A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


-§. ILK O'RTA ASRLAR DAVLATLARI


Download 397 Kb.
bet4/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

2-§. ILK O'RTA ASRLAR DAVLATLARI
Tayanch tushunchalar: Afrig'iylar. Xioniylar. Kidariylar. Eftallar.
Xorazm davlatini tashkil topishi
Zaiflashib borayotgan Qang' davlatidan birinchi bo'lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy afrig'iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. III asr o'rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Qoraqalpog'istonning Ellikqal'a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal'a shahar xarobasining o'rnida bo'lgan.
*III asr o'rtalarida Xorazm davlatini Afrig'iylar sulo­lasiga mansub xorazmshohlar idora qiladi.
Poytaxt mudofaa jihatidan nihoyatda mustahkam qurilgan. Shaharning mustahkam labirintli (g'ulomgardish) - darvoza og'zi istehkomi - darvozaxonasi bo'lgan. Darvoza qarshisida shahar markazini kesib o'tgan ko'chaning har ikki tomoni bo'ylab shaharliklarning turar joylari joylashgan. Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli g'arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo'lgan uch minorali xorazmshohlar qasri qad ko'targan. Bu davrda Xorazmda atrofi mustahkam devorlar bilan o'ralgan shaharlar, istehkomli qishloqlar juda ko'p bo'lgan.
Milodiy 305-yilda xorazmshoh Afrig' o'z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko'chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qasri ichida shoh o'ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig'iy shohlari oldi tarafiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkam o'rnatib oladilar.
Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, xorazmshohlar unvoni dast­lab siyovushlar sulolasi tomonidan qabul qilingan. Miloddan avvalgi VII asrda shakllangan qadimgi Xorazm davlatini avval ahamoniylar, so'ngra esa afrig'iylar boshqargan. Beruniy bu haqda «Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan... tarix oldilar. Shu vaqtdan Kayxusrav... turk podsholari (ustidan) hukmronligini yurg'izgan edi» deb yozgan. O'sha zamonda Kayxusrav, Saksafar, Farasman, Xusrav kabi hukmdorlar «Xorazmshoh» unvoniga sazovar bo'lishgan.
Moddiy-madaniy topilmalaridan ayon bo'lishicha, III asrda Xo­razm hududida iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bir nechta sug'orma dehqonchilik vohalarni boshqargan mayda hokimliklar tarkib topgan. Tuproqqal'adan qo'lida burgut qo'ndirilgan tojdor hukmdor haykalini yoki Anqaqal'a yaqinidan esa qo'lida shohbozlochin tutgan tojdor tasviri so'qilgan tanganing topilishi shubhasiz hukmronlik ramzidan dalolat beradi. Bu davrda Xorazmda sug'orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san'at, xususan haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topgan. III asrdayoq Qang' davlatidan ajralib mustaqillikka erishgan Xorazm o'zaro kurashlarda g'olib chiqadi. Natijada afrig'iylar sulolasi hukmronligiga asos solinadi.
Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar hamda Turk xoqonligi davrida ham o'zining siyosiy mustaqilligini saqlab qoladi. Vizantiyalik tarixchi Menandr Xorazm VI asrning 60-yillarida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borganligi to'g'risida ayrim ma'lumotlarni qayd etgan.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling