A milliy urf-odatlar, qadriyatlar va ananalarning qayta tiklanishi
Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi
Download 30.03 Kb.
|
A milliy urf-odatlar, qadriyatlar va ananalarning qayta tiklanis
2. Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.
Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma'naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta'kidlash lozim. Bu borada avvalo 80-yillar oxiridagi ba'zi nomaqbul yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib o'tish kerak. 1986-yil yanvar-fevralda O'z-kompartiyaning XXI syezdi bo'ldi. Syezdda «din millatchilik va shovinizmga har doim yo'l ochishini iqtisodiy, sotsial taraqqiyot-ga to'sqinlik qilishini, sotsialistik turmush tarzi, kommunistik ma'naviyatning qaror topishiga to'sqinlik qilishini har doim esda tutmoq кегак» - deb ko'rsatma berildi. Bunday yo'l-yo'riq 1986-yil oktabr oyida bo'lgan partiya Markaziy Komitetining III Plenumida yana bir bor ta'kidlandi. Ana shu ko'rsatmalarga amal qilinib, 1980-yillar o'rtalarida o'zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab kelgan urf-odatlar va ma-rosimlar, bayramlar cheklab qo'yildi, ba'zilarining o'rniga boshqa bayramlar va marosimlar to'qib chiqarildi. Natijada avvalla-ri nishonlanadigan «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa xalq bayramlari unutib qo'yildi. «Navro'z» bayrami esa avval taqiqlandi, so'ng sun'iy tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi. O'ylamay, xalq bilan maslahatlashmasdan qilingan bunday nojo'ya harakatlar xalqning dilini qattiq og'ritdi. Ana shunday bir paytda Respublika rahbarligiga kelgan LA. Karimov kishilarning ma'naviy boyishiga, milliy madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinla-shuvi va o'zaro rivojlanishiga yordam beradigan xalq an'analari va bayramlarini tiklashga katta e'tibor berdi. Bu o'rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisob-lanmish «Navro'z» bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo'ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda Prezident Farmoniga ko'ra, 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Darhaqiqat avlodlarimiz Navro'zni juda muqaddas bilganlar, uni g'oyat qadrlaganlar. Shuning uchun ham bu shodiyona kunlar-da inson dilini og'ritish juda qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar izhor etganlar. Gina-kuduratlar unutilgan, adovat o'rniga ezgulik tuyg'ulari jo'sh urgan. Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o'tib kelgan azaliy an'ana yana hayotdan mustahkam joy ola boshladi. Navro'zni xalqning sevimli bayramiga aylanib ketishi ma'lum. Ushbu shodiyona - Navro'z kunlarida qadimda, hatto, urushlar ham to'xtatilgan, el-yurt osoyishta hayot kechirgan. Navro'z go'zallik va yaxshilik, mehr-oqibat, muruvvat bayrami sifatida qadrlangan. Bu qadimiy bayramni xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir boisi shundaki, Navro'z rizq-ro'zimiz bo'lmish dehqon yilining boshlanishi hamdir. Prezident I. Karimov siyosiy vaziyat nihoyatda qaltis va nozik bir paytda yuqorida eslatilganidek, nutq va ma'ruzalari bilan odam-larning nozik tuyg'ulariga ta'sir etdi, ularni uzoq yillik karaxtlik va g'aflatdan uyg'otdi, flkrlashga, o'z taqdiri va farzandlari istiqboli haqida qayg'urishga da'vat etdi. Bu bilan u, birinchidan, mamlakat aholisini ruhiy-ma'naviy poklanishiga imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o'ziga xos za-min yaratdi. Download 30.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling