A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a

bet7/31
Sana04.04.2017
Hajmi
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31

yoki y o g ‘ochlashmagan yozgi yashil  novdalardan tayyorlanishi mumkin. 
Y o g ‘ochlangan  novdalar  1-2  yillik  b o iish i  lozim.  Qalamcha  20-30  sm 
uzunlikda,  diametri  0,5-1,5  sm  o ‘lchamda  tayyorlanadi.  Qalamcha 
qishda  yoki  erta  bahorda  daraxtlarda  shira  harakati  boshlanmasdan 
tayyorlanadi.  Tayyorlangan  qalamchalar tezlik bilan  uchi  2-3  sm  tuproq 
yuzasida  qoldirib  ekiladi.  Cho‘l  mintaqasida  qalamchalar  sug‘orib 
turiladi.  Qalamchalami  ildiz  olishini  tezlashtiradigan  moddalar  gete- 
roauksin,  gibberlin  kislotasi  kabi  stimulatorlar  qo‘llanilsa,  ildiz  olish 
jarayoni  tezlashadi.  Yashil  qalamchalar yoz boshlarida  tayyorlanib  nam 
qumda  soya  pamiklarda  havo  harorati  30-35°C  dan  oshmagan 
sharoitlarda  ko‘paytiriladi.  Tol,  terak,  jiyda va  tut  novdalari  oddiy  nam 
tuproqda  ham  ildiz  olaveradi.  Qimmatli  daraxt  va  butalar,  ayniqsa, 
m evali  daraxtlar  payvand  usulida  ham  ko‘paytiriladi.  Payvandlashning 
iskana  payvand,  kurtak  payvand  usullari  keng  qo‘llaniladi.  Odatda 
payvandlanadigan  o ‘simlik  payvandtag,  payvand  bo‘luvchi  o ‘simlik 
payvanddust  deb  ataladi.  Payvandtag  va  payvanddust  bir  tur  yoki  bir 
turkumga  yo  bo‘lmasa  bir  oilaga  mansub  bo‘lishi  kerak.  Masalan, 
madaniy  olmani  yovvoyi  olmaga,  kedmi  qarag‘ayga,  shaftolini 
o lx o ‘riga,  nokni  behiga  payvand  qilish  mumkin.  Payvand  yo‘li  bilan 
faqat  nav  ko‘paytirilib  qolmasdan,  balki  bo‘lg‘usi  o ‘simlik  tabiati  ham 
o ‘zgaradi,  duragaylar  olinadi,  ular  ona  o'simlikda  bir  qator  qimmatli 
xususiyatlari  bilan  farq  qilishi  mumkin.  Masalan,  I.V.Michurin

aktinovka  olmasini  nokka  payvandlab  «renet  bergamotniy»  deb  atalgan 
vegetativ duragay hosil qilgan.
NAZORAT UCHUN  SAVOLLAR
1.  Dendrologiya  fanini  rivojlanishiga  hissa  qo‘shgan  olimlarni  sanab 
o‘ting?
2.  « 0 ‘simliklarning  hayotiy  shakllari»  tushunchasini  izohlab  bering? 
Daraxt va butalaming qanday hayotiy shakllari  mavjud?
3.  Daraxtlaming  umumiy  hayot  sikli  qanday  davrlardan  iborat? 
Fenokuzatish  qaysi  usulda  amalga  oshiriladi  va  uning  o ‘rmon  xo‘jaligidagi 
ahamiyatini tushuntirib bering?
4.  0 ‘rmon tipidagi, mevali, butasimon, mavsumiy-sukkulent va stlantik tipdagi 
daraxtlaming asosiy morfologik xususiyatlarini ko‘rsating?
5.  Butalar, 
yarim 
butalar, 
butachalar 
va 
lianalaming 
asosiy 
morfobiologik xususiyatlariga xrakteristika bering?
6.  Daraxt  o‘simliklari  ontogenezining  asosiy  etaplari-embrional,  yuvenil, 
virginil va generativ davrlaming morfobiologik xususiyatlari qanday?
7.  «Fenologiya»  va  «Dendrofenologiya»  fanlari  nimani  o‘rganadi? 
Dendrofenologiyaning  o'rmon  xo'jaligi  amaliyoti  va  ko‘kalamzor-lashtirish 
uchun ahamiyati va vazifalari qanday?
8.  Daraxt  o‘simliklarining  asosiy  vegetativ  organlari  morfobio-logiyasi 
qanday?  Daraxt  o‘simliklarining  fenologik  rivojlanishi  deganda  qanday 
jarayonlar tushuniladi?
9.  Daraxt o'simliklarining  asosiy  generativ  organlari  morfobio-logiyasi 
va hayotiy funksiyalari nimalardan iborat?
10. Daraxt  o'simliklarining  ichki  (anatomik)  tuzilishi,  daraxt  tanasidagi 
hujayra va to‘qimalarini o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
11. Daraxt  o'simliklarini  asosiy  fenologik  davrlari  qanday  ketma- 
ketlikda o‘rganiladi?
12. Daraxt  o'simliklarda  qaysi  fenologik  fazalami  boshlanishi  va 
tugashiga ko‘ra vegetatsiya boshlanishi va tugashi belgilanadi.
13. Daraxt  o'simliklarining  o‘sishi  va  rivojlanishining  o'ziga  xos 
xususiyatlari nimadan iborat? Daraxtlar hayotini  davomiyligi deganda nimani 
tushunasiz?
14. Qanday  sistematik  birlik  botanik  tur  hisoblanadi?  Turning  areali 
tushunchasiga izoh bering?
15. Daraxt  o'simliklarining  urug‘lari 
tabiatda 
qanday  tarqaladi? 
Urug‘dan  va  vegetativ  usulda  yetishtirilgan  ko‘chatlami  o‘rmon-chilikdagi 
ahamiyatini tushuntirib bering?
16. Vegetativ 
ko‘paytirish 
usullari, 
bajarish 
texnologiyasi 
va 
o‘rmonchilik va bog'dorchilikdagi ahamiyatini tushuntiring?

II bob. DA RA XTLAR NIN G  EKOLOGIK XUSUSIYATLARI 
ASOSIY E K O LO G IK  OM ILLAR VA DARAXT-BUTA 
0 ‘SIM LIK LA R N I  ULARGA MUNOSABATI
Daraxt-buta  o ‘simliklari  evolutsion  rivojlanish  jarayonida  turli 
sharoitlarda  o ‘sishga  moslashgan.  Yer  sharida  quruqlik  asosan  ikki  xil 
geomorfologik  relyef  -   to g iik   va  tekislikdan  iboratdir.  Dendroflora 
vakillari  turli  shim oliy  kenglikda  va  sharqiy  uzunlikda  hamda  dengiz 
sathidan  har  xil  balandlikda  joylashib,  xilma-xil  shakllami  yuzaga 
keltirgan.  Daraxt-butalami  xilma-xilligi  iqlim  mintaqalari  va  poyaslari 
bilan chambarchas b o g ‘liqdir.
Bu  ikki  xil  geomorfologik  hududlarda  iqlim  elementlari  turlicha 
taqsimlangan bo Tib,  bu holat o ‘simlik dunyosini ham geografik jihatdan 
turlicha tarqalishiga va joylashuviga sabab boigan.
5-rasm.  D araxtlarni vertikal taqsimlanishiga iqlimning ta ’siri (Kanada).
Shu  sababli  shimoldan janubga  tomon  o ‘simlik  dunyosi  bir-biridan 
farq  qiladigan  bir  necha  mintaqaga  ajratilsa,  pastlikdan  yuqoriga  toqqa

ko‘tarilgan  sari  daraxt-buta  o ‘simliklarini  vertikal  poyaslar  b o‘yicha 
tarqalganligini  yaqqol  ko‘ramiz.  Toqqa  ko‘tarilganda  har  100  metrda 
o ‘rtacha  havo  temperaturasi  0,6 -l,0 °C   pasayib,  namlik  miqdori  ortib 
boradi.  Demak,  ikki xil  geomorfologik hududlarda  o ‘suvchi  daraxt  -buta 
o ‘simliklar uzoq  tarixiy davrlarda  o ‘sib  rivojlanib,  asosan  iqlim  omillari 
bilan  munosabatda  bo‘lgan,  bu  ta’sir  ijobiy  b o ‘lsa,  u  o ‘simlik  turida 
genetik 
mustahkamlanib, 
avloddan-avlodga 
o ‘tavergan. 
Bu 
hoi 
o ‘simliklar geografiyasini  xilma-xilligida yaqqol  ko‘rinib turibdi.
0 ‘simliklaming  tashqi  muhit  sharoitiga  b o‘lgan 
munosabati 
ulaming  ekologiyasi  deb  ataladi. 
Quyida  ekologik  omillar  va 
o ‘simliklami ularga munosabati  haqida to‘xtalib o ‘tamiz:
Iqlim  omillari.  Harorat,  yorug‘lik,  namlik  (yog‘ingarchilik,  havo 
namligi),  havo tarkibi, shamol  asosiy iqlim omillaridan hisoblanadi.
Edafik  (tuproq)  omillari. 
Tuproqning  mexanikaviy  tarkibi, 
fizikaviy xossalari, namligi,  kim yoviy tarkibi, harorati.
Relyef (yerning  ustki  tuzilishi)  omillari.  Yem ing  dengiz  sathidan 
balandligi,  ekspozitsiyasi,  qiyaliklaming tikligi.
Biotik  omillarga  hayvonlar,  o ‘simliklar  mikroorganizmlar  kiradi. 
Antropogen  omillar  -   insonning  muhit  sharoitini  o ‘zgartirib  o ‘sim- 
liklarga ko‘rsatiladigan ta’sirdir.
IQLIM OMILLARI 
Harorat
Harorat  o ‘simliklaming  o ‘sishi  va  rivojlanishi  uchun  eng  zarur 
omillardan  biri  hisoblanadi.  Har  bir  o ‘simlik  turi  uchun  minimal, 
optimal  va  maksimal  harorat  mavjud  bo‘lgan  holdagina  o ‘simliklar 
o ‘sadi,  rivojlanadi  va ularda normal  fiziologik jarayonlar amalga oshadi. 
Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  harorat  o ‘simliklar  hayotida,  ulaming 
geografik  tarqalishida  va  o ‘simlik  tipining  tashkil  topishida  muhim 
ekologik omil hisoblanadi.
Yer  yuzida  turli  geografik  mintaqalarda  turlicha  iqlim  mintaqalari 
vujudga  kelgan,  turlicha  harorat  rejimi  mavjud  va  ular  ma’lum 
qonuniyatlarga  bog‘liqdir.  Shim oliy  qutbdan  ekvator  chizig‘iga  tomon 
haroratni  ko‘tarilib  borishi  va  shu  sababli  ular  oralig‘ida  turli  iqlim 
mintaqalari  hosil  bo‘lishi  yaqqol  ko‘zga  chalinib  turadi.  T og‘li joylarda 
harorat  mintaqalari  vertikal  tus  olib,  dengiz  sathidan  ko‘tarilgan  sari 
o ‘rtacha harorat pasayadi,  namlik miqdori ortib boradi.

Harorat  boshqa  ekologik  omillar,  shu jumladan,  namlik rejimi  bilan 
birgalikda  iqlim  mintaqalari  hodisalarini  murakkablashtirishi  mumkin, 
buning  natijasida  ushbu  hududdagi  o ‘simlik  dunyosi  tabiati  ham 
o ‘zgaradi.  Tundra,  o ‘rmon,  dasht,  cho‘l  hamda  tropik  o ‘rmonzorlardagi 
daraxt-buta  o ‘simliklaming  xilm a-xilligi  aynan  ana  shu  ikki  omil  - 
harorat  va  namlikka  bog‘liq  ekanligini  ko‘rsatib  turibdi.  Harorat 
o ‘simliklami  geografik  tarqalishiga  ta’sir  ko‘rsatsada,  morfologik 
belgilari  o ‘zgarishiga ta’sir eta olmaydi.
Har bir daraxt-buta turi uchun uchta:  optimal, quyi va yuqori  harorat 
chegarasini  belgilash  mumkin.  Optimal  harorat  o ‘simliklaming  talabiga 
to ‘g ‘ri  keladigan  b o‘lib,  ulaming  yaxshi  o ‘sishi  va  rivojlanishi,  turli 
fiziologik  jarayonlaming  yaxshi  borishi  uchun  qulaylik  tug‘diradi. 
M a’lum  bir  tur  uchun  xos  b o‘lgan  turli  fiziologik  jarayonlar  uchun 
harorat  chegarasi  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  qoraqarag‘ay  va 
oqqarag‘ay  +4+10°C  haroratda  yaxshi  o‘sadi,  +10°C  dan  yuqorida 
gullaydi.  Qandag‘och, tog‘terak,  o ‘rmon yong‘og‘i, tol pastroq haroratda 
gullaydi,  o ‘sishi uchun esa yuqoriroq harorat talab etadi.
Yashil  o ‘simliklardagi  barcha  fiziologik  jarayonlar  maksimal 
haroratga  yaqin  bo‘lgan  sharoitda  kechadi.  Masalan,  qarag‘ay  +7°C  dan 
+34°C  gacha  haroratda  o ‘sadi,  optimal  o ‘rtacha  harorat  +25°C  dan 
+28°C gacha b o ‘ladi.
Harorat 
past  yoki  juda 
yuqori  bo‘lsa, 
o ‘simliklar  yaxshi 
rivojlanmaydi,  aksincha  o ‘sishdan  qolib,  nobud  b o iish i  mumkin. 
Chunki  har  qaysi  o ‘simlik  o ‘ziga  xos  ma’lum  o ‘rtacha  haroratda  o ‘sib 
rivojlanadi.  K o‘pchilik  daraxt-butalaming  urug‘lari  fiziologik  tinim 
davriga  ega  boiganlari  uchun,  ulami  unib  chiqishi  uchun  ma’lum  vaqt 
sovuq  haroratda  saqlash  lozim.  Sovuq  harorat  ushbu  urug‘lami  unishga 
tayyorgarlik jarayonini  yaxshi  kechishi  uchun  zarurdir.  Bunday  urug‘lar 
kuzda  k o ‘chatzorga  sepilganda  ular  qishki  mavsumda  tuproq  ustki 
qatlamini  muzlashi, ulaming tinim davridan chiqishiga yordam beradi va 
urug‘lar  birinchi  bahoming  o ‘zidayoq  qiyg‘os  unib  chiqadi.  Qish 
yumshoq  kelgan  yillar  urug‘lar  unishi  ikkinchi  bahorgacha  cho‘zilib 
ketadi.  Kuzda  sepilgan  urugiar  o ‘ziga  xos  tabiiy  stratifikatsiya 
jarayonini  kechiradi.  Agar  urug‘lar  kuzda  sepilmasa,  ular  bahorda 
ekishdan  oldin  ivitiladi,  ho‘l  qumda  1-2  oy  saqlanadi,  ya’ni  strati­
fikatsiya  qilinadi.  Agar  harorat  haddan  tashqari  yuqori  bo‘lsa,  hujayra 
protoplazmasi quyulib ba’zan qurib ham qoladi.

0 ‘simlik  tanasida  suv  kam  bo‘lgan  paytlarda  yuqori  haroratga 
chidamli  bo‘ladi.  Shuningdek,  ch o‘l-dasht  o ‘simliklari  tinim  holatiga 
o ‘tganda ham yuqori haroratga chidamliligi ortadi.
Past  harorat  ham  o ‘simliklarga  turlicha  ta’sir  etadi.  Ayrim  tropik 
o ‘simliklar  +5°C  da  ham  zararlanishi  mumkin,  harorat  0°C  dan  past 
bo‘lsa,  ular  batamom  nobud  b o ‘ladi.  Ayrim  o ‘simliklar  aksincha,  past 
haroratga  juda  chidamli  boMadi.  Masalan,  daur  tilog‘ochi  Sibiming 
shimoliy  qismida  eng  sovuq  nuqta  -   sovuq  polyusi,  Verxoyanskda 
qishki  -75°C  sovuqlarga  chidaydi.  0 ‘simlik  sovuqdan  zararlanganda 
hujayrasi  tarkibidagi  suv  muz  kristallariga  aylanib  qoladi,  natijada  u 
nobud  bo‘ladi.  Quruqroq  yerlarda  o ‘sadigan  va  tanasida  suv  kam 
bo‘ladigan  o ‘simliklar past  haroratga  chidamli  bo‘ladi,  chunki  ulaming 
hujayrasi  tarkibidagi  suv  kam  va  sershira  bo‘lib,  muzlamaydi.  Ba’zan 
daraxtlaming  tinim  holatidagi  kurtaklari  saqlanib  qolib,  tana  va 
shoxlarining  kambiysi  zararlanadi.  Bu  hoi  daraxt  uchun  juda  xavfli, 
albatta,  chunki bunday zararlangan  daraxt ham nobud b o‘ladi.
Bahorda  bunday  zararlangan  daraxtlardagi  kurtaklar  yoziladi,  ilk 
bargchalar  paydo  bo‘ladi,  lekin  tez  orada  ular  s o iib   quriydi  va  to‘kilib 
ketadi.  Bu  holat  ko‘proq  olma,  ba’zi  terak  turlarida  kuzatiladi.  Ba’zi 
hollarda  qattiq  sovuqlar  natijasida  daraxt  tanasida  yoriqlar  paydo 
bo'lishi  mumkin.  1969  va  2008-yillarda  0 ‘zbekiston  iqlimiga  xos 
bo'lmagan  haddan  tashqari  sovuqlardan  (-30°C  gacha)  anjir,  anor, 
xurmo, yong‘oq,  eldor qarag‘ayi  kabi  daraxt turlari  qattiq  zararlanib,  80- 
90% i nobud bo‘ldi.
0 ‘simliklar uchun, ayniqsa,  bahorda ro‘y beradigan  kechki  sovuqlar 
ham  zararlidir.  Bunday  paytlarda  asosan  yangi  k o ‘karib  chiqqan 
novdalar,  gul kurtaklar, barglar zararlanadi.
Daraxt-buta  o ‘simliklarini  issiqlikka  bo‘lgan  munosabatiga  qarab 
quyidagi gumhlarga bo‘lish mumkin:  (S.  S.  Pyatnitskiy b o‘yicha).
1.  Juda  issiqsevar  daraxtlar-ular  sovuqqa  nihoyatda  chidamsiz 
bo‘lib,  -10-15°C  da  qattiq  zararlanadi.  Bunday  past  haroratni  bir  necha 
kunlarga  cho‘zilishi  ular  uchun,  ayniqsa,  xavflidir,  ya’ni  qurib  qoladi. 
Kedr,  sarv,  evkalipt,  sekvoyya,  eldor  qarag‘ayi,  anor,  anjir,  xurmo, 
bambuk,  sitrus  o ‘simliklar  apelsin,  limon,  greyfrut,  mandarin,  po'kak 
emani,  lavr  kabi  daraxt-buta  o ‘simliklari  sovuqqa  eng  chidamsiz 
o ‘simliklar sirasiga kiritiladi.
2.  Issiqsevar  daraxtlar  -   ularga  iste’molbop  kashtan,  evkomiya, 
zamab,  qatrang‘i, behi, chinor,  tuxumak,  katalpa,  maklyura,  lola daraxti, 
bodom,  shaftoli,  shamshod  va  boshqalar  kiradi.  Ular  uzoq  o ‘sishi

natijasida 
y o g‘ochlashib 
ulgurmagan 
novdalari 
sovuqdan 
ko‘p 
zararlanadi  va nobud bo‘ladi.
3.  Qisman  sovuqqa  chidamli  daraxtlar  -   ularga  qora  qayin,  qrim 
qarag‘ayi,  tuyya,  biota,  virgin  archasi,  mirza  terak,  chinniterak, 
arg‘uvon,  gledichiya,  oq  akatsiya,  yong‘oq  va  boshqalami  kiritish 
mumkin.
4.  Sovuqqa  o ‘rtacha  chidamli  daraxtlar  ularga  oddiy,  yirik  mevali 
va  qizil  eman,  qayrag‘och,  oddiy  arg‘uvon,  manjuriya  yong‘og ‘i, 
yovvoyi  nok,  tukli  shum,  qora  terak,  baxmal  daraxti,  jiyda,  ingichka 
bargli  zarang, qoraqarag‘ay va boshqalami kiritish mumkin.
5.  Sovuqqa  yaxshi  chidamli  daraxtlar.  Bular  past  harorat  ta’sirida 
zararlanmaydi.  -40-50°C  gacha  sovuqlarga  chidaydi.  Ularga  sibir  va 
daur  tilog‘ochi,  oddiy  qarag‘ay  va  sibir  qarag‘ayi,  stlantik  kedr,  oddiy 
archa,  to g ‘terak,  turkiston  archasi,  qayin,  kulrang  qandag‘och,  chetan, 
xushbo'y hidli teraklar kiradi..
Markaziy  Osiyo  dendroflorasi  vakillarining  issiq  va  sovuqqa 
munosabatlari ham turlichadir.  Ulami 4 guruhga ajratish mumkin:
1.  Juda  issiqsevar  o ‘simliklar-ularga  xandon  pista,  chilon  jiyda, 
bodomcha,  buxoro  bodomi,  saksovul,  qandim,  cherkez,  quyonsuyak, 
turanga,  teraklaming  janubiy  turlari,  yulg‘un  va  boshqalami  kiritish 
mumkin.
2.  Issiqsevar 
daraxt 
va 
butalar-ularga 
baqaterak, 
qoratol, 
yulg‘unning  ayrim  turlari,  zarafshon  archasi,  mevali  daraxtlami  kiritish 
mumkin.
3.  Qisman  sovuqqa  chidamli  daraxtlar.  Bunday  daraxt  toifasiga 
qora  qayin,  qrim  qarag‘ayi,  tuyya,  biota,  virgin  archasi,  chinniterak, 
mirzaterak, jiyda, yirik bargli  arg‘uvon,  gledichiya,  oq akatsiya, yong‘oq 
kiradi
4.  Sovuqqa  o ‘rtacha  chidamli  daraxtlar.  Bunday  daraxtlarga  oddiy 
va  qizil  eman,  oddiy  arg‘uvon,  qayrag‘och,  manjuriya  yong‘og ‘i, 
yovvoyi  nok,  tukli  shumtol,  baxmal  daraxti,  qora  terak,  ingichka  bargli 
zarang,  qoraqarag‘ay kiradi.
0 ‘zbekiston  dendroflorasiga  kiruvchi  daraxt-butalami  issiq  va 
sovuqqa bo‘lgan munosabatiga k o‘ra 4 guruhga ajratish mumkin.
l.Juda  issiqsevar  o ‘simliklar.  Bu  guruhga  xandon  pista,  chilon 
jiyda, 
bodomcha, 
buxoro 
bodomi, 
saksovul, 
qandim, 
cherkez, 
quyonsuyak,  turanga,  yulg‘unlami  kiritish  mumkin.  Ushbu  daraxtlar 
qum sahrolar, dashtlar, tog‘oldi  issiq va quruq adirlarda o ‘sadi.

2. 
Issiqsevar daraxt butalar.  Baqaterak,  qoratol,  yulg‘un, qayrag‘och, 
terakning ba’zi turlari,ular asosan daryo vodiylarida tarqalgan.
3.Sovuqqa 
o ‘rtacha 
chidamli 
daraxt 
va 
butalar  jum lasiga 
chinniterak,  ko‘kterak,  yovvoyi  olma,  nok,  chetan,  tol  turlari,  shilvi, 
do‘lana,  tok,  tog‘terak,  zirk,  na’matak  b o ‘lib  ular  1000-1200  m 
balandliklarda o ‘sadi.
4. 
Qattiq  sovuqlarga  chidamli  daraxtlar  asosan  tog‘larda  tarqalgan 
archa turlari,  chetan,  qayin,  Shrenk qoraqarag‘ayi  shular jumlasidandir.
Shunday 
qilib,  yuqorida  keltirilgan 
daraxtlami 
issiqlik 
va 
sovuqlarga munosabati  bo‘yicha taqsimlanishi  nisbiy bo‘lib,  ular orasida 
aniq  bir  chegara  qo‘yish  mumkin  emas.  Daraxt-butalami  sovuqqa  va 
issiqqa  chidamli  bo‘lishi,  ulami  yoshlik  c h o g ‘idan  yangi  sharoitlarga 
moslashtirib  o ‘stirib,  parvarish  qilishga  b ogiiq dir.  Yuqorida  keltirilgan 
misollar orqali daraxt turlarini bir-biri bilan taqqoslash  mumkin.
Yorug‘lik
Yom g‘lik yashil  o ‘simliklar hayotida eng  asosiy va zarur omillardan 
hisoblanadi  va  u  yer  sharidagi  barcha  tirik  mavjudotning  hayotini 
mavjudligini  ta’minlovchidir.  Yorug‘liksiz  fotosintez  jarayoni  am alga 
oshmaydi,  o ‘simliklar ham  karbonat  angidrid  gazini  o ‘zlashtira  olm aydi 
va kislorod ajralib chiqmaydi.
6-rasm.  O'rmon  va y o ru g  ‘lik.

Yer  sharining  turli  geografik  mintaqalarida  yorug‘lik  kuchi  har  xil 
b oiadi.  U nafaqat yil  davomida, balki  bir kecha-kunduzning o ‘zida ham 
o ‘zgarib  turadi.  Qutb  kengliklarida  qishda  kun  qisqa,  tun  uzoq  bo‘ladi. 
Y oz  paytida  yorug‘  davr  ekvatordagi  kengliklardagiga  nisbatan  uzoq 
b o ‘ladi. 
Qutb 
kengliklarida 
ekvator 
kengliklariga 
qaraganda 
yorug‘likning  sifati  assimilatsiya  uchun  ancha  qulay.  Shuning  uchun 
yeming  mo‘tadil  iqlim li  poyasida  quyosh  energiyasi  ekvatordagiga 
nisbatan  ko‘p.  Lekin  y o ru g iik   o ‘simliklami  geografik  tarqalishi  uchun 
hech  qanday  chegara b o ‘la  olmaydi.  Shunday  qilib,  yer yuzidagi  barcha 
o ‘simliklarda  kechadigan  fiziologik jarayonlaming  manbai  quyosh  nuri 
energiyasidir.  Quyosh  atrof-muhitga  3,71 TO26 
V t  
nurli  energiya 
sochadi.  Ammo  yem ing  1 
k m 2 
sirtiga  uning  3,3T 03Vt  energiyasigina 
yetib keladi.
Quyosh  radiatsiyasi  yer  sirtiga  yetib  kelguncha  atmosferada  qisman 
yutiladi,  sochiladi  va  qisman  yer  sirtidan  yoki  bulutlardan  qaytadi. 
0 ‘simliklaming  hayotiy  faoliyatini  ta’minlovchi  jarayonlar  uchun 
to ‘lqin  uzunligi  4  mkm  dan  kichik  qisqa  toiqinli  radiatsiya  muhimdir. 
Fotosintez jarayonida  quyoshdan  keladigan  barcha  to‘lqin  uzunligidagi 
radiatsiyadan faqat 0,38-0,71  mkm dagilari ahamiyatlidir.
Xulosa  qilib  shuni  ta’kidlash  mumkinki,  quyosh  radiatsiyasi 
biosfera  va  iqlimning  xilma-xilligini  yuzaga  keltirgan.  Yer  sharining 
turli  hududlarida,  jumladan,  ekvatorda  o‘rta  va  qutb  kengliklarida 
yorug‘lik kuchi  har  xil  b o iib ,  yil  davomida  hatto  bir kecha-kunduzning 
o ‘zida  ham  o ‘zgarib  turadi.  Qutb  kengliklarida  qishda  kun  qisqa,  tun 
uzoq boiadi.  Yoz  vaqtida esa yorug1  davr ekvatordagi  kengliklardagiga 
qaraganda  uzoq  b o ia d i.  Qutb  kengliklarida  ekvator  kengliklaridagiga 
nisbatan  yorugiikning  sifati  assimilatsiya  uchun  ancha  qulay.  Shuning 
uchun 
yeming 
m o ‘tadil 
iqlimli 
poyasida 
quyosh 
energiyasi 
ekvatordagiga nisbatan к о‘p.  Lekin shu o ‘rinda shuni  ta’kidlash lozimki, 
yorugiik 
daraxt-butalami 
geografik 
tarqalishiga 
katta 
ta’sir 
o ‘tkazmaydi.  Daraxt-butalami  o ‘sadigan  kompakt  massivlarda  ulami 
bir-biriga  b oigan   munosabatida  yorugiik  roli  katta  ekanligi  sezilib 
turadi.  Daraxtlar  qalin  o ‘sgan  o ‘rmonlarda  daraxt-buta  o ‘simliklari 
orasidagi  konkurent  kurash  yuzaga  kelib,  uning  asosiy  sababi  yorugiik 
uchun  kurashdir.  0 ‘rmon  ostida  o ‘sishdan  qolgan,  nimjon  daraxtlar 
quyosh nuridan bahramand b o ia  olmaydi va oxir - oqibatda qurib nobud 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling