A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


*Arkon - dindagi eng muhim vazifa


Download 397 Kb.
bet18/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

*Arkon - dindagi eng muhim vazifa
*Qam-shomon - Ko'k Tangriga sig'inuvchi yakka xudolik dini
Musiqa san'ati
O'rta Osiyoda musiqa, raqs, qo'shiqchihk, qiziqchilik va dorbozlik kabi san'atning turli sohalari ham rivojlangan edi. Bu davrda san'at sohasida Buxoro qiziqchilari, Samarqand naychilari, Toshkent raqqos yigit va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan edi.
Choch raqqoslari ijro etgan mashhur «Choch raqsi» yoki doira chertmasiga imo bilan yelka uchirib tushadigan o'ynoqi «Doira raqsi» Xitoy a'yonlarini maftun etib, ularni hayratga solgan edi. Birgina Buxoro shahnda usta hunarmandlar tomonidan o'n turdagi cholg'u asboblari yasalgan.
* Mug' qal'asi - bu ...
* Turkiy run (ko'pturk) bitiklari - bu ...
* Varaxsha topilmalari - bu ...
Savollar
1. Aholi qanday yozuvlardan foydalangan?
2. Sug'dda savodxonlikka intilish kuchli boiganligini nimalarda ko'rish mumkin?
3. Aholi qanday dinlarga e'tiqod qilgan?
4. Moniy dun ta'limoti, uning arkonlari nimalarda o'z lfodasini top­gan?
5. VI-VII asrlardagi tasviriy san'at, musiqa va haykaltaroshlik san'ati haqida gapirib bering.
II BOB
O'RTA OSIYONING ARAB XALIFALIGI TOMONIDAN FATH ETILISHI. XALQ QO'ZG'OLONLARI (VII-VIII asrlar)
8-§. ISLOM DINIDA ARAB XALIFALIGI
Tayanch tushunchalar: Islom dini. Xuroson. Movarounnahr. Movarounnahrning fath etilishi.
Qadimdan Arabiston yarimorolidagi arablar tarqoq holda yashardilar. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e'tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu buyuk e'tiqod yakka xudolikka asoslangan Islom dini edi.
* Islom - «bo'ysunish», «itoat etish», «o'zini Alloh irodasiga topshirish» degan ma'nolarni anglatadi.
Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida dunyoga kelgan Mu­hammad (s.a.v. - sollallohu alayhi vasallam) binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, rasulullohga ergashgan uning izdoshlari «muslim» (musulmonlar) deb atalgan. Ular insonlarning Xudo oldida teng ekani, rizq-ro'zini barchaga Yaratguvchining o'zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi uchun haq dinga kirish kerakligini targ'ib etadilar. Islom bayrog'i ostida Makka shahnda boshlangan targ'ibot Madinaga ko'chadi. Muhammad (s.a.v.) 630-yilda arablarni yagona davlatga birlashtiradi.
Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifa (o'rinbosar) deb e'lon qilinadi.
Arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida, shuningdek, jahon dinlaridan biriga aylanishida islom aqidalari, huquqiy va axloqiy me'yorlarini o'z ichiga qamrab olgan Qur'oni karimning ahamiyati buyuk bo'ldi.
Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Eron kabi ko'p mamlakatlar bo'ysundirilib, behisob o'ljalarga ega bo'lgan Arab xalifaligi harbiy yurishlarni bizning o'lkamizga qaratdi.
651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. So'ngra hozirgi Afg'onistonning shimoli, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha boigan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Arablar bu yerda o'rnashib olgach, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya'ni «daryoning narigi tomoni» deb atardilar.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling