A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

O’lchash asboblari 
O’zgartirish 
xususiyati 
Axborotni uzatish 
xususiyati 
Chiqish axborot 
turi 
Togr
i t
asir
etuvchi
S
oli
shti
rish
Ar
alash 
o’z
ga
ruv
chi
Ko’
rsa
tuvchi
Qa
yd qil
uvc
hi
Ana
logl

(shka
lali

R
aqa
ml

O'ziyozar 
Bosma 
9-rasm. O’lchash asboblarining sinflanishi



26 
Lekin raqamli o‘lchash asboblarining ham muayyan kamchiliklari mavjud: 
murakkabligi, tannarxining balandligi, nisbatan ishonchliligi pastroq. 
Suyuq kristalli indiqatorlarning tezkor rivoji raqamli o‘lchash asboblarining 
ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga zamin yaratmoqda (10-rasm). 
a) b) c) 
10–rasm. Raqamli o‘lchash asboblari: a) Infraqizil nurli termometr; b) Quvvat o'lchagichi OLP-
15A; c) Raqamli multimetr 971 А. 
 
O’ziyozar asboblar. O’lchanayotgan kattaliklar (tok, kuchlanish, quvvat va 
boshqalar)ni uzoq vaqt davomida yozish uchun qayd qiluvchi (o’ziyozar) 
asboblardan foydalaniladi.
O’ziyozar asboblar ko’rsatkichlarni yozish uchun maxsus qurilma va 
(ko’pchilik holatlarda ferrodinamik) tizimlardan iborat o’lchash mexanizmi 
mavjud.
1.4. O’lchash xatoliklari va ularning sinflanishi 
O‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan 
chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni. 
O’lchash xatoliklari turli sabablarga ko’ra turlicha ko’rinishda namoyon 
bo’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
– 
o’lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash 
darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar; 


27 
– 
o’lchash ob’yektini o’lchash joyiga o’rnatishdan kelib chiquvchi 
sabablar; 
– 
o’lchash vositalarining zanjirida o’lchash ma’lumotini olish, saqlash, 
o’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar; 
– 
o’lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki 
bosimning o’zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va 
hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar; 
– 
o’lchash ob’yektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; 
– 
operatorning malakasi va holatiga bog’liq sabablar va shu kabilar.  
O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo 
o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi. 
O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga 
bo‘linadi (11–rasm): 
11-rasm. O‘lchash xatoliklarining turlarga bo‘linishi. 
I. O’lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 


28 
1. Absolyut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda 
ifodalanayotgan bo’lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 

m va h.k. 
Mutlaq xatolik quyidagicha aniqlanadi: 

 = A
x
 -–A
ch
 

 A
x
 -–A
o
; 
bunda, A
x
- o’lchash natijasi; A
ch
- kattalikning chinakam qiymati;
A
o
- kattalikning haqiqiy qiymati. 
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma (popravka) deb 
ataladi. 
-


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling