A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kubod (488-531), Anushervon
Eftallar davlati
Eftallaraing ilk ajdodlari Xitoyning shimoli g'arbiy hududida (Xesi) yashagan turkiy xun qabilalari ittifoqi tarkibida bo'lgan. Xitoy manbalarida ta'rif etlishicha, mil. avv. VII asrda mallasoch, ko'zi ko'k xunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomir tog'i etaklariga kelib o'rnashgan. Xunlar davlati yemirilgach, ularning ikkinchi qismi esa Jung'ariyaga, Elsuvi (Ili) havzasiga borib o'rnashgan. Bu yerda ular Yueban etnik uyushmasini tashkil qilganlar. Yuebandan Eftal nomi bilan atalgan yirik guruh ajralib, III asrda Turonning janubiy va Harkon (Kaspiy)dengizining shimolida yastangan yaylovlarga o'rnashib boshqa turkiy elatlar bilan aralashib ketadi. Eftallar IV asrning ikkinchi yarmida ko'payib, avval xioniylarni, so'ngra boshqalarni tobe etib, davlat barpo etganlar. V asrda ular Kidariylar davlatini mag'lub etib, Xurosonning talay qismini egallaganlar va sosoniylar bilan to'qnashganlar. V asrning o'rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftallar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. «Eftal» degan nom ilk bor «xeptal» shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida «Eftalon» deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar, u eftallar yurishiga boshchilik qilgan. Qisqa vaqt ichida Chag'oniyon, Toxariston va Badaxshon bo'ysundiriladi. Bir zarba bilan Sug'dda o'z hukmronligini o'rnatadilar. Eftallar davlati nihoyatda kuchayadi. Hatto ular o'zaro aloqa o'rnatish maqsadida 456-yilda Xitoyga elchi yuboradilar. Eftallarning tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Ikki o'rtadagi jang-u jadallar ayniqsa sosoniylar shohi Pero'z hukmronlik qilgan davrda (459-484) avjiga chiqadi. Sosoniylar shohi eftallarga qarshi uch marta yurish qiladi. Dastlabki janglardayoq u mag'lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o'lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Biroz vaqt o'tgach, ikkinchi marta eftallarga qarshi qo'shin tortadi. Ikkinchi yurish ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Shohning Kubod ismli yosh o'g'li eftallar yurtiga garovga yuborilib, Pero'z tutqunlikdan ozod etiladi. Pero'z 484-yilda eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Marv ishg'ol qilinib, Eron ustiga juda og'ir o'lpon yuklanadi. Pero'z vorislari Kubod (488-531), Anushervon (531-579) hukmronlik qilgan davrlarda eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab, tinchlik tusini olgan. Sosoniylar kumush hisobida belgilangan bojni uzluksiz to'lab turadilar. Keyinchalik eftallar Kobul, Panjob, Urumchi, Qorashar, Xo'tan, Qoshg'ar shaharlarini ham o'z tasarrufiga kiritadilar. Shu tariqa kuchli suvoriy (otliq)lardan iborat qo'shinga ega bo'lgan eftallar bir qancha yarim mustaqil mulkdorlarning uyushmasidan iborat ulkan davlatni barpo etdilar. Mazkur mulklar hukmdor - Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto ularning har biri o'zining kumush yoki mis tangasini zarb etgan. Shunday qilib, V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida O'rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlarini birlashtirgan, ilk o'rta asrlarning yangi qudratli davlati hisoblangan Eftallar davlati tashkil topadi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling