A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/42
Sana02.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#186240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
4146-Текст статьи-14369-1-10-20201031 (2)

Tarbiyalash mahorati - o‘qitish va tarbiyalash jarayonining bog‘liqligi,  uyg‘un 

rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma’naviy saviyasi qaror 

toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga ega bo‘lishi.    

O‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar

talabchanlik,  haqqoniylik,  halollik,  mehribonlik,  xushmomalalik  bo‘lib,  ushbu  sifatlar 

o‘qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko‘rsatadi. 

Ta’lim  oluvchilarning  bilimlarini    xolisona  nazorat  qilish  va  baholash 

mahorati - ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va 

mexanizmlarini  bilishi,  ularning  o‘zlashtirishini  nazorat  qilishning  turli  shakllarini 

qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi kerak. 

Pedagogik  amaliyot  bo‘lajak  o‘qituvchilarni  tayyorlashning  shunday  bosqichiki, 

bunda  har  bir  o‘quvchiga  ta’lim-tarbiya  berishda  oliy  o‘quv  yurtida  to‘plagan  bilim 

hamda  uquvlarining  hammasidan  kompleks  tarzida  foydalanishga  to‘g‘ri  keladi. 

SHuning  uchun  pedagogik  amaliyot  vaqtida  o‘qish  jarayonidagi  barcha  kamchiliklar 

yaqqol  ochilib  qoladi.  SHunday  qilib,  pedagogik  amaliyot  o‘ziga  xos  imtixon 

hisoblanadi.  SHuni  nazrda  tutish  kerakki,  amaliyotchi-talabaning  yoshi  u  rahbarlik 

qilishga to‘g‘ri keladigan  o‘quvchilar yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda 

birinchi kundanoq to‘g‘ri yo‘l tanlash, ya’ni birinchidan o‘z qo‘l ostidagi o‘quvchilarga 

nisbatan  takallufsizlikka  yo‘l  qo‘ymaslik,  ikkinchidan,  takabburona  munosabatda 

bo‘lmaslik juda muhimdir. Tajribalarning ko‘rsatishicha, amaliyotchi o‘quvchilar bilan 

to‘g‘ri  munosabatda  bo‘lsa,  ya’ni  ularga  hayrixoxligi  va  kamtarligini  namoyon 

qilsagina  u  tezda  o‘quvchilar  bilan  inoqlashib  ketadi.  O‘quvchilar  amaliyotchini    ham  

o‘quvchi ekanligini  yaxshi bilishadi va unga har tomonlama yordam berishga harakat 

qilishadi.  Bu  davrda  amaliyotchining  tashqi  qiyofasi  ham  muhim  rol  o‘ynaydi,  u 

o‘quvchilarga  namuna  bo‘lishi  kerak,  amaliyotchi  oddiy,  ozoda  kiyinishi  lozim,  bu 

shartni bajarmagan amaliyotchi o‘quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi.  

Amaliyotchi-talabaning  sinfda  bo‘ladigan  barcha  tadbirlarda  qatnashishi,  uning 

o‘quvchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish garovidir. 

Amaliyotchi-talaba o‘qituvchilik kasbi murakkab va sharafli ekanligini amaliyot 

davomida  ko‘radi,  ishda  yuz  beradigan  qiyinchiliklarni  bartaraf  etish    usullarini 

o‘rganadi,  zarur  kasbiy  sifatlarni  o‘zida  shakllantiradi.  Eng  muhimi,  bu  davrda 

o‘quvchilar  bilan  ishlash  nihoyatda  qiziqarli  va  maroqli  ekanligiga,  kasbni  to‘g‘ri 

tanlaganligiga ishonch hosil qiladi. 




 




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling