chiqadigan zaharli birikmalarni 51 % i qaysi gazga to‘g‘ri keladi? A) Azot B) Oltingugurt oksidi C) Uglerod oksidi D) Karbonat oksidi 10. Qizil kitob nechta jilddan iborat bo‘ladi? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 IX. bob. Tabiat komplekslari tavsifi Tekislik qism respublikamizning shimoliy-g‘arbiy va g‘arbiy hududlarini o‘z ichiga oladi. Tog‘ va tog‘oldi hududlar O‘zbekistonning janubi-sharqiy, sharqiy qismlarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonning tekislik qismi 5 ta tabiiy geografik o‘lkaga bo‘linadi : Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum, Quyi Zarafshon, Orol. O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida joylashgan tabiiy geografik o‘lkalar 6 tani tashkil qiladi. Ular : Surxondaryo, Qashqadaryo, O‘rta Zarafshon, Mirzacho‘l, Chichiq-Ohangaron, Farg‘ona. 59 Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik o‘lkasi respublikamizning shimoliy-sharqiy qismida, Sirdaryo bilan G‘arbiy Tyanshan tog‘lari oralig‘ida joylashgan. Ugom tizmasining janubi-g‘arbida Qorjontov joylashgan. Ohangaron vodiysida chinni xomashyosi - kaolin konlari mavjud. G‘arbiy Tyanshan tizmasining nam havoga ro‘para yonbag‘irlarda 2000 mm gacha yog‘in tushadi. Farg‘ona vodiysi g‘arbdan sharqqa 370 km ga cho‘zilgan, kengligi o‘rtacha 190 km, eng tor yeri-g‘arbida eni 9 km bo‘lib, « Xo‘jand darvozasi » deyiladi. Mirzacho‘l tabiiy geografik o‘lkasi Arnasoy ko‘li va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan. O‘rta Zarafshon tabiiy geografik o‘lkasi O‘zbekistonning markaziy qismini, yer po‘stining tektonik jarayonlar ta’sirida cho‘kkan Zarafshon vodiysining respublikamizga qaraydigan o‘rta qismini o‘z ichiga oladi. Zarafshon o‘lkasi Turon plitasining cho‘kkan qismida joylashgan. Qashqadaryo tabiiy geografik o‘lkasi O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘lib, Janubi va janubi-g‘arbida Sandiqliqum o‘lkani Turkmanistondan ajratib turadi. O‘lkada Jinnidaryo uzunligi - 57 km, Oqsuv uzunligi - 115 km daryolar joylashgan. Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasi Surxon- Sherobod vodiysini va uning atrofini o‘rab turgan tog‘larni o‘z ichiga oladi. Quyi Zarafshon o‘lkasi shu nom bilan ataluvchi daryoning quyi qismida joylashgan bo‘lib, o‘z ichiga Buxoro va Qorako‘l vohalarini oladi. Qizilqum o‘lkasi asosan, Amudaryo va Sirdaryo orasida joylashgan. Lekin Qizilqum tabiiy geografik o‘lkasiga Qizilqum cho‘lining O‘zbekiston hududida joylashgan qismi kiradi. Quyi Amudaryo tabiiy geografik o‘lkasiga Amudaryining qadimiy va hozirgi deltalarini o‘z ichiga oladi. Ustyurt tabiiy geografik o‘lkasiga Ustyurt platosining faqat janubi-sharqiy qismi O‘zbekistonga qaraydi. O‘zbekistonga qaraydigan Ustyurt respublikamizning eng shimoli- g‘arbida joylashgan hudud hisoblanadi. Orol tabiiy geografik o‘lkasi Turon tekisligining markaziy qismida, Ustyurt o‘lkasi bilan Qizilqum o‘lkasi orasida joylashgan. U shimolda Qozog‘iston bilan, janubi- sharqda Qizilqum, janubda Quyi Amudaryo, g‘arbda Ustyurt o‘lkalari bilan chegaralanadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling