D) Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida
214. Qaysi yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi «Erkin va adolatli saylov prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi?
A) 1993 yili
B) 1994 yili
C) 1995 yili
D) 1996 yili
215. Har bir inson o‘zi yashayotgan davlatning boshqaruvida bevosita yoki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hokimiyatning asosi bo‘lmog‘i lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, umumiy va teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim. Ushbu qat’iy belgilangan qoida quyidagi qaysi tashkilotning hujjatlarida o‘z aksini topgan?
A) BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida
B) EXHTning demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida
C) Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o‘zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasida
D) Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasida
216. BMTning “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktining nechanchi moddasiga muvofiq har bir fuqaro kamsitishlarsiz hamda asossiz cheklovlarsiz: bevosita va erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish; umumiy va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladigan va saylovchilarning erkin holdagi xohish-irodasini ta’minlovchi chinakam davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish; o‘z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega bo‘lishi joizligi ta’kidlangan?
A) 19-moddasiga
B) 21-moddasiga
C) 24-moddasiga
D) 25-moddasiga
217. 1997 yil 26 dekabr, 1999 yil 19 avgust, 2003 yil 24 aprel, 2007 yil 11 aprel. Ushbu sanalarga muvofiq javobni aniqlang?
A) “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi
Do'stlaringiz bilan baham: |