0 ‘CHIRILGAN RAQAM
Biror o'rtog'ingiz qandaydir ko'p xonali sonni (masalan, 847 ni)
o'ylasin. O'rtog'ingizga shu sonning raqamlari yig'indisini topishni
(8 + 4 + 7 = 19) va o'ylangan sondan shu yig'indini ayirishni taklif
etina. Natiiada auvidaqi son hosil bo'ladi:
8 4 7 - 1 9 = 828.
Hosil bo'lgan sondan bitta raqamni (qaysinisi bo'lsa ham) o'chirsin
va qolgan raqamlami sizga aytsin. Siz o'ylangan sonni bilmasangiz va
uning ustida qilingan amallarni ko'rmagan bo'lsangiz ham o'chirilgan
raqam qaysi ekanini darhol o'rtog'ingizga aytib bera olasiz.
Xo'sh, buni qanday bajarish mumkin? Fokusning siri nimada?
Bu juda oson.Siz aw alo o'zingizga aytilgan raqamlarni qo'sha-
siz. Masalan, 828 sonida birinchi 8 raqami o'chirilib, sizga 2 va 8 ra
qamlari aytilgan bo'lsa, u holda 8 + 2 = 10 bo'ladi. Endi shu sondan
keyingi, 9 ga qoldiqsiz bo'linadigan sonni topasiz. Misolimizda bu
son 18. Ana shu 9 ga bo'linadigan son*(18)dan yig'indi (10)ni ayir-
sangiz, o'rtog'ingiz sizdan yashirgan raqam chiqadi (18 - 10 = 8).
Nega shunday bo'ladi? Chunki har qanday ko‘p xonali sondan
uning raqamlari yig'indisi ayirilsa, albatta 9 ga bo'linadigan son pay-
do bo'ladi. Deylik, o'ylangan sondagi yuzlar raqami a, o'nlar raqami
Do'stlaringiz bilan baham: |