A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- *VIII asr ortalarida Qarluqlar davlati tashkil topdi.
Qarluqlar davlati
Qadimda Oltoyning g'arbida, so'ngra Irtish daryosining o'rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. VI-VII asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr o'rtalarida Yettisuv o'lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori «yabg'u» yoki «jabg'u» deb yuritilgan. X - asr o'rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo'lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome masjidlar bino qilingan. *VIII asr o'rtalarida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysigacha, chig'il qabilasi yaylovlarigacha; g'arbdan o'g'uz yurti va Farg'ona vodiysi; janubda esa yag'molar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan tashqari Jo'l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko'targan. Aholi qo'ychilik, tog' jilg'alari bo'ylarida esa dehqonchilik bilan shug'ullangan. Sharqiy Turkiston va Movarounnahr bilan savdo-sotiq olib borilgan. Chetga asosan jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan. X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg'ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o'rnashganlar. Keyinchalik o'troq tarzda yashaydigan mahalliy aholiga singib ketganlar. O'g'uzlar VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrda o'g'uzlar Turk xoqonligi tarkibida edi. Turk xoqonligi yemirilgach, o'g'uzlaming kattagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo'yida muqim o'rnashib olganlar. Ular IX asr oxiri va X asr boshida O'g'uzlar davlatiga asos soladilar. Sirdaryo quyi oqimi bo'yidagi Yangikent shahri O'g'uzlar davlatining poytaxti bo'lgan. X asrdan boshlab o'g'uzlar islom dinini qabul qiladilar. X asrning birinchi choragida O'g'uzlar davlati shimoli sharqdan qo'zg'algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab bo'linib ketadilar. Ular o'z yurtini tark etib, bir qismi g'arbga, Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o'rnashadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi g'arbga siljib, yangi sulola - saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling