A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


 TABIATDA M EVA VA URUG ‘LARNI TARQALISHI

bet6/31
Sana04.04.2017
Hajmi
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

8. TABIATDA M EVA VA URUG ‘LARNI TARQALISHI, 
U R U G ‘D A N  VA VEGETATIV K O ‘PAYISH
Daraxt-buta  o ‘sim liklarining  meva  va  u ru g ia ri  tabiatda  ongsiz  va 
ongli  ravishda tarqaladi.  U lam i  ongsiz tarqalishida tashqi  tabiiy omillar- 
shamol,  suv,  fauna  asosiy  rol  o ‘ynasa,  ongli  tarqalishida  inson 
yordam ida m a’lum m aqsadni k o ‘zlab  sun’iy ravishda tarqatiladi.  Mevasi 
v a  u ru g iari  shamol  vositasida  tarqaladigan daraxt  turlari  asosan  baland 
b o ‘yli  hamda  asosiy  hosili  yuqorigi  shoxlarida  joylashgan  b o ‘ladi. 
bunday  urug‘lar  popukchi,  qanotchali  va  o ‘siqli  b o iib ,  shamol 
yordam ida tarqalishga m oslashgan.  Past b o ‘yli daraxtlar-butalar meva va 
u ru g iard an ,  asosan  hayvonlar  yordamida  tarqaladi.  M eva  va  urug‘ 
qanchalik  yengil  va  sathi  katta  b o is a ,  havoda  shunchalik  uzoq  vaqt

uchib  yuradi  va ona daraxtdan  ancha uzoqlarga tarqaladi.  U ru g‘lam i  ona 
daraxtdan  uzoq  joylarga  uchib  borishi,  uchishga  k o ‘maklashuvchi 
m oslamalar,  qanotchalariga  b og'liqdir.  Tol,  terak  va  to g ‘teraklaming 
urug‘lari  nihoyatda mayda,  yengil  va popukli bo ‘lib,  sham olda bir necha 
kilom etr 
masofagacha 
bem alol 
uchib 
borib 
tarqaladi. 
Qayin, 
qandog‘ochlaming urug‘i m ayda va yengil o ‘siqchali b o ‘lib  havoda ko‘p 
ucha  olmaydi,  ko‘pi  bilan  100-200  m  m asofaga  uchishi  mumkin. 
M asalan,  qarag‘ay va qoraqarag‘ayning  urug‘lari  qanotchali  b o ‘lib,  100- 
150 m masofaga tarqalishi m um kin.
Qayrag'och, 
shum, 
zarang, 
arg‘uvon 
daraxtlarining 
mevasi 
qanotchali  bo‘lsada,  og ‘irroq,  shuning  uchun  20-30  m  masofaga 
tarqaladi.  Kashtan,  qoraqayin,  em anning  og ‘ir  y o n g ‘oqchalari  tagiga 
to ‘kiladi,  to ‘kilgan  vaqtda  yerga  qattiq  urilib,  har  tom onga  otilib  ketib 
tarqaladi.  Soxta kashtan daraxtining o g ‘ir mevasi ham  tagiga to'kilganda 
yerga  urilish  zarbidan  urilib  yoriladi  va  uning  yum shoq  va  silliq 
urug‘lari  turli  tomonga  sochilib  ketadi.  Tog1  y o n b ag 'irlarid a  o ‘suvchi 
daraxtlam ing  urug‘lari  to ‘kilganda  qiyalik  bo‘ylab  ona  daraxtdan  100 
metrgacha  tarqaladi.  Agar  qanotchali  meva  va  u ru g ‘lar  qishda  qor 
qatlami  ustiga  to‘kilsa,  qishki  qattiq  shamollar  ulam i  uzoq  joylarga 
tarqatadi.  Daraxt-buta o‘sim liklarining  meva va urug ‘lari  suv orqali  ham 
tarqaladi.  Bu  holat,  ayniqsa,  t o ‘qay  daraxt-buta  o ‘sim liklarida  yaqqol 
ko ‘zga 
tashlanadi. 
Evolutsion 
rivojlanish 
jaray o n id a 
to ‘qay 
o ‘simliklarini  urugMari  suvda  chirimasdan  uzoq  vaqt  oqib,  nam 
qirg‘oqlarga  kelganda  u  yerlarda  darhol  ildiz  olib,  o ‘sa  boshlashga 
moslashgan.  Daryolarda  suv  toshqini  vaqtida  to ‘qaylardan  suvga 
tushgan  urug‘lar  uzoq  jo y larg a  oqib  boradi  va  toshqin  to ‘xtagach, 
daryolar  suvi  pasayib,  unda  oqib  kelgan  urug‘lar  nam   cho‘kindi 
tuproqqa  tushib  o ‘sa boshlaydi.  Hayvonlar va qushlar  iste ’mol  qiladigan 
meva  va  urug‘lar  shu  hayvonlar  va  qushlar  yordam ida  tarqaladi,  hatto 
k o ‘pgina  daraxt  va  buta  turlari  urug‘larining  unuvchanlik  qobiliyati 
oshadi.  Buning  asosiy  sababi  ushbu  urugMar  q ushlam ing  ovqat  hazm 
qilish  traktida  o ‘tib,  ovqat  hazm   qilish  suyuqliklaridan  ta ’sirlanishidir. 
Bunday  urug'lar  yerga  tushgach,  urug ‘  uchun  sharoit  vujudga  kelgach 
tez  va  qiyg‘os  unib  chiqadi.  Em an,  o ‘rmon  y o n g ‘o g ‘i,  qoraqayin 
yong‘o g ‘i  olmaxon,  sichqon  va  boshqa  o ‘rmon  hayvonlari  yordamida 
tarqaladi.  Grek yong‘og‘ining  m evasi  asosan qarg‘alar va hakka qushlari 
yordam ida  tarqaladi.  Meva  va  u ru g ‘lam i  tarqalishida  insoning  roli  ham 
katta  b o ‘lib,  ming  yillar  davom ida  inson  doimo  m evali  va  manzarali 
o ‘sim liklam i  saralab,  tanlab  ju d a   ko'plab  navlam i  yaratgan.  Mevalar

asosan  b ir  m am lakatdan  ikkinchi  m am lakatga  olib  borilishi  natijasida 
ham   tarqaladi.  0 ‘sim liklam ing  m ev a  va  urug‘lari  bu  holatda  maqsadsiz 
tarqaladi.  X alq  x o ‘jaligi  uchun  m uhim   daraxt-buta  turlarining  urug‘lari 
ulam i  k o ‘paytirish,  plantatsiyalarini  barpo  etish  uchun,  y a’ni  maqsadli 
tarqatiladi.  D araxt-buta  o'sim liklarining  urug‘lari  ulami  tabiiy  arealidan 
tashqarida  tarqalsa  va  o ‘stirilsa,  bu  ulam ing  introduksiyasi  deb  ataladi. 
D araxt-buta 
u ru g ‘lari 
ulam i 
fiziologik  pishib 
yetilgan 
davrda 
tayyorlanadi.
O ddiy  q a ra g ‘ay qubbalarini noyabrdan boshlab  mart  oyigacha terish 
m um kin  v a  b ir  oy  ichida  sham ol  o ‘tadigan  va  yo g ‘ingarchilik 
tushm aydigan  joylari  0,3  m  qalinlikda  yoyib  saqlanadi.  Em an  daraxti 
m evalari  kuzgi  birinchi  sovuqlardan  keyin,  oktabr  oylarida  teriladi. 
U ning  fiziologik  pishgan  mevasi jig arran g ,  yaltiroq b o ‘ladi.  Zaranglami 
qanotli  u ru g ‘lari  sentabr  oyida  teriladi,  va  albatta,  soya  joylarda 
quritiladi.  J o ‘ka  urug‘lari  sentabr-oktabr  oylarida  teriladi.  Shumtol 
urug‘lari  jig arrang  tusga  kirgandan  keyin  teriladi.  Daraxtlar  va 
butalam ing  u ru g ‘lari  rivojlanishi  va  pishib  yetilish  vaqtida  katta 
fiziologik faollik xususiyatlariga ega b o ‘ladi.
4-rasm.  O'rmonning tabiiy tiklanishi (Kavkaz).

Ulaming  to ‘qimalari  tarkibida  ju d a   k o ‘p  miqdorda  harakatdagi 
uglevodlar va azot birlashmalari  b o ‘lib,  m evaning yoki  urug‘ning  pishib 
yetilish  davrida  ularda  kraxmal,  oqsil  va  y og ‘lar  yig‘ila  boshlaydi. 
Urug‘lami  yetilish  vaqtida  ulam ing  fiziologik  faolligi  sekinlashadi, 
ozuqa m oddalam i  k o ‘chib  yurishi  to ‘xtaydi,  suvning  miqdori  kam ayadi. 
U rug‘lami  unib  chiqish  jarayoni  b ir  n echa  bosqichdan  iborat:  s o ‘rib 
olish  yo‘li  bilan  suvni  o ‘zlashtirish,  yutish  hujayralarining  o ‘sishi  va 
parchalana  boshlanishi,  ozuqa  m oddalar  zaxirasini  ko‘payishi,  o ‘sish 
nuqtasiga  ozuqa  moddalami  y ig‘ilishi,  nafas  olish  va  assim ilatsiyani 
kuchayishi,  hujayralar  boMinishini  kuchayishi,  hujayralami  har  xil 
to ‘qimalarga  va  o ‘simlik  qism lariga  differensiatsiyalashuvi,  urugMar- 
ning  unishi  uchun  suvdan  tashqari  kislorod  va  aniq  ijobiy  harorat  zarur, 
b a’zi daraxt turlarining urugMari  unish davrida yorug‘lik ham talab etadi. 
Kapilyar  nam likka  ega b o ‘lgan  tuproqda  ham m a  u m g ‘lari  unib  chiqishi 
uchun yetarli darajada  suv iste’mol qilishi kerak.  Ammo suvning haddan 
tashqari  ko ‘pligi  urug‘lami  unishini  pasaytirishi  hatto  to ‘xtatib  q o ‘yishi 
mumkin.  B a’zi daraxt urug‘lari uzoq vaqt suvda ivitilgandan so ‘ng unish 
qobiliyatiga  ega  bo'ladi.  Eman  daraxti  m evasi  6  oygacha  suv  ostida 
saqlansa ham unmaydi, lekin yashash qobiliyatini ham y o ‘qotm aydi.
Daraxtlam ng  urug‘i  tuproqda  qulay  sharoitlami  yuzaga  kelishi 
(namlik,  issiqlik,  kislorod  va  yorug‘lik)  bilan  una  boshlaydi.  U ru g ‘lam i 
unish  jarayoni  quyidagicha  kechadi:  avval  namlik  ta ’sirida  u ru g ‘ 
bo ‘kadi,  y a’ni  tuproq  nami  urug‘  p o ‘stlo g ‘i  orqali  shimiladi  v a  suv 
endosperma  va  murtak  hujayralariga  kiradi.  Suv  shimilishi  bilan  u ru g ‘ 
m ag‘zidagi  enzim   fermentlari  ta ’sirida  endosperm a  yoki  urug‘palla- 
lardagi  zaxira  moddalar  eriydi,  eritm a  m urtak  hujayralariga,  y a ’ni 
boshlang‘ich  ildiz  va  uchki  o ‘sish  nuqtasining  meristema  hujayralariga 
tarqaladi.
Qalin  va  qattiq  po‘sti  boMmagan  qarag ‘ay,  qoraqarag‘ay,  shum ning 
urugMari  va  emanning  yong‘o g ‘i  tez  b o ‘kadi.  Po‘sti  qalin  b o ‘lgan 
urug‘lar, jum ladan yong‘oq, kedr, jiy d a va buta o ‘simliklaming urugMari 
qiyin va sekin 3-4 sutkada bo ‘kadi.
Ayrim  daraxt  va  butalaming  urugM  qattiq  p o‘stli  boMsada,  tez 
bo ‘kadi  chunki  ulaming  qalin tashqi  p o ‘stida  m ayda teshikchalar boMib, 
ular  orqali  suv  yaxshi  shimiladi.  U ru g ‘  b o ‘kkandan  so ‘ng  tez  una 
boshlaydi,  eng  oldin  ildiz  paydo  boMadi.  0 ‘sish  uchun  qulay  sharoit 
boMsada,  oddiy  shum,  zarang,  arg ‘uvon,  normushk,  grab,  olm a,  nok, 
olcha,  olxo‘ri,  n a ’matak,  zirk,  chetan,  kalina,  doMana,  krushina,  shum u rt 
kabi daraxtlam ing urug'i k o ‘p yillab unm ay yotadi.  U lam ing p o ‘sti  qalin

b o ‘lib,  uzoq  vaqt  b o ‘kadi.  Bunday  urug‘lar fiziologik  tinim   davriga  ega 
b o ‘lib,  ular  odatda  kuzda  terilgandan  so‘ng  darhol  tuproqqa  sepiladi  va 
u ru g ‘  ekilgan qatorlar usti y o g ‘och qirindisi bilan m u lchalanadi.  M ulcha 
ostidagi  tuproqda  nam lik  b ir  m e’yorda  saqlanadi  va  bu  holat  u ru g ia m i 
bahorda  qiyg‘os  unishi  uchun  zam in  yaratadi.  Fiziologik  tinim  davriga 
ega  urug‘lami  yaxshi  unishi  uchun  ular  ekishdan  oldin  turli  eritmalarda 
saqlanadi 
yoki 
stratifikatsiya 
qilinadi. 
Stratifikatsiya 
jarayoni 
quyidagicha:  1  qism   u ru g ‘lar  3  qism  yuvilgan  daryo  qumida  aralash- 
tirilib  nam  holda  saqlanadi.  Stratifikatsiya  muddati  1  oydan  3  oygacha 
davom   etishi  mumkin.  Stratifikatsiya  natijasida  urug‘ning  po‘sti  orqali 
nam lik shimiladi  va unishga tayyorgarlik jarayoni boshlanadi,  urug‘lami 
unish  qobiliyati  oshadi.  N am likdan  tashqari  urug‘ning  unishiga  harorat 
ham   katta  ta’sir  k o ‘rsatadi.  Turli  o ‘simliklaming  urug‘lari  unib  chiqishi 
uchun  tuproqda  har  xil  harorat  zarur  bo‘ladi  va  u  muayyan  tur 
u rug'larini  biologik  talabidan  kelib  chiqadi.  M asalan,  o ‘tkir  bargli 
zarangning  urug‘i  0  +6°C,  oddiy  shumning  stratifikatsiyalangan  urug‘i 
+2  +5°C  da unib chiqadi.  Q arag ‘ayning urug‘i +5+6°C da una boshlaydi. 
0 ‘tkir  bargli  zarang  u ru g ‘i  +4+5°C  da  unadi,  lekin  urug‘lami  qiyg‘os 
unishi  +18+20°C  da  kuzatiladi.  Tuproq  harorati  +40°C  dan  oshganda 
urugMarni  unish jarayoni  to ‘xtaydi.  Past haroratda  unib  chiqqan urugMar 
yuqori  va  o ‘rtacha  haroratda  unganlarga  nisbatan  tez  o ‘sadi.  Ayrim 
daraxtlam ing  urug‘i  daraxtning  o'zidayoq  unishi  mumkin.  Havo 
nihoyatda  issiq  va  nam   b o ‘lgan  kuz  vaqtlarida  eman  daraxtida  ana  shu 
hodisani  kuzatish  m um kin.  Tuproq  sharoitlarini  urug‘  unish jarayoniga 
t a ’siri  kattadir:  agar u ru g ‘  tushgan  tuproq kislotali  yoki  ishqorli  bo ‘lishi, 
u nda  kislorod  yetishm asligi,  m exanik  tarkibini  o g ‘irligi  k o ‘pgina  daraxt 
turlari  urug‘larini  unishini  qiyinlashtiradi  va  kechiktiradi.  U rug‘ 
boshlang ‘ich  ildizdan  norm al  una  boshlaydi.  Boshlang‘ich  ildiz  urug‘ 
p o ‘stining  yorilgan  jo y idan  o ‘sib  chiqib  (geotropizm  ta ’sirida)  yerga 
qarab  egiladi  va  o ‘sib  chuqur  kirib  boradi,  so‘ng  ildiz  b o ‘yni  (gipokotil 
qism i)  hosil  bo ‘ladi.  N inabarglilar,  qayin,  qandag‘och,  shum,  terak,  tol, 
zaranglam ing  urug'i  unishi  urug'pallalarini  yer  yuzasiga  chiqishi  bilan 
kechadi.  U rug‘pallalar  darhol  yashil  rangga  kirib,  assimilatsiya 
jarayo nini  bajara  boshlaydi.  Shundan  so‘ng  urug‘pallalar  o ‘rtasida 
b o ‘lg ‘usi  o ‘simlik  rivojlanadigan  kurtak  o ‘sib  poya  hosil  qiladi. 
U ru g ‘pallalari  qalin  b o ‘lib,  tarkibida  zaxira  plastik  moddalar  ko‘p 
b o ‘lgan  urug‘lar  urug'pallalarini  yer  yuziga  ko ‘tarib  chiqmaydi  (eman, 
kashtan,  grek yong‘o g ‘i,  o ‘rm on yong‘og‘i).

U rug‘pallalar o ‘rtasidan rivojlangan poyachada birinchi,  ikkinchi va 
keyingi  barglar  paydo  b o ‘ladi  va  assim ilatsiya  jarayoni  boshlanadi. 
U rug‘pallalar barglar paydo b o ‘lgandan so‘ng sekin qurib tushib ketadi.
Daraxt-buta  o ‘simliklari  uchun  vegetativ  k o ‘payish  va  yangilanish 
xususiyati  xos  bo ‘lib,  bu  usulda  o ‘sim liklam i  k o ‘payishi  tabiatda  ko‘p 
uchraydi.  Vegetativ  ko‘payish  usullari  o ‘rm onchilikda,  b o g ‘dorchilik 
ishlarida  daraxt-buta  o ‘sim liklarini  xalq  xo ‘jaligida  m uhim   ahamiyatga 
ega  qimmatli  turlarini  k o ‘paytirishda  keng  q o ‘llaniladi.  Vegetativ 
k o ‘paytirish  usullari  orqali  k o ‘paytirilgan  k o 'ch atlar  ota-onalik  nasliy 
belgilarini o'zida to‘liqsaqlab qoladi.  Daraxt-buta o ‘sim liklar k o ‘p yillik 
o ‘t o ‘simliklar  singari  vegetativ  k o ‘payish  uchun  yaxshi  moslashmagan, 
chunki  ularda  ko‘p  yillik  o ‘tlarga  xos  piyoz,  tuganak,  jingalak  kabi 
vegetativ  organlar  mavjud  emas.  Lekin  daraxt-buta  o ‘simliklari 
evolutsion  taraqqiyot  natijasida  tinim  holatidagi  va  q o ‘shimcha 
kurtaklardan 
vegetativ 
k o ‘payish 
xususiyatiga 
ega 
b o ‘lganlar. 
Vegetatsiya  davri  boshlanishi  bilan  daraxt-buta  o ‘sim liklarining  barcha 
kurtaklari  yozilmay,  faqat  novda  uchidagi  yirik  kurtaklargina  yoziladi. 
Daraxt 
shox-shabbasining 
pastki 
qism idagi 
kurtak 
tangachalari 
q o itig ‘ida joylashgan  mayda  kurtaklar  tinim   holatidagi  kurtak  deyiladi 
va  ular  uzoq  vaqt  yozilmaydi.  Faqat  daraxt  kesilsa  yoki  shoxlari 
mexanikaviy  zararlansa,  ulardan  yangi  shoxlar  rivojlana  boshlaydi. 
Tinim  holatidagi  birinchi  kurtaklar  yuza  ildizlar  orasida  va  tananing 
pastki  qismida  paydo  b o i i b   daraxtning  butun  hayoti  davomida 
saqlanadi.  Tananing  yuqoriroq  qismidagi  kurtaklar  keyinroq  paydo 
b o ia d i va tananing pastki qism idagi kurtaklardan yosh b o ia d i.
Daraxtlaming 
o ‘sishi 
va 
tanasini 
y o ‘g ‘onlashuvi 
natijasida 
po ‘stlog‘idagi  tinim  holatdagi  kurtaklar  qurib  qolishi  mumkin.  Bu 
hodisa  ayrim  daraxt  turlarida  tez,  boshqalarida  esa  asta-sekinlik  bilan 
kechadi.  Tinim holatidagi kurtaklam ing qurib qolishiga o ‘sish sharoitlari 
kuchli  ta ’sir  qiladi:  sharoit  qanchalik  yaxshi  b o is a ,  daraxt  tez  o ‘sib 
rivojlanadi,  lekin  kurtaklar  tez  quriydi.  K urtaklam i  qurishini  asosiy 
sababi  tez  o ‘sish  natijasida  tinim   holatidagi  kurtak  tananing  y og‘ochlik 
qismidan  ko'tarilib,  undan  uzoqlashadi  va  oxir-oqibatda  tana  bilan 
aloqasi  uzilgach  u  qurib  qoladi.  Daraxtlar kesilganidan  so ‘ng  tanasining 
pastki  qismidagi  va  ildiz  b o ‘yni  yaqinidagi  tinim   holatidagi  kurtaklar 
ko ‘kara  boshlab,  yangi  novdalar  rivojlanadi.  D araxt  to ‘nkasidagi  tinim 
holatdagi kurtaklardan tashqari  ildiz b o ‘ynida va ildizlaridan q o ‘shimcha 
kurtaklar hosil b o ia d i (terak,  qayrag‘och,  gledichiya, jiyda).

Q o ‘shim cha  kurtaklar  daraxtlar  kesilganda  uning  to ‘nkasidagi 
kam biyning  hujayra  qavatlarida  hosil  b o ‘lib,  yog‘ochlik  va  po ‘stloq 
orasida  to ‘nka  kesigi  atrofi  b o ‘ylab  lab  shaklida  qadoq  hosil  qiladi.  Shu 
labsim on  qadoqda  q o ‘shimcha  kurtaklar  hosil  bo ‘lib,  ulardan  novdalar 
o ‘sib chiqadi  (qayrag‘och, jiyda, tuxum ak, terak,  tol).
G ledichiya  va  tog‘terakda  q o ‘shim cha  kurtaklar  kambiy  qavatlarida 
vujudga  kelib  to ‘nkasining  yon  tom onida  bo‘ladi,  ulardan  rivojlangan 
novdalar 
p o ‘stloqni 
yorib 
chiqib, 
bachki  novdalarga 
aylanadi. 
Q o ‘shim cha  kurtaklar  tinim   holatidagi  kurtaklar  kabi  daraxtning 
y o g ‘ochligi  bilan  m ustahkam   bo g 'lan g an   bo‘lmaydi.  Ular  odatda  ko ‘p 
yasham aydi,  tez  o ‘sib,  bachki  novdalar  hosil  qiladi.  Faqat  ildizda  yoki 
gipokotilda  hosil  bo'lgan  q o ‘shim cha  kurtaklar  tog‘terak,  kulrang 
qandag‘ochda  k o ‘proq  b o ‘lib,  qulay  sharoitda  o ‘sishi  mumkin.  Tinim 
holatidagi  q o ‘shim cha  kurtaklardan  tashqari  ayrim  daraxtlar  poyasida 
ildiz  m urtaklari  paydo  b o ‘lib,  qulay  sharoitda  ulardan  q o ‘shimcha 
ildizlar rivojlanadi.  Ildiz m urtaklari  poyada o‘zak nurlari kambiyni kesib 
o ‘tadigan jo y d a  p o ‘stloqda vujudga keladi.  Ular uzoq vaqt tinim holatida 
b o ‘lishi  m um kin.  Ildiz murtaklari  kam biyda hosil  bo‘ladi,  ular o ‘sishdan 
qism an  to ‘xtagan  q o ‘shimcha  ildizlardir.  Ildiz  murtagi  hosil  b o ‘ladigan 
daraxt  va  butalar  qalam chadan  va  parxish  yo‘li  bilan  oson  k o ‘payadi. 
Ildiz  m urtaklaridan  q o ‘shimcha  ildizlar  o ‘sib  chiqishi  uchun  poyaning 
shu qismi nam  tuproqqa yoki suvga tegib turishi zarur.
Shundagina 
qo‘shimcha 
ildizlar 
tez 
o ‘sib 
chiqadi. 
Daraxt 
kesilganidan  so ‘ng  qolgan  to ‘nkasidan  novdalar  rivojlanadi.  Bachki 
novda  chiqarib  yangilanish  ko ‘pchilik  yopiq  urug‘li  (yaproqbargli) 
daraxt  va  butalarga  xos  b o ‘lib,  bu  to ‘nka  va  ildiz  b o ‘yni  oldida  tinim 
holatidagi  m urtakning b o ‘lishiga yoki  q o ‘shimcha kurtak hosil  qila olish 
xususiyatiga  ega  b o ‘lishiga  b o g ‘liq.  Ninabargli  daraxt  turlarida 
bachkilash xususiyati  mavjud emas.  Faqat sekvoyya, zamab va ginkgoda 
tinim  holatidagi  kurtaklar  m avjud  b o ‘lib,  ulardan  bachkilar  rivojlanadi 
va  daraxt  doim o  yosharib,  yangilanib  turish  xususiyatiga  egadir.  Ammo 
oqqarag‘ay,  qoraqarag'ay  va  tilog‘och  daraxtlarida  b a’zan  bachkilash 
hodisasi  qayd  etiladi.  Bargli  daraxtlam ing  bachkilash  xususiyatlari 
turlichadir.  Em an,  shum,  zarang,  qan d ag ‘och,  qayrag‘och,  grab,  nok 
yaxshi  bachkilam aydi,  chunki  ulam ing  tinim  holatidagi  kurtaklari  tez 
qurib  qoladi.  T o g ‘terak,  tol  yaxshi  bachkilaydi.  Daraxtlami  bachkilash 
xususiyati  yoshiga  va  yashash  sharoitiga  qarab  o ‘zgaradi,  y a’ni  yashash 
sharoiti  qulay  b o ‘lsa,  daraxt  tez  o ‘sib  rivojlanadi  va  unda  bachkilash 
xususiyati  tez  y o ‘qolib  ketadi.  M asalan,  qayin  bachki  novdalar  hosil

qilish  qobiliyatini  30-35%  gacha  saqlashi  mumkin,  noqulay  sharoitda 
rivojlansa,  ushbu  qobiliyati  130-150  yoshgacha  saqlanishi  mumkin. 
Daraxt  tanasini  po‘stlog‘i  qalin  va  dag‘al  bo‘lsa,  uning  bachkilash 
qobiliyati  sust,  po‘stlog‘i  yupqalarida  kuchli  bo‘ladi.  Bachki  novdalarga 
xos bo‘lgan  morfologik belgilar  quyidagilar:  bargi  yirik,  qalin  b o ‘lib  tez 
o ‘sadi, 
chunki 
ular  ona 
ildizidagi 
oziq 
moddalardan 
yaxshi 
foydalaniladi.  To‘nkadan  o ‘sib  chiqqan  bachki  novdalardagi  ko‘p  tanali 
daraxt  hosil  bo‘ladi.  Bachki  novdalardan  hosil  bo‘lgan  daraxtlar 
urug‘dan  o ‘sib  chiqqan  daraxtlarga  nisbatan  tez  o ‘sadi.  Ular  urug‘da 
chiqqan  yosh  o ‘simliklarga  nisbatan  tez  rivojlanadi,  lekin  ko‘p 
yashamaydi,  yog‘ochi  yumshoq  b o ‘lib,  zamburug‘li  kasalliklar  bilan 
kasallanadi.  Ildiz  bachkisi  daraxt  va  butalaming  ildizidagi  qo‘shimcha 
kurtakdan  o ‘sib  chiqadi.  Ildiz  bachkisi  odatda  ildizi  yer  yuziga  yaqin 
gorizontal joylashgan  daraxt  va  buta  turlarida  hosil  bo‘ladi.  Ildizlaming 
yer  yuziga  yaqin  joylashgan  qismida  to ‘da-to‘da  qo‘shimcha  kurtaklar 
hosil  bo‘lib,  ular  bachkilaydi.  Ayrim  daraxtlaming  vertikal  joylashgan 
ildizidan  ham  bachkilar  rivojlanadi.  Ildizidan  bachkilash  to g ‘terak, 
oqterak,  oq  akatsiya,  tern  olchasi,  malina,  maymunjon,  behi,  totim, 
qandag‘och  kabi  daraxt  va  butalarda  k o ‘p  kuzatiladi.  Ular  bachkilash 
y o ‘li bilan ona daraxt atrofida yangi  maydonlami  o'zlashtirishi  mumkin, 
ulaming  bu  biologik  xususiyati  to g ‘larda  o ‘rmon  melioratsiyasida 
qadrlanadi.  Ayrim  hollarda  daraxt  va  butalaming  ochilib  qolib 
zararlangan  ildizlaridan bachkilash  kuzatiladi  (qayrag‘och,  dala  zarangi, 
arg‘uvon),  qayin va qora qayin nihoyatda kam bachkilaydi,  ninabarglilar 
deyarli  hammasi,  eman,  shum,  o ‘tkir  bargli  zarang  ildizi  zararlanganda 
ham  bachkilamaydi.  Ildizidan  bachkilash  xususiyatiga  ega  daraxt  va 
butalaming  deyarli  barchasi  ildizi  zararlansa,  kesilib  ezilib  ketsa, 
bachkilashi  kuchayadi,  hosil  bo‘lgan  novdalar  tez  o ‘sadi  va  m a’lum 
vaqtdan  so ‘ng  ona  daraxt  ildiz  tizimidan  ajralib  mustaqil  o'sim lik 
sifatida  yashay  boshlaydi. 
0 ‘simlik  novdasini  ona  o ‘simlikdan 
ajralmagan holda yergategib  turgan joyidan  ildiz olib  ko‘karishi  parxish 
y o ‘li  bilan  ko'payish  deb  ataladi.  Parxish  yo'li  bilan  ko‘kartirilgan 
o ‘simlik  ona  o ‘simlikdan  ajralib  mustaqil  yashay  boshlaydi.  Parxish 
y o ‘li bilan  ko‘payish xususiyatiga  ega daraxt-butalarda  yer yuziga  yaqin 
tuproq  bilan  ko‘milib  qolgan  novdalarda  qo‘shimcha  ildiz  hosil  bo'ladi. 
Ko‘milgan  novdani  ildiz  olishi  uchun  albatta  soya,  havo  namligi  yuqori 
boMishi  lozim,  shunda  ildiz  olish jarayoni  tezlashadi  (tok,  totim,  oddiy 
shumurt).  Ayrim  daraxt  butalaming  yoyilib  o ‘sadigan  novdalari  o ‘sish 
jarayonida  yerga  tegib  qolsa,  ildiz  olaveradi  va  ulardan  mustaqil

o ‘simlik  rivojlanadi  (maymunjon,  amorfa,  oddiy  shumurt).  Tabiatda 
skumpiya,  o ‘rmon  yon g‘o g ‘i,  kalina,  normushk,  uchqat,  plyush, 
biryuchina,  araliya  kabi  daraxt-butalar  parxish  yo'li  bilan  ko‘payadi. 
S u n ’iy  parxish  usuli  quyidagicha:  novda  ona  o ‘simlik  tubidan  boshlab 
kovlangan ariqchada yotqizilib  tuproq bilan ko‘miladi  va novda uchi yer 
yuzasida qoldiriladi,  novdaning  ko‘milgan joylaridan  ildiz paydo bo‘ladi 
va  mustaqil  o ‘simlikning  rivojlanish  jarayoni  boshlanadi.  Parxish  yo ‘li 
bilan  ko‘paytirilgan  o ‘simliklar  novdadan  ildiz  olmaguncha  ona 
o ‘simlikdan  ajratilmaydi.  Lekin  ba’zi  daraxt-butalar  novdalari  mustaqil 
holda ham  ildiz olish xususiyatiga egadirlar.
Tabiatda  qalamcha  va  poyadan  ko‘payish  oz  uchraydi,  ular  asosan 
seraam daryo  vodiylarida,  to ‘qaylarda o'suvchi  tol va terakda kuzatiladi. 
U lam ing  sinib  tushgan  novdalari  suv  bilan  oqib  ketadi  va  yangi  yerda 
loyga  ko‘milib  qolgan  joyidan  ildiz  hosil  qilib  yangi  o ‘simlik 
rivojlanadi.  Daraxt  va  butalami  qalamchadan  ko‘paytirish  bog‘dorchilik 
va  o ‘rmonchilik  amaliyotida  keng  qo‘llaniladi,  ular  genetik  bir  xil 
o ‘sim lik  ko'paytirish  imkonini  beradi.  Qalamcha  yog‘ochlashgan  qishki 
Каталог: filesarchive
filesarchive -> O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
filesarchive -> B u X o r o o z I q o V q a t V a y e n g I l s a n o a t t e X n o L o g I y a s I i n s t I t u t I r. A. X a I t o V, V. E. R a d j a b o V a
filesarchive -> Ipak qurti seleksiyasi.pdf [Aeratsiya stansiyalari]
filesarchive -> Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi.pdf [Aerologik asboblar]
filesarchive -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r sit e t I s. Avezba y ev, T. Karabayeva
filesarchive -> Osimliklarni biologik himoya qilish vositalari.pdf [Agrotexnik himoya usuli]
filesarchive -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
filesarchive -> 10-168 Tuproqshunoslik.pdf [Agrotuproq rayonlashtirish]
filesarchive -> Qishloq xojaligi asoslari.pdf [Almashlab ekish rotatsiyasi]
filesarchive -> Umumiy va qishloq xojaligi fitopatologiyasi.pdf [Aralash ekinlar]


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling