A. Musiqa o`z tabiatiga ko`ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg`otuvchi
I bob. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA
Download 0.93 Mb.
|
Xulosa va tavsiyalar-fayllar.org
I bob. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA
MASHG`ULOTLARI Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy tarbiyasi Bugungi kunda musiqa mashg`ulotlarini ilmiy metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan musiqa rahbarining oldiga qo`yilgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Musiqa san’ati nafosat tarbiysuning muhim omili bo`lib, u yosh avlodning kamolotga yetishishi uchun kuchli ta’sir etuvchi jarayon hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg`ulotlari Davlat ta’lim standartlariga mos bo`lgan maxsus dastur asosida oldindan tuzilgan rejalarga mos ravishda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi bog`cha yoshidan boshlab bolalarda ijobiy, to`g`ri dunyoqarashni shakllantirish hamda ularning musiqiy didini o`stirish, shuningdek, bolalarga musiqa ilmini o`rgatish jarayonida ularga musiqada hayot o`z aksini topishini anglatish hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning musiqani idrok etishini rivojlantirish uchun ularning musiqiy eshitish qobiliyatini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish talab etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy idrokini rivojlantirish uchun ularda quyidagi musiqiy uquv va qobiliyatlarni shakllantirish talab etiladi: -Tembr uquvi (musiqiy tovushlarning, cholg`u asboblari tovushlarining o`ziga xos alohida xususiyatlarini bir-biridan farq qila olish qobiliyati)ni shakllantirish; -Ritm tuyg`usi (musiqaga mos harakatlarni bajarish, qadam tashlab, chapak chalib, musiqani xotirada saqlash, his etish va ifodalash)ni shakllantirish; -Musiqiy uquvi (musiqiy tovushlarning past-balandligini his etish qobiliyati) ni shakllantirish; Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqani idrok etish qobiliyati musiqiy mashg`ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlantirlib borilsa yaxshi natija beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa rahbarlari tomonidan musiqa mashg`ulotlarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagicha: Bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini har bir mashg`ulotda bosqichma-bosqich rivojlantirib boorish, Musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his - tuyg`ularni hosil qilish yo`li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish, Bolalarning musiqaga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish, Bolalarning musiqa tinglash, qo`shiq kuylash, musiqa sadolari ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish kabi faoliyatlari yordamida ularning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib borish, Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo`shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o`rgatish va odatlantirish, Musiqiy asarlardan zavq olishni o`rgatish va shu asosda musiqiy didni hamda badiiy fikr yuritish malakasini shakllantirish. Musiqa mashg`ulotlari mazmunini bog`cha hayoti bilan bog`lash, musiqa mashg`ulotlari jarayonida o`rganilgan kuy va qo`shiqlar hamda raqslar bilan bog`chada o`tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish. Musiqa mashg`ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o`yin va raqs shaklida ifoda etishni o`rgatish, Musiqa mashg`ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg`u sozlarimiz jo`rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishni o`rgatish, Turli metodlardan foydalanib o`tkaziladigan har bir musiqa mashg`uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg`otadi, ularning his-tuyg`ularini shakllantiradi, ijodiy fikrlash qobiliyati, nutqini ham o`stiradi va musiqiy idrokini o`stiradi. Musiqa mashgulotlarida bolalar hayotni hamda tevarak-atrofdagi voqealarni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar bog`chalarida musiqiy tarbiya ishlari jismoniy tarbiya, badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog`langan holda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy - ta’limiy va tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog`cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Musiqiy o`yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg`usini, harakatchanlik va chaqqonlik malakalarini shakllantirib, qomatning to`g`ri o`sidhiga yaxshi ta’sir etadi. Bu esa bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Bolalarni bog`cha yoshidan boshlab musiqa san’atiga qiziqtirib, ularning musiqiy ijodkorligini reja asosida bosqichma-bosqich rivojlantirib borish ularni ma’naviy barkamol bo`lib yetishishlari uchun mustahkam zamin tayyorlaydi. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi Umumiy o`rta ta’lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslari 1-sinfdan yettinchi sinfgacha har haftada birmarta o`tiladi. Respublikamizdagi umumiy or`ta ta’lim maktablaridagi musiqa darslari DTS da belgilab qo`yilgan talablarga muvofiq tarzda tuzilgan dastur hamda aniq calendar reja asosida tashkil etiladi. Dars o’quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. O’tkazilgan dars o’quvchilarni ham, o’qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun ma’lum darajada umumiy bo`lgan quyidagi kabi ba’zi bir talablarga javob berishi kerak : Dars predmet kalendar dasturidagi o’z o’rniga ega bo’lishi, maqsadi aniq belgilangan bo’lishi kerak. Dars o’tish jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilim, iqtidor va ko’nikmalar alohida aniqlanishi lozim. Mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning Mashg’ulotlardaishlatiladigan metodlar, vositalar turkumining aniq bo’lishi va u oldindan belgilanishi kerak. Darsga qo’yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan o’quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga, o’quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa darslariga qo’yiladigan umumiy tashkiliy talablar quyidagicha bo`lishi mumkin: Har bir dars mavzusini taqvimiy rejalashtirish asosida ishlab chiqilgan aniq dars rejasi mavjud bo’lishi, O`tilayotgan darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi, Darsning boshidan to oxirigacha o’quvchilarning ongli intizomi ta’minlanganligi, Darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o’quv- texnik va ko’rgazmali qurollardan foydalanilishi, dars o’z vaqtida boshlanib, o’z vaqtida tugashi kerak. Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo’lib, darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bo’ladigan ko’rinish tarzida rejalashtirish va o’zgarmaydigan qotib qolgan namuna asosida o’tkazaverish mumkin emas. Har bir dars boshqa darslardan xatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma-yon sinflarda o’tkazilganda ham o’zining o’ziga xos jihatlariga ko’ra farq qiladi. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o’tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, o’qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum bir darsni tashkil etishda har doim o’qituvchining maxsus «Pedagogik yondashuv tarzi» ni ko’rish mumkin. Masalan, kombinatsiyalashgan dars quyidagi ko’rinishda tashkil etiladi: tashkiliy ish, o’quvchilarga berilgan mustaqil ishlarning bajarilishini tekshirish. Oldingi darslarda o’rganilgan material yuzasidan o’quvchilardan so’rash, yangi materialning o’qituvchi tomonidan bayon etilishi, o’rganilgan materialni mustahkamlash, mustaqil ish uchun topshiriqlar, uyga topshiriqlar, vazifalar berish. Davlatimiz mustaqillikka erishgach, o`zbek xalqi o`z madaniyati va san’atini har tomonlama rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1996-yil, 31-dekabrdagi “Respublikada musiqiy ta’limni rivojlantirish, madaniyat va san’at o`quv muassasalarining ish samaradorligini oshirish haqida”gi hamda 2008-yil, 28- iyuldagi “Bolalar musiqa maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning ish faoliyatlari samaradorligini oshirish bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi haqida”gi farmonlariga asosan har yili musiqa maktablari, madaniyat va san’at kollejlari va boshqa madaniyat va san’at muassasalari ko`plab musiqa asboblari hamda boshqa texnik vositalar bilan davlat tomonidan ta’minlanyapti. Bu qaror va farmoyishlarning amalga oshirilishi natijasida o`rta umumta’lim maktablaridagi bolalarning musiqiy ijodkorligini rivojlantirish uchun ham zarur moddiy shart- sharoitlar yaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to`g`risidagi qarorida: “Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish”2 haqida berilgan ko`rsatmalari yoshlarning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit- qizlarini XXI asr talablariga to`liq javob bera oladigan, har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun barcha shart- sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo`yicha keng ko`lamli chora- tadbirlarni belgilab berdi. O’qituvchi darslarda o’quvchilarga bo’lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro’sini saqlagan holda yondoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Musiqa madaniyati darslarining yutug’i va natijalari nafaqat o’qituvchining tayyorligiga, balki o’quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog’liq bo’ladi. Afsuski, ushbu masalaga ko’pgina yosh o’qituvchilar o’zlarining amaliy ishlarida yetarli darajada e’tibor bermayaptilar. Musiqa o`qituvchisining o’quvchilarga darsdagi murojaat shakli ham turlicha bo`lishi mumkin. O’qituvchining o’quvchilarni o’z ism-shariflari bilan atashi maqsadga muvofiqroqdir. Pedagog sifatida o’zligini namoyon etishni talab qilish zarur holatlarda o’qituvchi tomonidan o’z hissiyotini aks 2 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” to`g`risidagi qarori. T., 2010 yil, 27-yanvar. “O`zbekiston ovozi” gazetasi,2010 y. 28-yanvar soni. 12 (30.132). ettirishni inkor etmaydi: u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, xushyor, ko’nglichan bo’libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo’lishi ham mumkin. O’qituvchining pedagogik optimizmi, uning o’quvchilarga munosabatidagi ishonch, o’quv faoliyatini tashkil etishning turli- tuman shakllaridagi mashg’ulotlarda ularning hamjihatiigidagi izlanuvchanligini tashkil etish, o’quvchilarning ishlariga haqqoniy baho berish, ularga doimiy zarur yordam ko’rsatishga tayyor turishlik-bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Musiqa madaniyati darsining asosiy maqsadi o’quvchilarga musiqa san’atini go’zallik qonunlari asosida o’rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdan iborat. Ushbu maqsad musiqa o’quvchilarda musiqaviy- badiiy did, ahloqiy-estetik his-tuyg’ularni tarkib toptirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda musiqa san’atiga nisbatan qiziqishni va musiqaviy faoliyatida badiiy ehtiyojni kuchaytirish, musiqa savodxonligi madaniyatini shakllantirish, musiqa-davr, hayot, inson his-tuyg’ulari va orzu-umidlari ifodasi ekanligi haqida tushuncha hosil qilish kabi qator vazifalarni o`z ichiga olishi bilan bir vaqtda, boshqa bir qator pedagogik vazifalarni ham o`z ichiga oladi. Bolalarmaktabda o`zlari egallagan musiqiy bilimi va malakalaridan kundalik hayotda, maktabda ertalik va kechalar o’tkazishda mustaqillik, «Mehrjon», «yangi yil», «Navro’z», onajonlar bayrami kabi bayramlarda, ekskursiya va sayrlarga chiqqanda foydalanishlari kerak. Bundan tashqari, o’rganilgan qo’shiqlar uyda oila a’zolari oldida, o’rtoqlari davrasida aytilishi mumkin. Yetti yillik o’qish davrida musiqa sohasida muntazam sur’atda ish olib borilishi natijasida o’quvchilar musiqa savodiga ega bo’lib, musiqa sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, kontsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr qo’yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to’garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol katnashadigan kishilar bo’lib yetishishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o’qituvchisiga yaqindan yordam berishlari lozim, ya’ni ular bu borada ham hamkorlik qilishlari zarur. Bolalarda musiqaga mehr va havas uyg’otish, maktab o’quvchilarining musiqiy saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang’ich va 9 yillik maktablarning har birida xor to’garaklari, sharoiti bor bo’lgan maktablarda cholg’u asboblari bo’lishi kerak. Ayni vaqtda o’quvchilarga yakka tartibda musiqa o’rgatish ishini uyushtirishga e’tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish yaxshi samara beradi, degan fikrlar mavjud. Musiqa madaniyati darsning har bir faoliyat turida shaqildoqlar,uchburchak, metallafon, doirachalar kabi turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo’shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalinishini qo’l harakati bilan imitatsiya qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarni yanada qiziqarli va jozibali bo’lishini ta’minlaydi. Musiqa darsi boshqa darslardan o’zining badiiyligi, qiziqarligi va bolalarga ko’proq ijodiy zavq, emotsional tuyg’ular va obrazli kechinmalar uyg’otishi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, « Musiqa madaniyati » darslari quyidagi o`ziga xos jihatlari bilan boshqa darslardan farq qilib turadi: Masalan, musiqa san’ati boshqa san’at turlaridan idrok etilishiga ko`ra farq qiladi, ya’ni u boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalari, ya’ni «tili» bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan, tasviriy san’at ranglar bilan, raqs san’ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Yuqoridagi san’at turlarini ko’rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun, ko’zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqanligi bizga tarixdan ma’lum bo`ladi. Musiqa san’ati aniq vaqt o’lchovi bilan bog’langan san’atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Musiqa madaniyati darslari musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg’ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iborat. Musiqa darsi o’zining aralash-integral dars tipi bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Musiqa san’ati bolalarga aktiv emotsional ta’sir ko’rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darsidan bolalar xordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo’lib chiqadilar. Barcha fikrlarimizni umumlashtiradigan bo`lsak, musiqa darsi o’zining aktiv psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. Tasviriy san’at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar musiqa darsini hayot bilan boglashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi. Yuqori sinflarda « Musiqa madaniyati » darslarining tuzilishi 4 ta asosiy faoliyat turidan iborat: Ovoz sozlash Xor bo’lib kuylash Musiqa savodi Musiqa tinglash. Boshlang’ich sinflarda esa dars faoliyatlari 6 ta tarkibiy qismga bo`linishi mumkin: Ovoz sozlash. Xor bo’lib kuylash. Musiqa savodi Musiqa tinglash Musiqaga mos harakatlarni bajarish Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lishdan iborat bo’ladi. Darsdan tashqari musiqa mashg`ulotlari Respublikamizda ta’sis etilgan davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan yangi ta’lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim va malakalarini o`stirish bilan birga ularda kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi individual xislatlarni rivojlantirishni ham maqsad qilib qo`yadi. Davlatimiz tomonidan musiqa madaniyatini ommaviy rivojlantirish maqsadida keyingi yillarda keng ko`lamli tadbirlar ishlab chiqildi va ular muntazam izchillikda hayotga tatbiq etilmoqda. Musiqa madaniyati darsi o`quvchilarda dastlabki musiqa madaniyatini, nafosat tuyg`usini shakllantitishning asosiy omilidir.Bundan tashqari o`quvchilar mashg’ulotlardaolgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari tarbiyaviy-madaniy muassasalarda tashkil etilgan musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.Bu kabi musiqiy to`garak a’zolari hozirgi kunda o`z san’atlarini faqatgina Respublikamizda emas, balki turli chet davlatlarda ham namoyish etib, ko`plab olqishlarga va faxrli o`rinlarga sazovor bo`lmoqdalar. Musiqa to`garaklarida o`quvchilar asosan quyidagi yo`nalishlarda bilim va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin: Jamoa bo`lib kuylash Turli cholg`u asbobida chalish Musiqa tinglash madaniyati Ansambl va orkestr jamoasida ijro etish Turli raqs usullarini amalda bajarish Elektron asboblarda chalish. Ko`p yillik kuzatishlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi yoshlarning milliy cholg`u asboblarimizni o`rganishga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, qashqar rubobi, doira, g`ijjak, nay, dutor kabi asboblarni o`rganishga bo`lgan qiziqish ancha yuqori desak bo`ladi.Shu sababli maktab va maktabdan tashqari cholg`u to`garaklarining bugungi maqsad va vazifalari haqida to`xtalib o`tmoqchimiz.To`garakni tashkil etishdan asosiy maqsad biror cholg`u asbobini o`rgatish orqali o`quvchilarning san’atga bo`lgan qiziqishini oshirish hamda ularga musiqiy-badiiy tarbiya berishdir.Buning uchun asosan quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: Cholg`u asbobi, uning tuzilishi hamda tarixi bilan tanishtirish. Cholgu` asbobini to`g`ri ushlashni o`rgatish. Cholg`u asbobida tovush hosil qilishning o`ziga xos yo`llarini o`rgatish. Mezrob yoki kamonchani to`g`ri ushlashni o`rgatish. Rubobni sozlashni o`rgatish. Musiqa savodi haqida yetarlicha ma`lumot berish. Ijroda ishlatiladigan shtrixlarni to`g`ri qo`llashni o`rgatish. Qiziqarli va maqsadli repertuar tanlash, ishlash va hokazo. To`garak repertuarini tanlashda to`garak rahbari uning bolalarning yoshiga, ijro etish imkoniyatiga, qobiliyatiga mos kelishiga alohida e’tibor berishi zarur. Shuningdek, repertuardagi asarlarning mazmuni milliy, mafkuraviy dunyoqarashimizga mos kelishi hamda ijrochilarning va tinglovchilarning estetik didini to`g`ri yo`nalishda tarbiyalash bilan bir vaqtda yoshlarni ma’naviy kamolotga undashga xizmat qilishi juda muhimdir. O`zbekiston Respublikasi prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston- Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika ”Fol`klor jamoalari ko`rik- tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqarida tashkil etilgan yakka tartibdagi musiqa mashg'ulotlari bolalarni musiqaga jalb etishning samarali vositasi sifatida xizmat qilmoqda, ularga ijodiy jarayonda faol qatnashish imkoniyatini bermoqda. Shu bilan birga mashg'ulotlarni yakka tartibda tashkil qilish o'qituvchining o'quvchiga bevosita ta'sir ko'rsatishi, uning fe'1-atvori va ayrim shaxsiy sifatlarini shakllantirish uchun qulay imkon yaratmoqda. Musiqa asboblarini chalish ijodiy faoliyatga uning barcha xususiyatlariga bog'liqligi sababli ham yakka tartibdagi mashg'ulotlar katta ahamiyatga molikdir. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling