A k a d e m n a s h r
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Qiziqarli matematika [uzsmart.uz]
1-BOB
MAROQLI TANAFFUS YIG'INDI Yig'indi barcha qo'shiluvchilarga o'zlari bildiradigan miqdor- ga qarab tizilishni buyurdi: oldinda Eng katta qo'shiluvchi, keyin 0 ‘rtancha qo'shiluvchi, oxirida esa Eng kichik qo'shiluvchi: 3+2+1. Bundan Eng kichik qo'shiluvchining ko'ngli to'lmadi va dedi: - Nima, oldinda doim Eng katta qo'shiluvchi turishi shartmi? Yig'indi o'ylanib qoldi va nimalarnidir hisoblab ko'rib, Qo‘- shiluvchilarning 0 ‘rnini teskari tartibda tizib chiqdi: 1+2+3. Endi esa kutilmaganda Eng katta qo'shiluvchi hasrat qilib qoldi: — C l l y K d U d b l I i ICII UU I b d l I l - U d , yet i i d Cl i y UAH l U d IUI 1Ы l l l l l ( 111 I icU»i t — 0 ‘rinli e’tiroz, - dedi Yig'indi va ularni yana boshqacha tartib da tizib chiqdi - boshida Eng katta qo'shiluvchi, o'rtada Eng kichik qo'shiluvchi va oxirida O'rtancha qo'shiluvchi: 3+1+2. Bu holatdan endi O'rtancha qo'shiluvclrning ko'ngli to'lmadi. U shunday e’tiroz bildirib qoldi: - Nima uchun aynan men eng oxirida turishim kerak, tushun- mayapman. Shunday qilib, boshi qotgan Yig'indi Qo'shiluvchilarning o'rnini almashtiraverdi, almashtiraverdi... Axir, unga farqi yo'q edi-da - Qo'shiluvchilarning o'rnini har qancha almashtirgan bilan Yig'indi o'zgarmaydi-ku. КО‘РАУТМА Oddiy va kamtargina Bir xonali sonlar - Sakkiz va Yetti tani- shib qolishdi hamda ko'payishga qaror qilishdi, natijada yangi Ko‘- paytma - Ellik olti dunyoga keldi. Ko'paytuvchilar Sakkiz va Yetti terilariga sig'may quvonishar, bu haqda qo'ni-qo'shnilarga maqta- nishardi: з
- Qaranglar, bu bizning Ko'paytmamiz. Biz oddiygina Bir xonali sonlar bo'lsak ham, davomchimiz Ikki xonali son. Ellik olti esa o‘z ota-onasi - Bir xonali sonlardan uyalar, ular bi- Ian ko‘cha-ko‘yda toqat qilib yurolmasdi ham. «Axir, u kimsan, Ikki xonali son bo'lsa! Eh, ota-onasi naqadar mayda-ya. Ular bilan bir- ga yursa, atrofdagilar nima deb o'ylaydi?» Shunday xayollar bilan u kamtargina ota-onasini tashlab ketdi hamda boshqa Ikki xonali son Qirq besh bilan topishib oldi. Ammo bir kuni u ota-onasini tushundi. Chunki o‘zining boshiga ham ota-onasining kuni tushgandi. Axir, Ellik oltining xonadonida kimsan, To‘rt xonali Ko'paytma dunyo- ga kelgan va u ham Ikki xonali sonlar bo'lgan ota-onasidan uyala boshlagan edi-da... Qaytar dunyo deganlari shu bo'lsa kerak, nima dedingiz? Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling