A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a

bet4/31
Sana04.04.2017
Hajmi
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

M eva
M eva  yopiq  u r u g ii  o ‘sim liklam ing  asosiy  generativ  organlaridan 
hisoblanadi.  U  ona hujayra u ru g ia n g a n d an  keyin tugunchada rivojlanadi 
va  urug‘  hosil  qiladi.  M eva rivojlanishida urug‘dan tashqari,  gulo‘rin  va 
gulqo‘rg ‘on  ishtirok  etadi.  Odatda  tuguncha  devorlarida  m eva  hosil 
b o iib ,  u  quruq  va  qattiq  (yong‘oq  p o ‘ch o g ‘i) yoki  seret  (olxo‘ri,  olcha) 
b o ia d i.  M evalar  morfologik  jihatd an   turli-tuman  shaklga  ega:  oddiy, 
soxta m eva,  y ig in d i meva yoki m evacha,  to ‘plam meva k o ‘rinishiga ega 
b o ia d i,  oddiy  m eva  guldagi  m avjud  bitta  urug‘chidan  rivojlanadi.
> Y ig in d i  m eva  yoki  mevachalar  gulda  mavjud  bir  necha  urug‘chini  har 
qaysidan  ayrim   m evalar  rivojlanib  hosil  bo iad i.  Soxta  m eva  guldagi 
quyi  tuguncha  bilan  gulo‘rin  va  kosabarglam ing  qo‘shilib  o ‘sishdan 
hosil  b o ia d i.  B ir-biriga yaqin  va  zich joylashgan  to‘pgullaming  mevasi 
birga  q o ‘shilib  o ‘sishi  mumkin.  B unday  paytda  to‘pmeva  hosil  b o ia d i. 
Bunga  m isol  tariqasida  marvarid  tut,  shotut,  maymunjon,  malina 
mevalarini  k o ‘rsatish  mumkin.  M evalar  ochiladigan  va  ochilmaydigan 
b o iad i.  M asalan,  tobulg‘i,  p o ‘rsildoq  butalaming  mevasi  ochiladi. 
Ulaming  m evasi  bitta  mevachi  bargdan  tuzilib  yetilganda  qorin  choki 
bo‘ylab  ochiladi.  M evasi  bir  uyali,  k o ‘p  u ru g ii  b o iad i.  Dukkak  meva 
dukkaklilar  o ilasiga  mansub  oq  akatsiya,  quyonsuyak  (qum  akatsiyasi), 
yapon  tuxum agi,  amorfa,  drok,  gledichiya  va  boshqa  daraxt-butalarga 
xosdir.  U  b itta  mevachi  bargdan  iborat  b o iib ,  qorin  va  orqa  choki

2. 
DA RA XTLAR M ORFOLOGIYASI VA HAYOTIY 
SHAKLLARI.  FENO KUZATUV VA U N IN G  AHAMIYATI
Daraxt  va butalar  evolutsion  rivojlanish  davrida  hamda  turli  tabiiy 
sharoitlarda  o'sishi  natijasida  ulaming  xilm a-xil  hayotiy  formalari 
vujudga  kelgan.  D araxt  o ‘simliklari  turli  sistem atik  guruhlarga  mansub 
b o ‘lib,  asosan b arch a  ochiq  urug‘lilar  daraxt  o ‘sim liklari  hisoblanadi. 
Lekin  yopiq  u ru g ‘lilarga  mansub  b a ’zi  oilalar  (qoraqayindoshlar, 
toldoshlar,  ra’noguldoshlar, 
dukkakdoshlar) 
tarkibi 
ham 
asosan 
daraxtlardan  iborat.  0 ‘tgan  geologik  davrlarda  y er  sharida  paporotnik- 
simonlarga  mansub  daraxtsim on  o'sim liklar  keng  tarqalgan  b o ‘lib, 
hozirda ular qirilib ketgandir.
Asrlar 
davom ida 
b o iay o tg an  
tabiiy 
tanlanish 
jarayonida 
daraxtsimon  o‘sim liklam ing  turli  shakllari  paydo  b o ‘lgan.  U shbu 
belgilariga  k o ‘ra,  ular  bir  necha  tiplarga  ajratiladi.  Asosiy  tipga  yaxshi 
rivojlangan,  balandligi  40-50  m,  diametri  0,5-1,5  m  gacha  b o ig a n  
daraxtlar  kiradi.  D araxt  o ‘simliklami  quyidagi  kategoriyalarga  ajratish 
qabul qilingan:
— birinchi  kattalikdagi  daraxtlar  -   25  m etrdan  baland  (qarag‘ay, 
tilog‘och, qoraqarag‘ay,  sekvoyya, evkalipt);
— ikkinchi  kattalikdagi  daraxtlar  -   balandligi  15-25  metr  (oq 
qarag‘ay, terak,  chinor, qayrag‘och);
— uchinchi  kattalikdagi  daraxtlar  -   balandligi  7-15  metr  (zarang, 
eman, qayin, oq akatsiya);
— past daraxtlar -  balandligi 5-7 m etr (pista, tol, shumtol, jiyda);
— baland  b o ‘yli  butalar  -   2,5-5  m etr  balandlikda  (chakanda, 
marjondaraxt, zirk qoraqand);
— o ‘rta  bo‘yli  b utalar  -   2,5  metr  balandlikda  (n a ’matak,  qizil  zirk, 
irg‘ay,  shilvi);
— past bo'yli b u talar 0,5-1  metr;
—butachalar 0,5  m etr balandlikkacha o ‘sib rivojlanadi.
Daraxt  o ‘sim liklarining  morfologik  tu rlich a  shakllari  ham  irsiy 
belgilami  keyingi  avlod g a  o ‘tkazadi.  U shbu  irsiy  xususiyatlar  m uayyan 
tuproq-iqlim  sharoitlari  o ‘zgarishi  ta’sirida,  turning  rivojlanish jarayoni 
va 
madaniylashtirish 
davrida 
yuzaga 
kelgan. 
Masalan, 
oddiy 
qoraqarag'ay  (Picea  excelsa)  ikki  xil  shaklda:  qizil  va yashil  qubbalarga 
ega bo‘lib,  ko‘p  ho llard a  yonma-yon  o ‘sadi.  L ekin  yashil  qubbali  oddiy 
qoraqarag‘ay drenajli  tuproqlarda ko‘proq uchraydi,  tez o ‘suvchanligi  va 
yog‘ochining sifatiga k o ‘ra alohida ajralib turadi.

M orfologik belgilarga ko ‘ra shakllam ing  turli-tumanligi juda yuqori 
b o ‘lishi  ham   m um kin.  0 ‘zbekistonda  o ‘suvchi  mahalliy  archa  turlari 
ham  tabiatda  ninabarglarini  rangi,  uzunligi,  shox-shabbasini  shakli  tik 
o ‘suvchi,  sharsim on,  konussim on va stlantik  shakllami yuzaga keltirgan. 
Daraxtlaming  k o ‘p  tarqalgan  va  asosiy  tipi  b ir  tanali  daraxtlardir.  Ular 
yaqqol  ko ‘zga  tashlanuvchi  va  yaxshi  rivojlangan  yagona  tanaga  ega 
b o ‘lib,  m uayyan  balandlikda  shoxlanadi  va  shox-shabba  hosil  qiladi. 
Baland tanali  daraxtlam ing xususiyatlaridan  biri  -  ulaming asosiy tanasi 
uzoq  davr  yashashi  (bir  necha  yuz  yillardan  ming  yillargacha)  hamda 
yaxshigina,  yillik  o ‘sish  k o‘rsatkichlariga  eg a  bo‘lishidir.  Bir  tanali 
daraxtlar  k o ‘p  tanali  daraxtlarga  nisbatan  kam   shoxlanadi,  shu  sababli 
ham asosiy tanasini  tez o ‘sishini va yuqoriga ko'tarilishini ta’minlaydi.
Daraxt  o ‘sim liklarining  ikkinchi  keng  tarqalgan  tipi  ko‘p  tanali 
daraxtlar  b o ‘lib,  ulam ing  bo ‘yi  10-20  m etr,  diametrlari  0,3-0,6 
metrgacha  yetadi.  U shbu  daraxtlami  bir  tanali  daraxtlardan  farqi 
shundaki,  ulam ing  asosiy  tanasi bir necha  o ‘n  yillardan  so‘ng  o ‘sishdan 
to ‘xtaydi  va  baland  ham da  yirik  daraxt  tanasi  shakllanmaydi.,  Ularda 
tinim  holatidagi  kurtaklar  uyg‘onib  o ‘sa  boshlaydi  va  yosh  novdalam i 
hosil  qiladi,  bu  o ‘sish  oxir-oqibatda  asosiy  tanaga  yonma-yon  2-3  ta 
q o ‘shimcha  tanalar  paydo  qiladi.  Oziq  m oddalar  barcha  tanalar  b o ‘ylab 
teng  taqsim langanligi  sababli,  ular  asosiy  tana  balandligiga  yetib  oladi 
va  shu  tariqa  k o ‘p  tanali  daraxt  yuzaga  keladi.  Daraxtlaming  ushbu 
hayotiy  shakli  tanasining  minimal  o ‘lcham lari  v a  qisqa  hayotiy  shakli 
bilan  bir  tanali  daraxtlardan  farqlanadi.  U lar  k o ‘p  tanali  bo‘lgani  holda 
past b o ‘yli b o ‘lib o ‘sadi.
Bir  tanali  va  k o ‘p  tanali  daraxt  shakllari  irsiy  belgilar  sifatida 
avloddan-avlodga  o ‘tadi,  lekin  b a’zi  ho llard a  tashqi  sharoit  ta ’sirida 
o ‘zgarishi  ham   m um kin.  Masalan,  k o ‘pgina  daraxtlaming  (qarag‘ay, 
terak,  eman)  o ‘rm onda  va  ochiq  m aydonlarda  o ‘suvchi  nusxalari  bir- 
biridan  farq  qiladi:  ochiq  maydonlarda  o ‘suvchi  daraxtlar  tanasi  yirik, 
yon  atrofga  kuchli  shoxlangan  b o ‘lib,  b o ‘yi  unchalik  baland  bo'lm aydi, 
aksincha  o ‘rm onda  o ‘suvchi  daraxtlar  y ashash   uchun  ichki  raqobat 
kurashi  oqibatida  kuchli  o ‘sib,  baland  b o ‘yli  v a  tekis  rivojlangan  tanaga 
ega bo'ladi.
Tundra  va  baland  to g ‘lardagi  og ‘ir  iqlim   omillari  ta’sirida  daraxtlar 
yer  bag‘irlab  o ‘suvchi  shakllami  yuzaga  keltiradi  (archa,  qarag‘ay, 
qayin).  Ular  stlantik  o ‘simliklar  deb  ataladi.  U shbu o ‘simliklar  sharoiti 
yaxshi  joylarda  o ‘stirilsa,  shox-shabbasini  yer  yuzidan  ko‘tarib  o ‘sishi 
mumkin.  Dem ak,  ushbu  hollarda  d araxtlam ing  tashqi  ko‘rinishining

5. DARAXTLARNING  IC H K I  (ANATOM IK) T U Z IL ISH I 
HUJAYRA VA T O ‘Q IM ALAR
0 ‘simlik  organizmining  asosiy  anatomik  b irlig i-b u   hujayradir. 
H ujayralar  shakliga  ko‘ra,  ik k i  guruhga  bo ‘linadi:  parenxim atik  va 
prozenximatik.
Parenximatik  hujayralar  uzunligi  va  eni  bir  xil  o ‘lcham larga  ega 
bo ‘lsa,  prozenximatik hujayralar  uzun  va  o ‘tkir  uchli  shakllarga  egadir. 
Hujayra  protoplast  va  qobiqdan  iboratdir.  Kim yoviy  jih atd an   qaralsa, 
yosh  hujayra qobig‘i  organik  m odda-kletchatka yoki  sellulozadan  iborat 
bo‘lib,  kimyoviy  formulasi  (С бН ю 05)п  kabi  ifodalanadi.  V aqt  o ‘tishi  va 
daraxt  yoshini  oshishi  m unosabati  bilan  hujayra  q o b ig ‘ining  tarkibi 
murakkablashib  boradi,  y a’ni  k o ‘p  hollarda  yog‘ochlashuvi  boshlanadi. 
Hujayra  qobig‘ining  yog‘ochlanish  jarayoni  lignin  m oddasi  (lotincha 
lignum -yog‘och  m a’nosida)  hosil  b o iis h i  bilan  kechadi.  B a ’zi  hollarda 
hujayra  qobig‘ida  po ‘kaklanish jaray o n i  ro ‘y  beradi,  u  p o ‘kak  moddasi- 
suberinni hujayra qobig‘iga so ‘rilib ketishi  oqibatida yuzaga keladi.
Protoplast 
tarkibiga-hujayraning 
ichki 
organlari-protoplazm a, 
hujayra  yadrosi  va  plastidalar  kiradi.  Protoplazma  yoki  plazm a-tiniq 
yarim  suyuqliksimon  shilim shiq  m assa  b o ‘lib,  turli  organik  va  mineral 
moddalardan  va  80%  ga  yaqini  suvdan  iboratdir.  O rganik  m oddalardan 
birinchi  o ‘rinda  oqsil  moddalar,  kam roq  m iqdorda m oysim on  moddalar, 
uglevodlar,  turli  azotli  va  azotsiz  m oddalar  uchraydi.  Y uqori  harorat, 
kuchli  kislotalar,  zaharli  m oddalar ta ’sirida  va  suvsizlikdan  protoplazm a 
burishib  qoladi  va  nobud  b o ‘ladi.  Hujayralar  atrofidagi  protoplazm a 
plazm odesm alar  orqali  (hujayra  qo b ig‘iga  kirib  turuvchi)  ingichka 
plazm atik iplar orqali bog‘langan.
Hujayra  yadrosi  protoplazm ada joylashgan  b o ‘lib,  o datda  dumaloq 
shaklga  egadir.  U  rangsiz,  lek in   protoplazm a  suyuqligidan  zichroq 
b o ia d i  va  kimyoviy  jihatdan  protoplazm adan  tarkibida  fosfor  borligi 
bilan farq qiladi.  Hujayradagi m u h im  hayotiy jarayonlar uchun yadro hal 
qiluvchi  ahamiyatga  egadir.  P lastidalar  protoplazm ada  joylashgan 
bo‘lib,  zich  tanachalar ko‘rinishida  b o ia d i.  Ular rangsiz  (leykoplastlar), 
yashil  (xloroplastlar)  sariq  y o k i  olovrang  (xrom oplastlar)  b o ia d i. 
Leykoplastlar  (grekcha  leykos-oq)  u ru g ia m i  m a g ‘zida, 
ildizida, 
ildizmevalarda,  ildiz  tuganaklarida  uchraydi.  Leykoplastlar  barglarda 
kraxmal  va qand moddasini  zax irag a  aylanishini  ta ’m inlaydi.  Kurtakdan 
yangi  yozilgan  bargchalardagi  leykoplastlar  y o ru g iik d a   asta-sekin 
xloroplastlarga  aylanadi.  X lorop lastlar  (grekcha  xloros-yashil)  barcha

yashil  hujayralarda m avjud b o ‘lib,  ularda  o ‘ta  muhim fiziologik jarayon 
uglerod  assim ilatsiyasi,  y a ’ni  y o ru g ‘lik  ta ’sirida  uglerod  oksidi  va  suv 
ishtirokida kraxmal  sintezi  sodir b o ‘ladi.  Xromoplastlar (grekcha xroma- 
rang)  chetan, n a ’matak,  d o ia n a  m ev a larid a , sariq va olov rang gullarida 
uchraydi  va  ular  xloroplastlardan  asta-sekinlik  bilan  xromoplastlarga 
aylanadi.  Hujayrani  o ‘sishi  bilan  uning  protoplazmasida  suvli  suyuqlik 
bilan  to ‘lgan  b o ‘shliqlar  hosil 
bo‘la  boshlaydi.  Bu  b o ‘shliqlar 
vakuolalar,  suyuqlik b o ‘lsa hujayra  shirasi deb  ataladi.  Hujayra shirasida 
kislotalar  va  ulam ing  tuzlari,  uglevodlar,  oqsil  moddalar,  pigmentlar 
(b o ‘yovchi  moddalar)  uchraydi.  Pigmentlardan  eng  k o ‘p  tarqalgani 
antotsianlar  hisoblanadi.  H ujayra  shirasini  reaksiyasiga  b og‘liq  holda  u 
hujayra  shirasini  moviy,  siyohrang  va  qizil  rangga  b o ‘yalishini 
ta ’m inlaydi.
0 ‘sim lik  gullarini,  barglarini  kuzgi  rangini,  eman,  o ‘rik  va  boshqa 
tur lam ing  yangi  barglaridagi  q iz g ‘ish  rang  ular  hujayralarida  ushbu 
p igm entlar  m avjudligidan  darak  beradi.  Tuzilishiga  va  bajaradigan 
hayotiy  funksiyasiga ko‘ra bir xil b o ‘lgan hujayralar guruhiga to'qim alar 
deb ataladi.  Bajaradigan funksiyalariga ko ‘ra hosil qiluvchi (yaratuvchi), 
qobiq  hosil  qiluvchi,  o ‘tkazuvchi  va  mexanik  to ‘qimalarga  ajratiladi. 
Y aratuvchi-hosil 
qiluvchi 
t o ‘qimalarga 
o ‘sim liklam ing 
o ‘sish 
nuqtalaridagi  joylashgan  m eristem a  kiradi.  Meristema  birinchi  to ‘qima 
hisoblanib,  bir  necha  qavat  jo y lash g an  bir  xil  va  zich  b og‘langan 
parenxim a 
hujayralaridan 
ib o rat 
b o ‘lib, 
ular  intensiv 
bo‘linib, 
k o ‘payishga  moyil  b o ‘ladi.  M eristem ani  tashqi  qavatida  qobiq  hosil 
qiluvchi, uchki qavatlarida o ‘tkazuvchi to ‘qimalar va o ‘zak rivojlanadi.
O raliq  qavatlar  p o ‘stloq  qavatini  hosil  qiladi.  0 ‘simliklarda 
ikkilam chi  hosil  qiluvchi  to ‘qim alar:  kambiy,  po ‘kak  kambiysi, 
kallyuslar  ham   uchraydi.  Q oplovchi  to ‘qimalar  o ‘sim liklam ing  turli 
organlarini  qoplab  turuvchi  va u la m i  mexanik zararlanishdan,  yuqori  va 
past haroratning zararli ta ’siridan,  suv b u g ‘lanishidan saqlaydi va asosan 
teri  qatlam i  (epidermis)  p o ‘k a k   (peridermis)  va  po ‘stloqdan  iborat 
b o ‘ladi.  0 ‘simlikning  yosh  novdalari  yupqa  p o ‘stloq  qavati  bilan 
qoplangan  b o iib ,  u bir-biriga  z ic h  joylashgan parenxima  hujayralaridan 
iboratdir.  Y upqa  po ‘stloqni  b a ’zi joylarida  og‘izchalar yoki  oraliqchalar 
m avjud  b o ‘lib,  ular  ikkita  hu jay ralar  tugallangan  qatori  orasida  bo‘lib, 
ushbu  hujayralar  o ‘zining  tuzilish ig a  ko‘ra  boshqa  hujayralardan 
farqlanadi.  Tashqi  muhitning  o ‘zgarishiga qarab ushbu  og‘izchalar goho 
ochilib,  goho  bekilib  turadi.  U sh b u   og‘izchalar  orqali  tashqi  muhit  va 
ichki organlar o ‘rtasida b u g 'la n is h  va gazlar almashinuvi  am alga oshadi.

Yupqa  po‘stloqning  tashqi  hujayra  qavati  yoki  kutikulasi  od atd a 
qalinlashgan va moddalar qavati bilan qoplangan b o ‘ladi.
B a’zi  o ‘simliklaming  po‘stlog‘i  unsim on  oq  g ‘ubor,  tukchalar  va 
tangachalar  bilan 
qoplangan 
boMib, 
ular 
p o ‘stloqning 
h im oya 
funksiyasini 
kuchaytiradi. 
Po'stloq 
o ‘sim lik 
organlarida 
uzo q  
saqlanmaydi,  yoz  oxirida  ular  p o ‘kak  to ‘qim alar  bilan  alm ashinadi. 
Po‘stloq  asosan  ninabargli  daraxtlam ing  bargida  uzoqroq  saqlanadi. 
Po‘kak  to ‘qima,  oddiy  po‘kak  p o ‘stloqdan  yoki  hosil  qiluvchi 
to ‘qimadan  (po‘kak  kambiy)  hosil  bo 'lad i.  P o 'k ak   to ‘qimaning  h u jay ra 
qobig'i  asta-sekin  suberin  bilan  singib  to ‘ladi,  natijada  bu  qavat  suv  va 
gazni  o ‘tkazmaydi.  Shunday  qilib  p o ‘kak  hujayralar  oziq  m oddalar 
olmay  qo ‘yadi  va  natijada  nobud  b o ‘ladi.  P o ‘kak  hujayralarda  hav o  
mavjud  b o ‘lib,  ular  issiqlikni  yaxshi  o ‘tkazmaydi.  Demak,  p o ‘k ak  
qatlami o ‘simlikni  ortiqcha  suvni b u g ia tis h d a n   va tashqi m uhitning p a st 
harorat ta’siridan saqlaydi.
B a’zi  o ‘sim liklarda-em an va  amur barxatida p o ‘kak qatlami  h ad d an  
ziyod  qalinlashib  ketadi  va  ular  p o ‘kak  m anbai  sifatida  ishlatiladi. 
Kuzda  p o ‘kak  to ‘qima  hosil  qila  olm agan  bir  yillik  novdalar  qishki 
davrda sovuqlardan zararlanadi.
0 ‘tkazuvchi  to ‘qimalar  suv  va  unda  erigan  mineral  m oddalam i 
ildizdan  novdalarga,  barglarga,  gullar  va  m evalarga  yetkazib  berish  va 
barglarda  fotosintez  natijasida  hosil  b o ‘lgan  organik  moddalami  n o v d a 
va ildizga o ‘tkazib berish uchun xizmat qiladi.
Suv  o ‘tkazuvchi  to‘qimalar  tanada  v a  barglarda  bo‘lib,  ular  asosan  
traxey  va  traxeidlardan  tuzilgan  b o ‘ladi.  T raxeylar-suv  bilan,  q ism an  
havo  bilan  to ‘lgan  o ‘lik  hujayralardir.  U la r  nisbatan  uzun  trubachalar 
ko ‘rinishida  b o iib   (ba’zan  oddiy  k o ‘z  b ilan   ham   k o ‘rish  m um kin)  b ir 
necha  qisqa  hujayralar qavatidan  iborat,  ulam i  ajratib  turuvchi  to ‘siq la r 
erishi  natijasida  bir-biriga  ustma-ust  jo ylashadi.  T o‘siqlar  to ‘liqligicha 
erib  ketmaydi,  ularda  ko‘plab  teshiklar  paydo  bo'ladi.  T ru b k alar 
uzunligi  odatda  10  sm,  emanda  u  3  m etrga,  lianalarda  5  m etrgacha 
bo'ladi.
Traxeidlar 
protoplastlaridan 
m ahrum  
bo'lgan, 
ikki 
y o n i 
o ‘tkirlashgan  uzun  (1-5  mm)  hujayralaridan  iboratdir.  U lardan  suv 
qiyinchilik  bilan  harakatlanadi,  chunki  k o ‘ndalang  to‘siqlar  suv  y o ‘lida 
ko ‘plab  uchrab  turadi.  Traxey  va  traxeidlam ing  uzunasiga  devorlarida 
teshiklar  bo‘lib,  suv  ular  orqali  q o ‘shni  kameralarga  o ‘tib  tu rish i 
mumkin.  Organik  moddalar  barglam ing  p o ‘stlog‘i  va  tom irlarid a 
elaksimon trubkalar orqali  harakatlanadi.  Elaksim on trubkalar uzun  tirik

hujayralardan  tashkil  topgan  b o ‘lib,  ular  sellulozali  qobiqqa  egadir. 
Elaksim on  trubkalar  uzunasiga  bir-biriga  ustm a-ust  joylashib,  ular 
t o ‘rsim on  yoki  elaksim on  k o ‘rinishdagi  teshiklarga  ega  to ‘siqlar  orqali 
bir-biridan  ajratilgan  holda  b o ‘ladi.  Bu  kabi  elaksimon  to‘siqlardan 
asosiy  organik  m oddalar-uglevodlar  va  oqsil  eritmalari  bemalol 
harakatlanadi.  M exanik  to ‘qim alar  o'sim liklam ing  turli  mexanik  ta ’sir 
chidam liligini oshiradi,  y a ’ni cho ‘zilish,  egilish,  ezilish kabi o ‘zgarishlar 
o ‘simlik tanasi, novdalariga zarar keltirmaydi.  U lar mexanik tolalar yoki 
sklerenxim a,  kollenxim a  va  tosh  hujayralardan  iborat  b o ‘ladi.  M exanik 
tolalar,  (sklerenxima)  uzun  prozenxima,  ya’ni  tomonlari  o ‘tkir  uchli, 
qobiqlari  qalinlashgan  hujayralardan  iboratdir.  Ushbu  hujayralarda  tirik 
organlar  mavjud  em asdir.  M exanik  tolalar  qobig‘i  toza  selluloza  yoki 
lignin 
bilan 
singdirilgan 
sellulozadan 
iborat. 
Shuning 
uchun 
y o g ‘ochlashgan  tolalar  ju d a   egiluvchan,  lekin  kamroq  cho‘ziluvchan 
b o ‘lib  qoladi,  natijada  d araxt  tanasi  shamol  vaqtida  chayqalib  egilsada, 
darhol  oldingi  holatiga  qaytib  oladi.  P o‘stloqda  uchrovchi  mexanik 
tolalar tolasimon iplar deb  atalsa, yog‘ochdagilari-libriformalar deyiladi.
Ular  yosh  novdalarda  uchramaydi.  Yosh  novdalarda  o ‘ziga  xos 
alohida  to‘qim alar-kollenxim alar  uchraydi,  ular  asosan  qobiqlari 
y o g ‘ochlashmagan 
notekis 
o ‘lchamli 
tirik 
hujayralardan  tashkil 
topgandir.  Kollenxima  h am   nafaqat  o ‘sish,  balki  egilib-cho‘zilishga, 
y a ’ni  mexanik  xususiyatlarga  ham   egadir.  Ular  asosan  p o ‘stloq  ostida 
joylashadi.  0 ‘sim likda  b u   kabi  mexanik  hujayralardan  tashqari  toshga 
aylangan  hujayralar  ham   uchraydi.  Ular  ko‘p  qirrali,  notekis,  qobig‘i 
kuchli  va  qalin  y o g ‘ochlashgandir.  Ohaktosh  va  kremnezem  tuzlari 
toshlashgan  hujayralam ing  qobig‘i  tarkibida  b o iib ,  ulam ing  qattiqlik 
darajasini  oshiradi.  U lar  o i i k   hujayralar  b o iib ,  asosan,  daraxtlaming 
u ru g ‘  va  mevalarida,  p o ‘stloqlarida  uchraydi.  Daraxtning  yog‘ochi 
asosan  tirik  elem entlardan  iborat  b o iib ,  ularda  zaxiradagi  organik 
m oddalar  (kraxmal,  m oylar)  y ig ilad i.  Bundan  tashqari,  yog‘ochda 
o ‘tkazuvchi  to'qim alar  (traxeid  va  tomirlar) hamda  mexanik  to ‘qimalar- 
y o g ‘och  tolalari  yoki  libriform lar ham  ko‘plab  uchraydi.  Hujayralaming 
qobiqlari  barcha  to ‘qim alarda  lignin  bilan  singdirilgan  b o iib ,  uning 
m iqdori  turli  hujayralarda  turlichadir.  Bu  kabi  hujayra  qobiqlari 
selluloza  hujayralariga  qaraganda  juda  qattiq,  m o ‘rt  va  egiluvchanligi 
past  b o ia d i.  Y og‘ochning  m ustahkamligi  undagi  lignin  miqdori  bilan 
b o g iiq d ir.  M asalan,  q o ra  daraxtning  qattiq  y o g ‘ochi  tarkibida  35% 
gacha  lignin,  m ustahkam   eman  daraxtining  y og‘ochida  28%  va 
terakning 
yumshoq 
y o g ‘ochida 
21% 
gacha 
lignin 
mavjud.

Y og‘ochlashgan  qobiqlar  suvni  kam   o lad i,  shu  sababli  ham  qurish 
jarayonida ular k o ‘p hajmini yo‘qotm aydi.  Y o g ‘ochning tirik elem entlari 
markaziy  tolalar, 
yog‘och  parenxim asi 
va 
almashuvchi 
to lalar 
k o ‘rinishda  uchraydi.  Hujayra  qobiqlari  y o g ‘ochlashuviga  qaram ay, 
ushbu  elem entlam ing  hujayralari  uzoq  v a q t  tirik  saqlanadi,  hatto  b a ’zan 
o ‘sishi  va  b o iin ish i  ham  mumkin.  T a n a   markazidagi  tolalar  o ‘t 
o'sim liklarga  nisbatan  daraxt  o ‘sim liklarda  kuchli  rivojlangan  boMadi. 
Ushbu  tolalar  daraxt  turini  yog‘ochiga  q arab   aniqlashda  asosiy  belg ilar 
sifatida  xizmat  qiladi  va  yog‘ochning  tex n ik   xususiyatlariga  katta  ta ’sir 
ko'rsatadi.  K o‘p  bargli  daraxtlaming  y o g ‘o chida  tomirlar  va  traxeidlar 
birgalikda  uchraydi,  ninabargli daraxtlarda  b o ‘lsa tomirlar mavjud em as, 
ulaming yog‘ochi 90-95%  traxeidlardan  iboratdir.
Bargli  daraxtlaming  yog‘ochini  k o ‘n d alan g  kesimida  tom irlam ing 
teshiklarini  oddiy  ko‘z  bilan  ko‘rish  m um kin,  lekin  ninabargli 
daraxtlarda traxeidlam i mikroskopsiz k o ‘rish  mushkuldir.
Y og‘och  tarkibida  tomirlami  m avjudligi  ulardan  suv  o ‘tishini 
osonlashtiradi;  bargli  daraxtlarda  n inabarglilarga  qaraganda  suv  5 
marotaba  tez  o'tadi.  Daraxt  tanasining  egiluvchanligi  tom irlar  va 
traxeidlaming 
ichki 
b o ‘shliqlari 
h ajm ig a 
b o g iiq d ir, 
m asalan, 
lianalaming  egiluvchan,  daraxtlarga  o ‘ralib  o ‘suvchi  tanalaridagi 
tomirlari  yo ‘g ‘ondir.  Y og‘ochning  m ex an ik   to ‘qim alari-libriform lari 
tolalari  traxeidlarda  2-3  marta  qisqaroq  b o ‘lib,  uzunligi  1-1,5  m m   ga 
tengdir.  Shuning  uchun  bargli  daraxtlam ing  y o g ‘ochi  ninabarglilarga 
qaraganda  qog‘oz  ishlab  chiqarishda  xom ashyo  sifatida  aham iyati 
pastroqdir.
Y og‘ochda  libriformlar  qanchalik  k o ‘p  b o ‘lsa,  u  shunchalik  zich, 
mustahkam va o g ‘irdir.  Y og‘ochi tarkibida  75%   gacha libriform m iqdori 
qayd  etilsa,  ular  temir  yoki  tosh  daraxtlar  deyiladi  (uzoq  sharq  tosh 
qayini,  temir daraxt  va hokazo).  Y og‘ochning  elementlari  bizga  m a ’lum  
b o ‘lgan  kambiy  ketma-ketligida  joylashadi  va  u  vegetatsiya  dav rid a 
yaqqol  seziladi.  Bahorda  yirik  va  yupqa  qobiqli  hujayralar  (birlam chi 
yog‘och) yozda va vegetatsiya oxirida m ayda va qalin qobiqli  hujayralar 
(kechki  yog'och)  hosil bo‘ladi,  shu  sabab  y o g ‘och  k o ‘ndalang  kesim ida 
b a ’zan  yaqqol,  b a ’zan  sezilarsiz  ko‘zga  tashlanuvchi  yillik  h alq alar 
(qatlamlar)  vujudga  keladi.  Birlamchi  y o g ‘och  tana  markaziga  yaqin, 
kechki yoki  ikkilamchi yog‘och qatlami  halqaning tashqi  qavatini  tashkil 
etadi.  Ushbu  halqalar  daraxt  yoshini  aniqlovchi  omil  bo‘lib  xizm at 
qiladi.  Birlamchi  yoki  ertagi  yog‘ochda  suv  o ‘tkazuvchi  elem entlar, 
kechki  yog‘ochda  bo‘lsa,  asosan  m exanik  to ‘qimalar  shakllanadi.

O datda bir yilda bitta y illik   halqa hosil b o ‘ladi,  lekin b a’zan ikkita halqa 
(daraxt  sovuqda  va  zararkunandalardan  zararlanganda)  zaxiradagi 
kurtaklar  у ana  o ‘sishni  davom   ettirsa,  yolg‘on  birlamchi  yog‘och 
qatlam i  hosil  b o ‘lishi  m um kin.  Tropik  mintaqadagi  daraxtlarda  yillik 
halqalar  yilni  quruq  v a   n a m   davrlariga  to ‘g ‘ri  keladi.  Yillik  halqalar 
k o ‘p  hollarda  m u ayyan   b ir  y o ‘nalishda  kuchli  rivojlangan,  qarshi 
tom onda  b o ‘lsa  riv o jlan ish   sustroq  bo ‘ladi.  N atijada  daraxt  tanasining 
m arkazi  k o ‘ndalang  k e sim d a  bir  tomonga  surilgan  bo'ladi.  Yillik 
halqalam i  bu  kabi  rivojlan ish i  ekssentrik  rivojlanish  deyiladi.  Buning 
asosiy  sababi  shamol  b o ‘lishi  mumkin:  doimiy  shamol  esuvchi tomonda 
halqalar  sust,  aksinch a  daraxt  egilib  siqiluvchi  tomonda  kuchli 
rivojlanadi.  0 ‘rm on  chekkasida  o ‘suvchi  daraxtlarda  ham  ekssentrik 
holat  kuzatiladi.  U m um an  olganda,  ekssentrik  yillik  halqani  mavjudligi 
y o g ‘och  sifatini  p asaytiradi  va  unga  ishlov  berishni  mushkullashtiradi. 
Birlamchi  p o ‘stloq  faq at  novdalarda  uchraydi  va  u  asosan  kolenxima 
ham da  xlorofilli  p aren xim a  p o ‘stlog‘idan  iborat  bo‘ladi.  Yozning 
ikkinchi  yarm ida  bu  y u p q a   p o ‘stloq  p o ‘kaklasha  boradi  va  p o ‘kakli 
kam biy  hosil  b o ‘ladi.  P o ‘kakli  kambiy  tashqi  tomonda  p o ‘kak,  ichki 
tom onda  yashil  parenxim a-felloderm adan  iboratdir.  Daraxt  po‘stlog‘i 
asosan  himoya  funksiyasini  bajaradi,  qattiq  sovuqlardan  va  yozgi  oftob 
qizishidan  hamda  y o n g ‘inlardan  va  yirik  hayvonlardan  daraxtlami 
yaxshi himoyalaydi.
Каталог: filesarchive
filesarchive -> O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
filesarchive -> B u X o r o o z I q o V q a t V a y e n g I l s a n o a t t e X n o L o g I y a s I i n s t I t u t I r. A. X a I t o V, V. E. R a d j a b o V a
filesarchive -> Ipak qurti seleksiyasi.pdf [Aeratsiya stansiyalari]
filesarchive -> Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi.pdf [Aerologik asboblar]
filesarchive -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r sit e t I s. Avezba y ev, T. Karabayeva
filesarchive -> Osimliklarni biologik himoya qilish vositalari.pdf [Agrotexnik himoya usuli]
filesarchive -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
filesarchive -> 10-168 Tuproqshunoslik.pdf [Agrotuproq rayonlashtirish]
filesarchive -> Qishloq xojaligi asoslari.pdf [Almashlab ekish rotatsiyasi]
filesarchive -> Umumiy va qishloq xojaligi fitopatologiyasi.pdf [Aralash ekinlar]


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling