61
tashqi o’zaroalmashuvchanlik;
ichki o’zaroalmashuvchanlik;
guruhli o‘zaroalmashinuvchanlik;
funksional o‘zaroalmashinuvchanlik;
o‘lchamlar bo‘yicha o‘zaroalmashinuvchanlik.
Tashqi o’zaroalmashuvchanlik – bu sotib olinadigan buyumlarning va
bo’laklarning foydalanish ko’rsatkichlari, o’lchamlari va shakllari bo’yicha
o’zaroalmashuvchanligi hisoblanadi.
Ichki o’zaroalmashuvchanlik – buyumning
tarkibiga kiruvchi alohida
detallarni, bo’laklarni va uzellarni o’zaroalmashuvchanligini bildiradi.
Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tobora rivojlanib borayotganligi va
bozor munosabatlari keng tadbiq etilayotganligini
hisobga olgan holda
o’zaroalmashuvchanlikning bu turi hozirgi kunlarda juda dolzarb hisoblanadi.
Guruhli o‘zaroalmashinuvchanlik. Oldindan o‘lchamlari bo‘yicha
novlarga ajratilgan elemenlar guruhlari doirasidagigina kiritish va almashtirish
mumkin bo‘lgan xossa.
O’zaroalmashinuvchanlik –
bir buyum, jarayon yoki xizmat o’rniga xuddi
o’sha talablarni bajarish
maqsadida boshqa buyum, jarayon yoki xizmatdan
foydalanish uchun yaroqliligi (funksional o’zaroalmashinuvchanlik,
geometrik
(o’lchovli) o’zaroalmashinuvchanlik).
Do'stlaringiz bilan baham: