A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Pandus - maxsus ko'tarma


Download 397 Kb.
bet9/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Pandus - maxsus ko'tarma
* Xvabu - qabila va urug' jamoalari oqsoqoli
* Etnik munosabatlar - aholining o'zaro aloqalari
Savollar
1. Eftallar davri xo'jalik hayoti haqida nimalarni bilasiz?
2. Chorvachilikning qanday tarmoqlan bo'lgan?
3. Yer egaligida qanday o'zgarishlar yuz bera boshladi?
4. Eftallar davlati tayanchlarini qayd eting.
5. Savdoda qanday tangalar muomalada bo’lgan?
6. Madaniy hayot haqida nimalarni bihb oldingiz?
7. Aholi qanday tillarda so'zlashgan, qanday yozuvlardan foydalangan?
4-§. O'RTA OSIYO XALQLARI TURK XOQONLIGI DAVRIDA
Tayanch tushunchalar: Turk xoqonligi. Xoqonlik boshqaruvi. Eftallar davlatining barham topishi. Xoqonlikning bo'linishi.
Xoqonlikning tashkil topishi
VI asr o'rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin «xoqon» deb e'lon qilindi.
Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g'arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga «Yabg'u xoqon» degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo'ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigacha cho'zilgan keng o'lkalarai egallaydilar. Xoqonlik chegarasi Eftallar davlati hududlariga borib yondoshadi.
558-yilda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo'ylarini zabt etadi. 575-576-yillarda Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab, Qrim yarimoroliga kirib boradilar. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va Chag'oniyonni eftallardan tortib oladilar.
Eftallar davlatining qulashi
Turk xoqonligining eftallar bilan to'qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonhkni Eron, so'ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt
eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo'lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o'zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo'lishi orqali yanada mustahkamlanadi.
Eron askarlarining Balxga hujumi ko'magida turklar 563-yilda Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg'ol qilinadi. Sirdaryodan o'tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftallar qo'shini yengiladi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567-yillarda zarbaga uchragan Eftallar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so'ng tamomila barbod bo'ladi. Natijada mag’lub davlatning merosi o'zaro bo'linib, Amudaryoning janubiy qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlar Eron, uning o'ng sohillari bo'ylab Kaspiy dengizigacha cho'zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o'tadi.
Eftallar davlati qulagach, vaziyat tubdan o'zgaradi. Endilikda o'z chegarasini shimoli sharqqa tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadarli Ipak yo'li ustida haqiqiy sarbon bo'lib oladi. Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo'li nazoratini o'z homiyligi ostiga olgan turklar esa Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo'ldi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling