A monarxiya


Download 197.42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.12.2020
Hajmi197.42 Kb.
#162399
Bog'liq
2 5364023834666076707


 

 

TARIX 



 

 

 



1. Ma’lumki, Qadimgi Rimda mil. avv. I asrda qullar qo‘zg‘olonlari quldorlarni qattiq qo‘rquvga 

solib qo‘yadi. Bu davrda mamlakatda qanday hokimiyat zarurligi to‘g‘risidagi masala turar edi?  

A) monarxiya 

B) harbiy diktatura 

C) respublika tuzumi 

D) quldorlik davlati 

 

2. Yevropalik olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti qaysi asarda aks etgan? 



A) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” 

B) “Buyuk Temur tarixi” 

C) “Amir Temur hikmatlari” 

D) “Temur tuzuklari” 

 

3. Milodiy V asr oxiridan - XI asr o‘rtalariga qadar yuz bergan voqealarni qayd eting.  



1) yangi feodal jamiyatiga o‘tish;  

2) Yer egaligining yangi turlari shakllanishi;  

3) G‘arbiy Yevropada yangi diniy ta 'limot - xristianlikning keng tarqalishi;  

4) Sharqda islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi;  

5) yirik feodal davlatlarning paydo bo‘lishi;  

6) yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi;  

7) O‘rta asrlarda shaharlarning va hunarmandchilik sexlarining taraqqiyoti;  

8) erkin shaharlar, shahar respublikalar va yirik markazlashgan davlatlarning shakllanishi.  

A) 1, 3, 4, 6  

B) 1, 2, 3, 4, 5 

C) 1, 3, 4, 5, 7, 8 

D) 2, 4, 6, 7, 8 

 

4. O‘rta asrlarda dastlab barcha hujjat va kitoblar kimlar tomonidan bitilgan? 



A) dindorlar   

 

B) ruhoniylar   



C) kohinlar 

 

 



D) xattotlar 

 

5. Dehli sultonligida hukmdor хаlqni itоаtdа tutishdа kimlarning yordаmigа tayangаn? 



A) o‘z qarindoshlari   

B) yirik zamindorlar 

C) qo‘shin boshliqlari 

D) musulmon ruhoniylar 

 

6. Ma’lumki,  rim-gallar  bilan  yaqin  qo‘shnichilik  munosabatlarida  bo‘lgan  franklarning  tashqi 



ko‘rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan. Quyidagi ko‘rsatilgan holatlardan 

qay biri franklar tashqi ko‘rinishiga to‘g‘ri keladi? 

A) qo‘shni qabilalardan o‘zlashtirilgan kiyimlarni kiyib yurishgan 

B) kiyim boshlari xuddi gotlar va langobardlarnikiga o‘xshash bo‘lgan 

C) franklar matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan 

D) kiyimlari hayvon terisidan bo‘lgan va bargustivon kiyib yurishgan 



 

7. VII  asrning  birinchi  yarmida  G‘arbiy  Turk  xoqonligi  bilan  qaysi  davlat  o‘rtasida  iqtisodiy 

aloqalar faollashgan edi? 

A) Xitoy 

B) Hindiston 

C) Eron 


D) Vizantiya 

 

8. Quyidagi qaysi hududlar Dashti Qipchoq deb atalishini toping? 



A) Sirdaryoning  yuqori oqimi va Tyanshanning  g‘arbiy  yonbag‘ridan Dnepr daryosining   quyi  

oqimiga  qadar  cho‘zilgan  dashtlar 

B)  Sirdaryoning  quyi  oqimi  va  Tyanshanning  g‘arbiy  yonbag‘ridan  Dnepr  daryosining    quyi 

oqimiga  qadar  cho‘zilgan  dashtlar 

C)  Sirdaryoning  yuqori  oqimi  va  Tyanshanning  sharqiy  yonbag‘ridan  Dunay  daryosining    quyi 

oqimiga  qadar  cho‘zilgan  dashtlar 

D)  Sirdaryoning  yuqori  oqimi  va  Tyanshanning  janubiy  yonbag‘ridan  Don  daryosining  quyi 

oqimiga qadar cho‘zilgan dashtlar 

 

9. Vizantiyaliklar qayerda poytaxti Ravenna bo‘Igan alohida noiblik tuzishadi? 



A) Fransiyada 

B) Ispaniyada 

C) Italiyada 

D) Germaniyada 

 

10. Quyidagi  qaysi  omillar  Movarounnahrda  Muhammad  Shayboniyxon  hokimiyatining 



kuchayishiga yordam berdi?  

1. Qabilalar rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishga qodir 

birdan bir shaxs deb hisoblardilar; 

2.  Qabila  rahnamolari  va  ruhoniylar  kuchli  yollanma  qo‘shinga  ega  bo‘lgan  Muhammad 

Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlaydilar; 

3. Dashti Qipchoq qabilalari ko‘pdan buyon o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelishi; 

4. Temuriylar sarkardalarining Shayboniyxonga sotilib ketishi; 

5. Qipchoq oqsuyaklarining Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlashi; 

6. Mamlakat shimolidagi qabilalarning Shayboniyxon tomoniga o‘tishi; 

A) 2.3.5     

B) 1.2.3      

C) 4.5.6    

D) 1.2.6 

 

11. Marafon tekisligiga kelib tushgan fors suvoriylari va piyoda jangchilari qanday qurollar bilan 



qurollantirilgan? 

A) nayza, xanjar va o‘q-yoylar bilan 

B) qilich, xanjar va oyboltalar bilan 

D) kamon o‘qi va chopqilar bilan 

D) nayza, qilich va xanjarlar bilan 

 

12. Qirol xonadoni ruhoniysi tomonidan tashkil etilgan universitetni aniqlang. 



A) Neapol    

B) Valensiya   

C) Parij   

D) Oksford 

 


13. Rossiya tomonidan O‘rta Osiyo hududlarining bosib olinish ketma-ketligi to‘g‘ri keltirilgan 

javobni aniqlang? 

A) Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkent 

B) Oqmachit, Turkiston, Andijon, Xo‘jand 

C) Chimkent, Oqmachit, Jizzax, Toshkent 

D) Turkiston, Chimkent, Pishpak. Toshkent 

 

14. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni natijasida qaysi hududlar xalifalik boshqaruvidan chiqib ketdi? 



A) Naxshab, Kesh, Nishopur, Ray va Marv  

B) Samarqand, Naxshab, Kesh va Marv 

C) Farg‘ona, Buxoro va Xorazm 

D) Samarqand, Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm 

 

15. Qanday holatda Rimda hokimiyat diktatorga topshirilardi? 



A) konsullikka saylov jarayonlarida 

B) urush boshlansa yoki qo‘zg‘alon ko‘tarilsa 

C) hukmdor vafot etsa 

D) amaldorlar mansabini suiste’mol qilsa 

16. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 

A)  mahalliy  aholining  kundalik  hayoti  ziroatchilik,  hunarmandchilik,    binokorlik  bilan 

bog‘liqligi; 

B) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg’oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; 

C) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; 

D) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; 

 

17. Qadimiy xitoyliklar qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishgan? 



A) me’morchilik va haykaltaroshilik   

B) binokorlik va me’morchilik 

C) to‘qimachilik va zargarlik 

D) yog‘ochsozlik va binokorlik 

 

18. Qaysi  mamlakatda  reaksion  kuchlar  tomonidan  shovinistik  kayfiyatlarni  alangalatish 



maqsadida foydalanilgan “Dreyfus ishi” ishlab chiqildi? 

A) Italiyada 

B) Germaniyada 

C) Avstriya-Vengriyada 

D) Fransiyada 

 

19. Spartada necha yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi qo‘shinlariga qabul qilinib, qo‘shinda 



keksa yoshga qadar xizmat qilganlar? 

A) 30 yoshga   

B) 17 yoshga 

C) 20 yoshga   

D) 25 yoshga 

 

20. 1881-1882-yillarda  Fransiyada  ta’lim  to‘g‘risida  qonun  qabul  qilindi.  Unga  ko‘ra  necha 



yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi? 

A) 16 yosh  

 

  

B) 11 yosh     



 

C) 13 yosh  

 

  

D) 18 yosh   



 

 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 197.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling