A k a d e m n a s h r
HECH NARSA SO'RAMAY SONNI TOPISH
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Qiziqarli matematika [uzsmart.uz]
HECH NARSA SO'RAMAY SONNI TOPISH
Siz o'rtog'ingizga istagan uch xonali son o'ylashni taklif etasiz. Faqat bu sonning ikki chekkasidagi raqamlar orasidagi farq 2 dan kichik bo'lmasin. Shunday sonni o'ylab bo'lgach, o'rtog'ingiz bu son raqamlarining o'rinlarini teskari tartibda almashtirib qo'ysin. Endi ana shu ikki son, ya’ni o'ylagan soni va uning raqamlarini almashtirgan- da hosil bo'lgan sonning kattasidan kichigini ayirsin. Shundan so'ng o'rtog'ingizga ayirmaga shu ayirmaning raqamlarini teskari tartibda yozganda hosil bo'lgan sonni qo'shishni aytib, u hali hisoblab ulgur- masidan natija 1089 ekanini «bashorat» qilishingiz mumkin. Masalan, u 467 sonini o'ylagan deylik. Shunda sizning topshi- rig'ingizga ko'ra u quyidagi amallami bajaradi. O'ylagan son - 467. Uning raqamlari teskari joylashtirilganda hosil bo'lgan son - 764. Bu ikki sonning kattasidan kichigi ayril- ganda (764 - 467) hosil bo'lgan son - 297. Ayirmaning raqamlari teskari joylashtirilganda hosil bo'lgan son - 792. Bu ikki son qo'shil- ganda (297 + 792) hosil bo'lgan son - 1089. Bu oxirgi natija, ya’ni 1089 nega hamisha bir xil bo'ladi? 21 Masalani umumiy tarzda ko'rib chiqamiz: a, b, с raqamlari bilan ifodalangan bir son olamiz. Bunday istalgan sonni esa quyidagicha tasvirlash mumkin: 100a + 10b + c. Raqamlari teskari tartibda yozilgan aynan shu sonning ko'rini- shi esa bunday bo'ladi: 100c + 10b + a. Birinchi son bilan ikkinchi son ayirmasi esa quyidagicha ko'ri- nish hosil qiladi: (100a + 10b + c ) - (100c + 10b + a) = 100a + 10b + c - 1 0 0 c - 10b - a = 99a - 99c. Endi esa quyidagicha shakl almashtirishlarni bajaramiz: 99a - 99c = 99(a - c) = 100(a - c) - (a - c). Hosil bo'lgan bu songa endi 100 va 10 sonlarini qo'shib, yana ayiramiz va uch xonali son formulasiga (100a + 10b + c) keltirish nrhiin oavslar irhina ozoina o'zoarishlar kiritamiz. Ya’ni: 1 0 0 ( a - c ) - ( a - c ) = 100(a - c ) - 100 + 1 0 0 - 10 + 1 0 - a + c = 100(a - c - 1) + 90 + (10 - a + c). Yanayam tushunarliroq bo'lishi uchun 90 ni 10 • 9 shaklida yozib olishimiz mumkin: 100(a - c - 1) + 10 • 9 + (10 - a + c) Demak, ayirma quyidagi uch raqamdan iborat: yuzlar raqami: a - c - 1; o'nlar raqami: 9; birlar raqami: 10 + c - a . Raqamlari teskari tartibda joylashgan son esa bunday tasvirlanadi: 100(10 + с - a) + 90 + (a - с - 1). Ikkala ifodani qo'shib: 100(a - c - 1 ) + 90 + 10 + c - a + 100(10 + с - a) + 90 + a - с - 1. quyidagi tenglikni hosil qilamiz: 22 100 -9 +-180 + 9 = 1089. а, b, с har safar turli raqamlarni bildirsa ham, hisoblash natijasi doimo bir xil, ya’ni 1089 chiqadi. Shuning uchun siz har safar chi- qadigan natijani to'g'ri topa olasiz. Yana shuni unutmangki, bu fokusni bir kishiga ikki marta ko'rsa- tish yaramaydi - sir ochilib qolishi mumkin. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling