A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Direktor Xo‘jalik xodimlari


Download 0.87 Mb.
bet35/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Direktor







Xo‘jalik xodimlari

O‘rinbosar

O‘rinbosar







Diversifikatsion bo‘linma







Ta‘minot

Ishlab chiqarish

Yo‘naltirish




6.3-rasm. Matritsali boshqaruv tuzilmasi
1. Umumta’lim maktablari uchun matritsali boshqaruv tuzilmasi uning faoliyatiga, ayniqsa o‘z-o‘zini moliyalashtirishga ixtisoslashgan umumta’lim maktablari uchun (xususan, xususiy mulkchilik shaklidagi ta’lim muassasalari uchun) mutlaqo mos keladi, buning sababi shundaki, mazkur tuzilmadan aksariyat hollarda yakka turdagi faoliyat yuritishga ega bo‘lgan faoliyat yurituvchi subyektlarda foydalaniladi. Bunga misol tariqasida, umumta’lim maktablarining asosiy DTS lari bo‘yicha ta’lim olib borish faoliyatini, shuningdek, mazkur faoliyatni takomillashtirishga va ushbu takomillashtirish jarayonini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi diversifikatsion tarzda tashkil qilingan infratuzilmaviy subyekt sanalgan qo‘shimcha strategik ahamiyat kasb etuvchi strategik rivojlanish subyektini va uning faoliyat tuzilmasini keltirish mumkin.Umumta’lim maktablarining asosiy DTS lari bo‘yicha ta’lim olib borish faoliyatini takomillashtirish jarayonini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi diversifikatsion tarzda tashkil qilingan infratuzilmaviy subyektini tashkil qilish odatda quyidagicha tarzda amalga oshiriladi. Umumta’lim maktablari faoliyatini odatda direktor va bir nechta nafar o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar boshqaradi, ularning har biri o‘zining asosiy faoliyati yuzasidan aniq majburiyatlarga egadirlar. Chunki, umumta’lim maktabida barcha an’anaviy faoliyat turlari sanalgan “ta’lim-tarbiya” jarayonlari doimiy harakatda bo‘ladi. Ammo, byujetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyektni tashkil qilishda “diversifikatsion guruh” tuziladi. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ushbu guruhga boshchilik qiladi, shuningdek, mazkur tuzilmaning o‘quvchilarni OTM ga yo‘naltirishda qo‘shimcha tarzda tashkil qilingan o‘quv kurslariga jalb qilinadigan yetuk mutaxassislarning ish haqini to‘lab berishda mazkur faoliyatning o‘rni nuqtai nazaridan hamda o‘z navbatida maktab reytingining o‘sishida mazkur tuzilmaning sezilarli darajada ta’sirini inobatga olgan holda uning aniq mas’uliyati belgilab beriladi. Ushbu faoliyatga turli darajada mutaxassislikga va o‘z navbatida ma’lum bir soha bo‘yicha malakaga, ko‘nikmaga ega bo‘lgan xodimlar va mutaxassislar asosiy faoliyatdan ajralmagan holatda qo‘shimcha shaklda jalb etiladi. Diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan ushbu infratuzilmaviy subyektning faoliyati davomida (bir necha oydan bir necha yilgacha) ular guruh raxbari etib tayinlangan amaldagi o‘quv ishlari bo‘yicha director o‘rinbosariga itoat qiladilar, ular asosiy ish faoliyati doirasidan chetlashtirilmaydilar va qo‘shimch tarzda tashkil qilingan faoliyat yakunlangandan so‘ng ular faqat o‘z asosiy faoliyati bilan mashg‘ul bo‘ladilar12.
Umumta’lim maktablari ish yurituvida matritsali boshqaruv tuzilmasining qulayliklari rezerv,ya’ni yashirinib yotgan imkoniyatlarni ishga tushirishning, ularni harakatga keltirishga qodirlikning mavjudligi va shu asosida maktab raxbarlarining tashabbuskorligining, tadbirkorligining, shuningdek, ishbilarmonligi ning namoyon bo‘lishi uchun maqbul sharoit va jarayondir.
Umumta’lim maktablari ish yurituvida matritsali boshqaruv tuzilmasining eng nochor (kamchiligi) jihatlari uning bir tizim faoliyatiga ixtisoslashganligi (ya’ni faqat ta’lim berish) bois ham diversifikatsiyani maqbul tarzda o‘zlashtirolmaslik oqibatida uni yeterli darajada qabul qilolmasligidadir.
2. Byujetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyektni boshqarish tuzilmasi matritsa tuzilmasi kabi uning harakati davomiyligi ham ma’lum bir muddatni o‘z ichiga oladi (masalan, bir o‘quv yili), biroq, umumta’lim maktabining asosiy faoliyatidan tashqarida mavjud bo‘lgan holda u umumta’lim maktabining asosiy faoliyati doirasida emas, balki mustaqil tarzda ish yuritadi. Modomiki, bu tarzdagi ma’lum bir muddatni o‘z ichiga olgan faoliyat davomiyligi, diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyekt oldiga belgilangan strategik vazifani a’lo darajada ado etishi uchun barcha zarur talablarni ham qo‘yib qo‘yadi.
Eng asosiysi, diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyekt ichida ham kichik ko‘lamli ish yurituv mavjud bo‘lishiga qaramay, umumta’lim maktabining asosiy faoliyatini (o‘quvchilarni OTM ga tayyorlash faoliyati) moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik vazifaning aynan ichki tarkibida ham, ish yurituvida ham chiziqli yoki funktsional tuzilmalarning o‘zaro uyg‘unlashuv jarayoni yuzaga kelishi mumkin. Masalan, tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etiladigan bir umumta’lim maktabining diversifikatsion tarzda tashkil etiladigan infratuzilmaviy subyektni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi faoliyat yuritishi jihatidan chiziqli yoki funktsional bo‘lishi mumkin, chunki infratuzilmaviy subyektning faoliyat doirasi bir tuman hududida amalga oshiriladi va boshqaruvning ta’sir doirasi ham o‘z navbatida shunga yarasha ko‘lamni egallaydi.
Byujetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyekt tuzilmalarining umumta’lim maktabi tomonidan o‘ylab topilgan muayyan rivojlanish strategiyasi sifatida namoyon bo‘lish qiyofasini baholab ko‘raylik.
1. Umumta’lim maktablarining o‘sish chegarasini yoki yashash davomiyligini saqlab qolish strategiyasi, barcha sa’y-harakatlarni strategik jihatdan rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini, masalan, ta’lim segmentida, OTM ga qamrov masalasida qabul kvotasi doirasida o‘z ulushini saqlab qolish yoki oshirish uchun marketing faoliyatini, ta’lim sifatiga qaratilgan uslubiyatni takomillashtirishni yoki mavjud pedagog xodimlar malaka va ko‘nikmasini oshirish masalalarini va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Umumta’lim maktablarining chiziqli va funktsional boshqaruv tuzilmalari shu kabi mazkur talablarga mutlaqo monanddir.
2. Umumta’lim maktablarining kelejakga yo‘naltirilgan diversifikatsiya strategiyasi, maktabning nisbatan mustaqil tarzda tashkil etilgan tadbirkolik faoliyatini, ya’ni asosiy faoliyatdan tashqarida qo‘shimcha shaklda, ammo asosiy faoliyatni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat yurituvchi strategik subyektni o‘zida namoyon qiladi. Mazkur tuzilma odatda, dastavval, mavjud mulkiy manbalardan, resurslardan foydalangan holda umumta’lim maktablarida OTM ga o‘quvchilarni tayyorlash borasida iqtidorli yoshlarni shakllantirishga xizmat ko‘rsatuvchi subyekt sifatida o‘z faoliyatini olib boradi. Ushbu strategiyani tahlil qilish diversifikatsion subyektning boshqaruv tuzilmasi uni amalga oshirish uchun eng mos keladi degan xulosaga kelishga imkon beradi. Avvalo, umumta’lim maktabining yashash davomiyligini saqlab qolishga qaratilgan diversifikatsiya strategiyasiga o‘tish bu umumta’lim maktabining asosiy faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning maqsadli strategik dasturlaridan biridir. Bunda umumta’lim maktabining asosiy faoliyati bilan bog‘liq barcha tarkibiy qismlari birinchi sektor tarkibiga kiritiladi va bu bo‘linma “asosiy faoliyat sektori” nomini oladi va birinchi sektorni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi umumta’lim maktabining “diversifikatsion faoliyat sektori” nomi bilan ikkinchi strategik sektori yaratiladi. Umumta’lim maktabining bu tarzdagi strategik rivojlanish yo‘nalishi, asosan ta’lim muassasasi ichida kichik xo‘jalik yuritish subyektlarini yaratish negizida amalga oshiriladi.
3. Umumta’lim maktablarining kooperatsiyalashgan o‘sish strategiyasi o‘quvchilarni OTM kirish uchun tayyorlash jarayonlarini tashkil etuvchi shaxslar bilan ularni OTM ga yo‘naltirish, shuningdek, mazkur jarayonlar monitoringini yuritish bilan shug‘ullanadigan kichik bo‘linmalarni yaratish va ularning o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘zida namoyon etadi. Mazkur jarayonda yirik bir ta’lim muassasasi yetakchiligida kooperatsion ta’lim birlashmasi tashkil etilishi maqsadga muvifiqdek ko‘rinadi. Ushbu muvofiqlikda birlashmaning har bir umumta’lim maktabi o‘z mustaqilligini va o‘z boshqaruv tuzilmasini to‘laligicha saqlab qoladi, chunki kooperatsion aloqalar mutlaqo ixtiyoriylikga asoslanadi. Yuqorida zikr etilgan e’tiborli jihatlarga razm soladigan bo‘lsak, barcha taklif va tavsiyalar umumiy tarzda ko‘proq “ta’lim-tarbiya” jarayoni bilan shug‘ullanadigan ta’lim muassasalari faoliyati bilan uyg‘unlashadi. Mobodo, faqat ta’limga doir birinchi sektor faoliyati va unga xizmat qiluvchi ikkinchi sektor faoliyati ko‘plab turdagi diversifikatsiyaga ixtisoslashgan bo‘lsa, unda “diversifikatsiyani ro‘yobga chiqarish guruhlari” faoliyatidan keng foydalanish, uni ommalashtirish bilan bir vaqtda matritsali tuzilma doirasida faoliyatini yuritish tavsiya etiladi.
Faoliyat yuritish jihati umumta’lim maktablari tomonidan o‘zlashtirilgan OTM ga qamrov bo‘yicha kvota ulushini oshirishga ko‘maklashuvchi rivojlantirishga asoslangan strategiyalarning o‘ziga xos jihatlarini batafsil o‘rganib chiqish, umumta’lim maktablarining jadalli o‘sish strategiyalari, umumta’lim maktablarining o‘sish chegarasi yoki yashash davomiyligini saqlab qolish strategiyasi yoki ta’lim muassasalari faoliyatida maqsadli qisqartirish strategiyasi kabi rivojlanish strategiyalari bilan unga xos bo‘lgan boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari orasida bevosita uyg‘unlashuv mavjud emas degan muammoli fikrni vujudga keltiradi. Shungdek,yana,umumta’lim maktablarining jadalli o‘sish strategiyasini ular faoliyati boshqaruvida chiziqli va funktsional tuzilmalardan foydalanish orqali yoki umumta’lim maktablari boshqaruvining qo‘shimcha tarzda tashkil etilgan sektorlar faoliyati tuzilmasiga o‘tish orqali ham faoliyatini rivojlantirish jarayoniga qaratilgan alohida ijobiy xulosani berish mumkin. Mobodo, umumta’lim maktabi o‘z sa’y-harakatini bitta yaxshi o‘zlashtirilgan pedagogik texnologiyani rivojlantirishga, takomillashtirishga, shuningdek, uni qo‘llab –quvvatlovchi bitta qo‘shimcha faoliyat turiga qaratgan bo‘lsa va aynan ushbu juftlik orqali OTM ga qamrov hajmini oshirish haqida mulohaza qiladigan bo‘lsak, birinchi sektor, shuningdek, ikkinchi sektor xodimlari mahoratiga urg‘u berish lozim bo‘ladi. Mazkur holatda harakatdagi sektorlarga ham mumkin qadar umumta’lim maktablari boshqaruvining chiziqli va funktsional tuzilmalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Biroq, mazkur jarayonda umumta’lim maktablari faoliyatini butunlay qayta shakllantirish shart emas deb topiladi. Mobodo, umumta’lim maktablarini rivojlantirish strategiyalarida o‘quvchilarni OTM ga tayyorlashning boshqa yangi shakllari o‘ylab topilganda yoki yangi ta’lim segmentlarini o‘zlashtirish hisobiga OTM ga yo‘naltirilayotgan o‘quvchilarning fanlar kesimida OTM yo‘llash taqsimoti jarayoni shakllantirilganda har ikkisiga xos bo‘lgan bo‘linuvchi tuzilmadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. “Umumta’lim maktablarining o‘sish chegarasi yoki yashash davomiyligini saqlab qolish” strategiyasi harakatdagi foydalanilayotgan boshqaruv tuzilmalarini o‘zgartirmasdan amaliyotda ishga tushirilishi mumkin, zero, buning zamirida umumta’lim maktablarining yashash tarzini, uning davomiyligini uzaytirish masalasi yotadi. Faoliyati maktab raxbariyatining o‘zini ham qoniqtirmayotgan umumta’lim maktablarini maqsadli qisqartirish strategiyalari bu ko‘rilishi kerak bo‘lgan eng so‘ggi choralardan biri sanaladi. Mazkur holatlarda avvalo, umumta’lim maktabiga xos bo‘lgan aniq vaziyatning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilish, shuningdek, maktab direktori va uning o‘rinbosarlarini ushbu maqsadli qisqartirish strategiyasini qabul qilishga undagan sabab va oqibatlarni batafsil o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi.
Dastavval, umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan paydo bo‘lgan pirovard natijalarni amerikalik olim, menejer F.Kotler uslubiga binoan o‘rganilgan, o‘zlashtirilgan, shuningdek, o‘zini oqlagan strategiyalar tahlili bilan qiyoslash zarurdir, vaholanki, bu yerda ham muayyan umumta’lim maktablari faoliyatini yuqoriga ko‘taruvchi yoki aksincha ular faoliyatining pastga ketishiga sabab bo‘luvchi va o‘z navbatida ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar ham hisobga olinishi keak.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling