A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Pigmentlar kamayishi oqibatida barglarda uchraydigan kasallikla


Download 485.55 Kb.
bet9/10
Sana04.02.2023
Hajmi485.55 Kb.
#1161952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
B. Mahliyo. Barg pigmentlari

2.3 Pigmentlar kamayishi oqibatida barglarda uchraydigan kasallikla
Barg dogʻlanishi - oʻsimliklarda zamburugʻ, virus, bakteriyalar ta’sirida paydo boʻladigan kasallik. Asosan, gʻoʻzada, shuningdek karam, sholgom, rediska, kanop, tamaki va boshqa ekinlarda hamda mevali daraxtlarda uchraydi. Bu kasallik bilan oʻsimlik bargi, tanasi, hosili zararlanadi. Zararlangan oʻsimlik bargiga sariq, qizil, qora, qoʻngʻir dogʻ tushadi va oʻsha joydagi toʻqimalar qurib qoladi. Gʻoʻzada uchraydigan Barg dogʻlanishi ga Macrosporium gossypii Locz. zamburugʻi sabab boʻladi, bunda dastlab mayda qizgʻish toʻgarak dogʻ paydo boʻlib, keyinchalik oqish hoshiya bilan oʻraladi. Beda bargida paydo boʻladigan qoramtir dogʻni askospora zamburugʻi keltirib chiqaradi. Quyosh nurining ta’siri va turli dorilarning normadan ortiq sepilishi natijasida ham Barg dogʻlanishi mumkin. Oʻsimliklarning chidamli navlarini ekish, agrotexnika qoidalariga qattiq rioya qilish, dogʻlanishning boshlanishi davrida ekinga 1% li bordo suyuqligi purkash yoʻli bilan Barg dogʻlanishiga qarshi kurash olib boriladi.
Barg bujmayishi - oʻsimliklarda virus, zamburugʻ, bakteriyalar ta’sirida paydo boʻladigan kasallik. Zararlangan oʻsimlik yaxshi rivojlanmaydi, barg shapalogʻi och yashil tusga kirib, bujmaloqlashadi, sathi mayda dogʻlar bilan qoplanadi, moʻrt boʻlib qoladi. Barg bujmayishi gʻoʻza, kartoshka, beda, mevali daraxtlar, piyoz va boshqa oʻsimliklarda uchraydi. Ingichka tolali gʻoʻza navlari ham bu kasallikka yoʻliqadi, poyasining yuqori qismidagi boʻgʻim oraligʻi qisqarib, hosili 50% gacha kamayadi. Kasallik, asosan, hasharotlar orqali tarqaladi. Barg bujmayishi ga qarshi ekinzorga fungitsidlar, 1% li bordo suyukligi eritmasi purkaladi.
Xlorozlar (yun. chloros — och yashil, yashilsargʻish), oʻsimlik barglarining rangsizlanishi - barglarning qisman yoki butunlay sargʻayishi bilan kechadigan kasallik. Xlorozlarda bargda xlorofill hosil boʻlishi buziladi va fotosintez jarayoni susayadi (barglarning maydalashuvi, ularning barvaqt toʻkilishi, poya uchlarining qurishi, ildiz tuklarining nobud boʻlishi va boshqa kuzatiladi). Patogen mikroorganizmlar, tuprokda temir va boshqa mikroelementlarning yetishmasligi hamda yuqori namlik sabab boʻladi. Koʻproq mevali va manzarali oʻsimliklar zararlanadi. Infeksion (yuqumli) Xlorozga viruslar, zamburugʻlar va boshqa mikroorganizmlar, shuningdek, virusli X.ni tarqatuvchi zararkunandalar (tripe, shiralar va boshqalar) sabab boʻladi. Irsiy Xloroz (ola chiporlar) manzarali oʻsimliklarning maʼlum shakli va navlari uchun normal holat. Noinfeksion yoki funksional Xloroz noqulay tuproqiqlim sharoiti hamda ekinlarni oʻstirish texnologiyasi buzilganda kelib chikib, tabiatda koʻproq uchraydi. Noinfeksion Xloroz mineral oziq moddalar-temir, rux, magniy va boshqa yetishmasligi yoki ular faolligining buzilishi natijasida yuz berishi mumkin. Xlorozlar qishloq xoʻjaligi ga katta zarar keltiradi. Karbonat angidrid gazining oʻzlashtirilishi va organik moddalar hosil boʻlishining keskin susayishi tufayli kasallangan oʻsimlik oʻsish hamda rivojlanishdan orqada qoladi, hosil kamayadi va sifati yomonlashadi. Sugʻorib yetishtiriladigan ekinlarda Xloroz karbonat tuzlariga boy tuproqli joylarda koʻp kuzatiladi, chunki karbonatlar temir tuzlarini suvda erimaydigan birikmalarga aylantirib yuboradi, temir yetishmasligi sababli barglar rangsizlanadi. Shuningdek, ekinlarda Xloroz suv kuchli minerallashganda, yaʼni tuprokda har xil mineral tuzlar koʻp boʻlganda ham yuz berishi mumkin.
Kurash choralari: yerga temir tuzlari, mineral va mikrooʻgʻitlar solish, drenajlar qurish, soʻruvchi hasharotlar va begona oʻtlarga qarshi kurash, almashlab ekish, kuzgi shudgorlash.
Virusli kasalliklar, virozlar-viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan juda koʻp yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qoʻzgʻatadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomiyelit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal oʻrganilgan. Ko’pincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan.
Hayvonlarning Virusli kasalliklarga kirov (oqsim), oʻlat, ornitoz, psittakoz, parrandalar grippi, Nyukasl kasalligi, Ruft vodiysi isitmasi, qoʻylarning kataral isitmasi kiradi. Ular epizootiyalar shaklida kechib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Oʻsimliklarda Virusli kasalliklar gʻoyat xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Koʻpgina kasalliklar ekinlari (ayniqsa, vegetativ yoʻl bilan koʻpayadiganlari) kasallanadi. Virozlar boshoqli oʻsimliklar, kartoshka, mevali, sabzavot, rezavor mevali va b. oʻsimliklarga eng koʻp zarar keltiradi. Koʻpincha, oʻsimlik hosilining kamayishiga va sifatining pasayishiga sabab boʻladi. Mas:bugʻdoy, arpa va b. oʻsimliklarga gʻumbaklanish virusi erta yuqqanda boshoqlar puch boʻladi; virusli mozaika bilan kasallangan kuzgi bugʻdoy umuman hosil bermaydi. Koʻpchilik Virusli kasalliklar qishloq xoʻjaligida yaqindan beri (20-asr) salbiy ahamiyatga ega boʻlib kelmoqda. Virusli kasalliklar oʻsimlik organizmida chuqur oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Eng xarakterli oʻzgarishlar assimilyatsiya apparatida yuz beradi. Assimilyatsiya mahsulotlari ildiz, ildizmeva, tuganak (koʻp yillik oʻsimlik turlarida qishlovchi organ boʻlib, odatda, ularda oziq moddalar saqlanadi) va oʻsimlikning boshqa kismlariga yetib bormaydi. Umuman, oʻsimliklar qator anatomik va morfologik oʻzgarishlarga uchraydi. Natijada oʻsimlik rivojlanishi susayadi va umumiy holati yomonlashib, "nasl aynish alomatlari" kuzatiladi. Assimilyatsiya mahsulotlarining barglardan oqishi ushlanib qolishi tufayli bargda kraxmal koʻpayib ketadi. Kasallikning oʻzgarish xarakteriga koʻra Virusli kasalliklar ikki guruh: mozaikalar va sariqlarga boʻlinadi. Mozaikalarning asosiy belgisi-barg rangining olachipor boʻlishi (mas: tamaki, kartoshka, pomidor, lavlagi va b. mozaikasi); bunga xlorofilli apparatdagi oʻzgarishlar sabab boʻladi. Sariq kasali uchun umumiy xloroz (bargning rangsizlanishi), oʻsishning buzilishi, koʻpincha pakanalik xarakterli; barglarning buralishi, burishishi, ularda uglevodlarning haddan tashqari toʻplanishi natijasida barglar dagʻal va moʻrt boʻlib qoladi (boshoqlilardagi gʻumbaklanish, gʻo’za, kartoshka barglari buralishi va b.da). Koʻpgina Virusli kasalliklarni hasharotlar (oʻsimlik bitlari, sikadalar, tripelar, oqqanotlar, qandalalar va b.), baʼzilarini (bugʻdoyning taram-taram mozaikasi va b.) kanalar tarqatadi. Infeksiya kasal oʻsimlikdan sogʻlomiga bir-biriga tekkanida, bir-birini yengil jarohatlaganda (mas:shamol taʼsirida) oʻtishi ham mumkin. Virusli kasalliklarning deyarli hammasi oʻsimlik jinssiz koʻpayganda avlodga osongina oʻtadi.

Xulosa
Kasallikning oldini olish va kurash choralari: agrotexnik chora-tadbirlar; virus tashuvchi hasharotlarga qarshi kurash; virusga chidamli yoki oʻta sezgir navlarni ekish.
O'simliklar o'simlik va hayvonot dunyosi uchun oziq-ovqat ishlab chiqaradigan o'simliklar yer yuzidagi hayotni saqlab qolish uchun yordam beradi. Barglar o'simliklardagi fotosintez joyidir. Fotosintez - bu quyosh nuridan ener-giyani iste'mol qilish va uni shakar shaklida oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun ishlatishdir. Barglar o'simliklarning oziq-ovqat zanjirlarida asosiy ishlab chiqa-ruvchilar sifatida o'z vazifalarini bajarishiga imkon beradi. Barglar nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradilar, balki ular fotosintez paytida kislorod ishlab chiqaradilar va atrof-muhitda uglerod va kislorod aylanishiga katta hissa qo'shadilar.
O'simliklarga yorug'lik, harorat, suv, mineral tuzlar va karbonat angidrid gazi qancha yetarli bo'lsa, organik moddalar shuncha ko'p hosil bo'ladi. Ularda organik moddalar qancha ko'p bo'lsa, hosili shuncha mo'l bo'ladi. O'simliklardagi mazkur qonuniyatga amal qilinsa ulardan yuqori hosil olish murnkin. Ana shuni yaxshi bilgan dehqonlar issiqxonalarda zarur sharoitni sun'iy ravishda yaratib, yuqori hosil yetishtirmoqdalar. Hatto qish oylarida ham issiqxonalarda elektr nuri orqali qo'shimcha yorug'lik, harorat va mineral tuzlar, sabzavot, poliz ekinlari va har xil gullarni o'stirmoqdalar. Demak, har qanday o'simlikni ekkanda uning yorug’likka bo'lgan talabini inobatga olish zarur.
Oʻsimliklarning viruslarga nisbatan oʻta sezgirligi amalda katta ahamiyatga ega. Bunda infeksiya toʻqimaning maʼlum bir qismidagina boʻlib, boshqa yerga tarqalmaydi va oʻsimlikning umumiy kasallanishi roʻy bermaydi. Himoya choralarini qoʻllash uchun virusli kasalliklar belgilarini aniqlash zarur. Diagnoz qoʻyishda kasallik belgilari, hujayra ichidagi tarkibiy qism shakli, serologik reaksiya, kasallikning yuqumliligi, virus qismlarining morfologiyasi, kasallangan oʻsimlik shirasini bakteriologik filtrdan oʻtishi va boshqalar hisobga olinadi.



Download 485.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling