Testlar
1. Marketing rejasi qaysi asosiy bloklarni o‘z ichiga oladi?
a) korxona imkoniyatlarini tahlil qilish, korxonaning muayyan vazifalarini aniqlash,
marketing faoliyati maqsadlarini belgilash, raqobatchilarning strategiya va taktikasini
o‘rganish, marketing tadbirlari amalga oshirish, marketing tahlili natijalarini nazorat
qilish.
b) korxona imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyati strategiya va taktikasini ishlab
chiqish, narx siyosatini tartibga solish, mahsulotni transport vositasida tashish va uni
sotish.
v) firmada ichki rejalashtirish, tashqi rejalashtirish, strategiya va taktika ishlab chiqish,
marketing tadbirlari bajarilishini nazorat qilish, raqobatchlar ishini nazorat qilish,
xomashyo yetkazib berishni rejalashtirish.
g) ta’minot rejasi, tayyor mahsulotni sotish rejasi, hamkorlar bilan o‘zaro aloqalar rejasi,
investitsiyalar jalb qilish rejasi.
d) korxona imkoniyatlarini tahlil qilish, belgilangan davrga muayyan vazifalar belgilash,
marketing faoliyati maqsadlarini aniqlash, strategiya va taktika ishlab chiqish, marketing
tadbirlari amalga oshirish, marketing faoliyati natijalarini nazorat qilish.
2. Marketing taktikasi deb nimaga aytiladi?
a) bozorda doimiy o‘zgaradigan talabga reaksiya.
b) ishlab chiqarish marketingi muqobil variantlarini ishlab chiqish,
v) sotuvni kengaytirish.
g) har bir tovar bo‘yicha sotuv rejasi belgilash,
d) xarajatlar bo‘yicha umumiy budjet belgilash.
3.Marketing tadqiqotlari qaysi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi?
a) ichki vaziyatni tahlil qilish, xomashyo manbalarini tahlil qilish, bozor iqtisodiyotini tahlil
qilish, tadqiqot ob’ektlarini tanlash tartibi.
b) tanlov tarkibini aniqlash, birlamchi axborot manbalarini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |