A. Muhammadjonov va S. K. Nasriddinov tomonidan topilgan. 1962-64 yillarda


Download 210.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.01.2023
Hajmi210.32 Kb.
#1076129
Bog'liq
OBIRAHMAT FORI-WPS Office



OBIRAHMAT FORI – Toshkent viloyatidagi tosh davri yodgorliklaridan biri. Bo‘stonliq
tumanidagi Burchmulla qishlog‘ida joylashgan. Obirahmat g‘ori 1962 yil
A.Muhammadjonov va S.K.Nasriddinov tomonidan topilgan. 1962–64 yillarda
A.P.Okladnikov, 1964–70-yillarda M.M.Gerasimov rahbarligida R.H.Sulaymonov
tadqiqot ishlari olib borgan. 1976–86 yillarda O‘.I.Islomov rahbarligida T.Omonjo‘lov
va K.A.Kraxmal qazishmalar o‘tkazishgan. 1998 yil Rossiya FAning Sibir bo‘limi
Arxeologiya va etnografiya instituti bilan o‘zbekistonlik arxeologlar o‘rtasida
Obirahmat g‘orida birgalikda tadqiqot ishlari olib borish uchun shartnoma tuzilib,
ekspeditsiyaga O‘zbekiston tomonidan O‘.I.Islomov rahbar etib tayinlangan.
[nggallery id=36]
suratlar www.mountains.uz saytidan olindi
Obirahmat g‘orida 1998 yildan Rossiya–O‘zbekiston, 2007 yildan
O‘zbekiston–Rossiya–Belgiya qo‘shma kompleks ekspeditsiyasi ish olib bormoqda.
2003 yildagi ishlar natijasida 16-madaniy qatlamdan arxeologik materiallar bilan birga
odam suyaklari topildi. Tahlil natijalari ushbu suyaklar 70 ming yillik davrga egaligini
ko‘rsatdi. Bunday ilk yuqori paleolit davri yodgorligi hozircha dunyoda yagona
hisoblanadi. Bular 6 ta tish suyagi, 1 ta quloq suyagi va maydalanib ketgan bosh
suyak qoldiqlaridir. Suyaklar 8–9 yoshli bolaga tegishli bo‘lib, tishlar va bosh suyak
qoldiqlari homa supins sapins va quloq suyagi neandertal odamniki bo‘lib chiqdi.
Suyak qoldiqlari ustida asosan Avstriyaning Insbruk tibbiyot markazida,
Novosibirskdagi yadro fizikasi, Germaniyaning Maks Plank nomli institutida tadqiqot
ishlari o‘tkazildi. Natijada, homa supins odami, ya’ni hozirgi zamon odamiga
o‘xshagan odam inqilobiy yo‘l bilan paydo bo‘lmay, balki evolyutsion (tadrijiy) yo‘l
bilan neandertal odamidan homa supins odamiga asta-sekin aylangan degan ilmiy
xulosaga kelindi. Demak, O‘zbekiston hozirgi odam paydo bo‘lgan hududga kirishi
isbotlandi. Zero, shu vaqtgacha fanda homa supins sapins birdan paydo bo‘lgan va
miloddan avvalgi 20-ming yillikka kelib neandertal odamlari barham topib, homa
supins odami rivojlanib ketgan, degan fikr mavjud edi. Obirahmat g‘oridagi
kashfiyotlar xalqaro ekspeditsiyaning ilmiy natijasidir.
Koʻlbuloq makoni - qadimgi tosh (paleolit) davriga tegishli koʻp madaniy qatlamli
yodgorlik. Koʻlbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy oʻzani sohiliga joylashgan
Koʻlbuloq yaqinidan (1962-yil) topilgan. Koʻlbuloq makonini arxeologik jihatdan
oʻrganish ishlari 1963—83 yillarda arxeolog M. R. Qosimov tomonidan davomli, keng
koʻlamda olib borilgan. Uning madaniy qatlamlari 19 m gacha chuqurlikda oʻrganib
chiqilsada, qazishmalar zarang qatlam (materik) gacha yetkazilmagan. Shunga
qaramay, Koʻlbuloq makoni ajdodlarimizning qad. tosh davrida bir necha yuz ming
yillar davomida uzluksiz yashagan turar joy makoni boʻlib, u faqat Oʻrta Osiyoda emas,
balki Oʻrta Sharq mintaqalari yodgorliklarining yoshini aniqlashda noyob tayanch


yodgorlik hisoblanadi.
Koʻlbuloq makonining yuqori qatlamlari 1,5–2 m qalinlikda soʻnggi paleolit davriga
oid boʻlib, u 600 m² maydonda oʻrganilgan. Qazishma chuqurlashgan sari uning
maydoni qisqarib borgan. Koʻlbuloq makonining yaqin 11 m. qalinlikdagi oʻrta
qatlamlari mustye davriga oid boʻlib, uning ostidan 0,7—0,8 m qalinlikdagi toza qumli
loy qatlami topilgan. Uning ostidan esa 5 m qalinlikdagi ashel davriga tegishli quyi
qatlam ochilgan.
Tadqiqotchilar fikriga qaraganda, Koʻlbuloq makonida, ajdodlar hayoti quyi
sheystosining soʻnggi bosqichidan to yuqori pleystotsenning oxirigacha davom etgan,
yaʼni Koʻlbuloqda hayot bundan rosa 600—700 ming yil avval boshlanib, to miloddan
avvalgi 40ming yillikkacha davom etgan. Koʻlbuloq makonining har bir davr
qatlamlaridan juda boy tosh qurollar va tegishli xayvon suyaklari topilgan. Mustye va
yuqori paleolit qatlamlaridan esa oʻchoq qoldikdari, kuygan hayvon suyaklarining
parchalari topilgan. Tosh kurollarga berilgan ishlov texnikasiga koʻra, Koʻlbuloq tosh
"indust-riyasi" oʻziga xos sifatlarga ega boʻlib, paleolitshunos mutaxassislar unga
Koʻlbuloq makon-ustaxonasi maqomini berganlar
Selungur gʻori — Fargʻona vodiysi Soʻx tumanidagi qad. manzilgoh. S.gʻ. Fargʻona
sh.dan taxminan 100 km jan.gʻarbida, Haydarkonning gʻarbiy chekkasida joylashgan.
Bu ulkan gʻorning chuq. 120 m, kengligi 34 m va bal. 25 m. Arxeologik qazish ishlari
1980-yildan buyon olib borilyapti. Gʻorda 20—40 sm qalinlikdagi beshta madaniy
qatlam aniqlandi. Ular biron arxeologik qoldiqlarsiz toza qatlamlar (30—100 sm) bilan
boʻlingan. Bu shundan dalolat beradiki, ibtidoiy odamlar mazkur gʻorda 5 marta
yashaganlar va vaqtvaqti bilan oʻz maskanlarini uzoq muddatga tark etishgan. Bu
yerdan tosh qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlari va arxantrop tipidagi odam qoldiqlari
(10 ta tish va.yelka suyagining boʻlagi) ning boy kolleksiyasi topildi. Ushbu
kolleksiyada qoʻl choʻqmori, yirik tosh qirgʻichlar va pichoklar, koʻp miqdorda
oʻyibkertib ishlangan tishsimon qurollar mavjud. Ular, asosan, yashma, kremniyli
chaqmoqtosh, kremniyli ohaktoshlardan tayyorlangan. Madaniy qatlamlardan 32
turdagi yirtqich, tuyoqli, mayda sut emizuvchi va kemiruvchi hayvonlarning suyak
qoldiqdari topilib, tadqiq etiladi. Tadqiqotlar natijasida qad. davr tabiiy sharoiti, iqlimi
xronologik davrini aniqlashga erishildi.
S.gʻ.dan topilgan materiallar kompleks oʻrganilib, pastki qatlamlarining sanasi 1 mln.
yil deb belgilanadi. Bunga qadar Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixi oʻrta paleolit


davridan (mil. av. 100 ming yildan) boshlanardi.

Download 210.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling