A. Muhammadjonov va S. K. Nasriddinov tomonidan topilgan. 1962-64 yillarda
Download 210.32 Kb. Pdf ko'rish
|
OBIRAHMAT FORI-WPS Office
OBIRAHMAT FORI – Toshkent viloyatidagi tosh davri yodgorliklaridan biri. Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla qishlog‘ida joylashgan. Obirahmat g‘ori 1962 yil A.Muhammadjonov va S.K.Nasriddinov tomonidan topilgan. 1962–64 yillarda A.P.Okladnikov, 1964–70-yillarda M.M.Gerasimov rahbarligida R.H.Sulaymonov tadqiqot ishlari olib borgan. 1976–86 yillarda O‘.I.Islomov rahbarligida T.Omonjo‘lov va K.A.Kraxmal qazishmalar o‘tkazishgan. 1998 yil Rossiya FAning Sibir bo‘limi Arxeologiya va etnografiya instituti bilan o‘zbekistonlik arxeologlar o‘rtasida Obirahmat g‘orida birgalikda tadqiqot ishlari olib borish uchun shartnoma tuzilib, ekspeditsiyaga O‘zbekiston tomonidan O‘.I.Islomov rahbar etib tayinlangan. [nggallery id=36] suratlar www.mountains.uz saytidan olindi Obirahmat g‘orida 1998 yildan Rossiya–O‘zbekiston, 2007 yildan O‘zbekiston–Rossiya–Belgiya qo‘shma kompleks ekspeditsiyasi ish olib bormoqda. 2003 yildagi ishlar natijasida 16-madaniy qatlamdan arxeologik materiallar bilan birga odam suyaklari topildi. Tahlil natijalari ushbu suyaklar 70 ming yillik davrga egaligini ko‘rsatdi. Bunday ilk yuqori paleolit davri yodgorligi hozircha dunyoda yagona hisoblanadi. Bular 6 ta tish suyagi, 1 ta quloq suyagi va maydalanib ketgan bosh suyak qoldiqlaridir. Suyaklar 8–9 yoshli bolaga tegishli bo‘lib, tishlar va bosh suyak qoldiqlari homa supins sapins va quloq suyagi neandertal odamniki bo‘lib chiqdi. Suyak qoldiqlari ustida asosan Avstriyaning Insbruk tibbiyot markazida, Novosibirskdagi yadro fizikasi, Germaniyaning Maks Plank nomli institutida tadqiqot ishlari o‘tkazildi. Natijada, homa supins odami, ya’ni hozirgi zamon odamiga o‘xshagan odam inqilobiy yo‘l bilan paydo bo‘lmay, balki evolyutsion (tadrijiy) yo‘l bilan neandertal odamidan homa supins odamiga asta-sekin aylangan degan ilmiy xulosaga kelindi. Demak, O‘zbekiston hozirgi odam paydo bo‘lgan hududga kirishi isbotlandi. Zero, shu vaqtgacha fanda homa supins sapins birdan paydo bo‘lgan va miloddan avvalgi 20-ming yillikka kelib neandertal odamlari barham topib, homa supins odami rivojlanib ketgan, degan fikr mavjud edi. Obirahmat g‘oridagi kashfiyotlar xalqaro ekspeditsiyaning ilmiy natijasidir. Koʻlbuloq makoni - qadimgi tosh (paleolit) davriga tegishli koʻp madaniy qatlamli yodgorlik. Koʻlbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy oʻzani sohiliga joylashgan Koʻlbuloq yaqinidan (1962-yil) topilgan. Koʻlbuloq makonini arxeologik jihatdan oʻrganish ishlari 1963—83 yillarda arxeolog M. R. Qosimov tomonidan davomli, keng koʻlamda olib borilgan. Uning madaniy qatlamlari 19 m gacha chuqurlikda oʻrganib chiqilsada, qazishmalar zarang qatlam (materik) gacha yetkazilmagan. Shunga qaramay, Koʻlbuloq makoni ajdodlarimizning qad. tosh davrida bir necha yuz ming yillar davomida uzluksiz yashagan turar joy makoni boʻlib, u faqat Oʻrta Osiyoda emas, balki Oʻrta Sharq mintaqalari yodgorliklarining yoshini aniqlashda noyob tayanch yodgorlik hisoblanadi. Koʻlbuloq makonining yuqori qatlamlari 1,5–2 m qalinlikda soʻnggi paleolit davriga oid boʻlib, u 600 m² maydonda oʻrganilgan. Qazishma chuqurlashgan sari uning maydoni qisqarib borgan. Koʻlbuloq makonining yaqin 11 m. qalinlikdagi oʻrta qatlamlari mustye davriga oid boʻlib, uning ostidan 0,7—0,8 m qalinlikdagi toza qumli loy qatlami topilgan. Uning ostidan esa 5 m qalinlikdagi ashel davriga tegishli quyi qatlam ochilgan. Tadqiqotchilar fikriga qaraganda, Koʻlbuloq makonida, ajdodlar hayoti quyi sheystosining soʻnggi bosqichidan to yuqori pleystotsenning oxirigacha davom etgan, yaʼni Koʻlbuloqda hayot bundan rosa 600—700 ming yil avval boshlanib, to miloddan avvalgi 40ming yillikkacha davom etgan. Koʻlbuloq makonining har bir davr qatlamlaridan juda boy tosh qurollar va tegishli xayvon suyaklari topilgan. Mustye va yuqori paleolit qatlamlaridan esa oʻchoq qoldikdari, kuygan hayvon suyaklarining parchalari topilgan. Tosh kurollarga berilgan ishlov texnikasiga koʻra, Koʻlbuloq tosh "indust-riyasi" oʻziga xos sifatlarga ega boʻlib, paleolitshunos mutaxassislar unga Koʻlbuloq makon-ustaxonasi maqomini berganlar Selungur gʻori — Fargʻona vodiysi Soʻx tumanidagi qad. manzilgoh. S.gʻ. Fargʻona sh.dan taxminan 100 km jan.gʻarbida, Haydarkonning gʻarbiy chekkasida joylashgan. Bu ulkan gʻorning chuq. 120 m, kengligi 34 m va bal. 25 m. Arxeologik qazish ishlari 1980-yildan buyon olib borilyapti. Gʻorda 20—40 sm qalinlikdagi beshta madaniy qatlam aniqlandi. Ular biron arxeologik qoldiqlarsiz toza qatlamlar (30—100 sm) bilan boʻlingan. Bu shundan dalolat beradiki, ibtidoiy odamlar mazkur gʻorda 5 marta yashaganlar va vaqtvaqti bilan oʻz maskanlarini uzoq muddatga tark etishgan. Bu yerdan tosh qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlari va arxantrop tipidagi odam qoldiqlari (10 ta tish va.yelka suyagining boʻlagi) ning boy kolleksiyasi topildi. Ushbu kolleksiyada qoʻl choʻqmori, yirik tosh qirgʻichlar va pichoklar, koʻp miqdorda oʻyibkertib ishlangan tishsimon qurollar mavjud. Ular, asosan, yashma, kremniyli chaqmoqtosh, kremniyli ohaktoshlardan tayyorlangan. Madaniy qatlamlardan 32 turdagi yirtqich, tuyoqli, mayda sut emizuvchi va kemiruvchi hayvonlarning suyak qoldiqdari topilib, tadqiq etiladi. Tadqiqotlar natijasida qad. davr tabiiy sharoiti, iqlimi xronologik davrini aniqlashga erishildi. S.gʻ.dan topilgan materiallar kompleks oʻrganilib, pastki qatlamlarining sanasi 1 mln. yil deb belgilanadi. Bunga qadar Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixi oʻrta paleolit davridan (mil. av. 100 ming yildan) boshlanardi. Download 210.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling