A isayev, G. Anvarjonova, N. Shokirov
Subalp va alp o‘tloqlari mintaqasiga necha m dan yuqori
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
87ortaosiyovaozbtabgeografiyasipdf
10. Subalp va alp o‘tloqlari mintaqasiga necha m dan yuqori
bo‘lgan yaylovlar kiradi? A) 2600 m B) 2700 m C) 2800 m D) 2900 m VII-bob. O‘rta Osiyoning hududiy tavsifi Yirik tabiiy geografik o‘lkalar yanada maydaroq qismlarga - tabiiy geografik kichik o‘lka, tabiiy geografik rayonlar guruhi va tabiiy geografik rayonlarga ajratib o‘rganiladi. Tabiiy geografik o‘lkalarni kichikroq qismlarga ajratishda har bir hududning muayyan tabiiy xususiyati hisobga olinadi. O‘rta Osiyo tabiiy geografik kichik o‘lkasida iqlim ta’sirida vujudga keladigan o‘ziga xos xususiyatiga qarab ikkita tabiiy geografik kichik o‘lkani ajiratishimiz mumkin. Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasi va Qozog‘iston tabiiy geografik kichik o‘lkasi. O‘z navbatida tabiiy geografik kichik o‘lkalar yanada kichikroq rayonlar guruhiga bo‘linadi. Bular: tekislik tabiiy rayonlar guruhi, hamda, tog‘li rayonlar guruhini ajratishimiz mumkin. Qozog‘iston va Turon tabiiy geografik kichik o‘lkalar o‘rtasidagi chegara Qorabo‘g‘ozgo‘l janubi, 43 Ustyurtning janubiy chinklari orqali o‘tib, Qo‘ng‘irotgacha keladi. Undan so‘ng esa sharq tomonga davom etib, Qizilo‘rdagacha boradi. So‘ngra Qoratov, Talas Olatovi va Farg‘ona tog‘ tizmasining suvayirg‘ichlari bo‘ylab o‘tib, Otboshi, Oloy, Farg‘ona tog‘ tizmalari tutashgan joyga boradi. Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasi tog‘li rayonida - G‘arbiy Tyanshan, Janubiy Tyanshan, Pomir va Badaxshon, janubiy yosh tog‘lar joylashgan. Qozog‘iston tabiiy geografik kichik o‘lkasiga esa - Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari, Shimoliy Tyanshan, Markaziy Tyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari joylashgan. O‘rta Osiyoning eng baland nuqtasi -Trichmir cho‘qqisi 7690 m hisoblanadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling