A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Asosiy strategiya turlarini amalga oshirish shartlari


Download 0.87 Mb.
bet45/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Asosiy strategiya turlarini amalga oshirish shartlari
8.1-jadval

Asosiy strategiya

Umumiy resurs va malaka talablari

Tashkiliy shartlarga umumiy talablar

Mutloq sa’y-harakatlar yetakchiligi

Farqli pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyaga kirish. Yangi pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar. Umumta’lim maktabining faoliyat jarayonlarini atroflicha nazorat qilish va strategik boshqarish. O‘zlashtirilishi oson bo‘lgan yangi pedagogik texnologiya va uslubiyatni o‘rganib chiqish. Ularni kam sa’y-haralat sarfi evaziga o‘quvchilarga yetkazish tizimi

Qilinayotgan sa’y-harakatlarni qat’iy nazorat. Aniq tashkiliy tuzilma va mas’uliyat. Aniqlashtirish. Tez-tez va batafsil nazorat hisobotlari miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslangan rag‘batlantirish

Tabaqalashtirish

Kuchli marketing salohiyati. Pedagogik texnologiya dizayni. Ijodkorlik. Kuchli fundamental tadqiqot salohiyati. Pedagogik texnologiya sifati yoki ta’lim muassasasining texnologiya yetakchiligi bo‘yicha yuqori obro‘si. Muhim pedagogik tajriba yoki boshqa tarmoqlarda olingan ko‘nikmalarning noyob uyg‘unlashuvi. Tarqatish kanallari bilan yaqin hamkorlik

Ilmiy-tadqiqot, dizayn va marketingni yaqin funktsional muvofiqlashtirish. Miqdoriy ko‘rsatkichlar o‘rniga subyektiv baholash va rag‘batlantirish tadqiqotchilar va ijodkor xodimlarning yuqori malakali ishchi kuchini jalb qilish imkoniyatlari

Ustamonlik

Qayd etilgan majburiyatlar va umumta’lim maktabining ma’lum bir strategik maqsadiga qaratilgan yo‘l xaritalarining o‘zaro uyg‘unlashuvi

Qayd etilgan majburiyatlar va umumta’lim maktabining ma’lum bir strategik maqsadiga qaratilgan yo‘l xaritalarining o‘zaro uyg‘unlashuvi

Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, masalan Finlandiya umumta’lim maktablarining ta’lim segmentida maqbul tarzda strategik joylashuv amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, diversifikatsion tarzda rivojlanishning eng mashhur strategiyasi, o‘zlashtirilgan ta’lim segmentida o‘zlashtirilgan pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyaning nufuzini mustahkamlash va yangi texnologiyadan foydalangan holda yangi pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyalarni yaratish yoki investitsiya qilishdir. Ba’zi umumta’lim maktablari o‘z strategiyasini mavjud harakatdagi ta’lim segmentida yangi pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyani yaratish negizida, unga safarbar qilinadigan sa’y-harakatlarni kamaytirish bo‘yicha kelajak poydevorini quradilar.


O‘rta ko‘lamli umumta’lim maktablari o‘z rivojlanish kelajagini quyidagi tarzda qayd etib oladilar:

  • o‘zlarining ta’lim segmentidagi pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyalarining mavqeini mustahkamlash, ularga qilinayotgan sa’y-harakatlarni kamaytirish va ta’limga infratuzilmaviy jihatdan ko‘maklashuvchi homiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;

  • yirik ko‘lamli umumta’lim maktablarida pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyalarining ta’lim segmentidagi mavqeini mustahkamlash strategiyalari, yangi segmentlarni topish strategiyalari, ta’limga infratuzilmaviy jihatdan ko‘maklashuvchi homiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ularga qilinayotgan sa’y-harakatlarni kamaytirish strategiyalari ustunlik qiladi.

Umumta’lim maktablarini strategik joylashtirishdagi asosiy qiyinchiliklar axborot tartibining yo‘qligi va boshqaruvning past madaniyati bilan bog‘liq.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling