A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Umumta’lim maktablarining sa’y-harakatlarinistrategik boshqarish modeli
Download 0.87 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1
8.2. Umumta’lim maktablarining sa’y-harakatlarinistrategik boshqarish modeli
Umumta’lim maktablarining OTM ga qamrovini oshirish uchun qilinayotgan sa’y-harakatlarini strategik boshqarish g‘oyasining ishlab chiqilganligiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan holda, mazkur konseptsiyaviy g‘oyadan xorijiy maslahat guruhlari faoliyat yurituvchi subyektlarning xo‘jalik yurituviga amaliy maslahatlar berish maqsadida tavsiyalar yo‘nalishida uni dasturamal sifatida qo‘llab kelmoqdalar. Ushbu tizimning asosiy qoidalari umumta’lim maktablari strategiyasining asoslariga borib taqaladi va strategik boshqaruvning fundamental tushunchalari va tamoyillariga asoslanadi. Umumta’lim maktablarining OTM ga qamrovini oshirish uchun qilinayotgan sa’y-harakatlarini strategik boshqarishning paydo bo‘lishi strategik menejmentning uchta yo‘nalishini birlashtirish natijasi edi: 1. Salohiyat zanjirlarini tahlil qilish. 2. Strategik joylashishni aniqlash. 3. Qilinayotgan sa’y-harakatlar omillarini tahlil qilish va boshqarish. Salohiyat zanjiri deganda umumta’lim maktablari hamkorlari uchun dastlabki ta’limga oid resurs manbalaridan tortib to o‘quvchiga yetkazib beriladigan tayyor ta’lim materialigacha, shu jumladan ota-onalar va o‘quvchilarga ta’lim xizmatini ko‘rsatishgacha bo‘lgan umumta’lim maktabi uchun salohiyat yaratuvchi izchil tadbirlar majmuasi tushuniladi. E’tibor nafaqat umumta’lim maktabi ichida sodir bo‘layotgan jarayonlarga, balki kengroq ma’lum bir umumta’lim maktabi doirasidan tashqariga chiqadi. Strategik joylashishni aniqlash umumta’lim maktabining raqobatdosh ustunliklarni yaratish uchun strategik tanloviga qarab sa’y-harakatlarni boshqarish jarayonlariga ta’sir qiladi: kam sarflanadigan sa’y-harakatlarni saqlab qolish yoki ota-onalar va o‘quvchilarga raqobatchilardan ustun bo‘lgan turli xil ta’lim resurslarni taklif qilish. Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni keltirib chiqaruvchi omillar sa’y-harakatlarni strategik boshqarish doirasida mumtoz yondashuvga qaraganda kengroq ko‘rib chiqiladi. Ularning ro‘yxati ta’limga oid jarayonlarning ma’lum bosqichlari va faoliyat elementlariga mos keladigan sa’y-harakatlar tashuvchilari bilan chegaralangan emas. Bu omillar tuzilmaviy va funksionalga bo‘linadi va ancha yuqori umumiylikka ega. Masalan, eng muhim funksional omillardan biri pedagogik va texnik xodimlar kuchini jalb qilish omili bo‘lib, u xodimlarning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlari darajasidan iborat. Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni keltirib chiqaruvchi omillar umumta’lim maktabining strategik yo‘nalishiga ham bog‘liq bo‘lib, u o‘z sohasida yetakchi bo‘lish yoki yetakchiga ergashish kabi tanlovdan iborat. Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni boshqarishga an’anaviy yondashuv va sa’y-harakatlarni strategik boshqarish o‘rtasidagi farq maqsadlar, qilinayotgan sa’y-harakatlarni tahlil qilish usullari, sa’y-harakatlarning yo‘nalish tavsifi, strategik joylashishni aniqlashga urg‘u berish nuqtayi nazaridan sa’y-harakatlarni boshqarish jarayoniga nisbatan tubdan boshqacha dunyoqarashdadir. An’anaviy yondashuv doirasida raqobatdosh ustunliklarni saqlab qolish va qo‘lga kiritishning asosiy usuli sifatida har qanday yo‘l bilan sa’y-harakatlarni kamaytirish maqsad qilingan. Sa’y-harakatlarni strategik boshqarishdoirasida bu maqsad ham mavjud, ammo sa’y-harakatlarni boshqarish tizimini rejalashtirish umumta’lim maktabining asosiy strategik joylashuviga, ya’ni sa’y-harakatlar yetakchiligi yoki OTM ga qamrovni oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatni farqlashga qarab keskin o‘zgaradi. Shuning bilan birgalikda, kelajak yo‘nalishlarining har birining doirasida sa’y-harakatlarning yetarli darajada kamayishiga olib kelsa yoki umumta’lim maktabiga boshqa naf keltirsa, salohiyat zanjirining istalgan qismida sa’y-harakatlar ko‘lamini oshirishni mo‘ljallash zarur bo‘ladi. An’anaviy yondashuvda tabaqalashtirish, ya’ni farqlash bir birlik o‘quvchiga yoki o‘qituvchilar birligiga tegishli bo‘lgan sa’y-harakatlar miqdoridan iborat. Shunday qilib, asosiy e’tibor umumta’lim maktabining ichki holatiga qaratiladi. Mazkur holatda qo‘shilgan salohiyat (yoki salohiyat) tushunchasi asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu kontseptsiyaga ko‘ra, qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarga olib keladigan barcha faoliyatlar qo‘shimcha salohiyat keltiradigan (va shuning uchun ularning mavjudligi oqlanadi) va qo‘shimcha salohiyat keltirmaydiganlarga bo‘linadi. Ikkinchisi sa’y-harakatlarni kamaytirish nuqtayi nazaridan eng istiqbolli hisoblanadi. Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni strategik boshqarishda salohiyat umumta’lim maktabi va uning tarkibi hisoblangan umumiy salohiyat zanjirining turli bosqichlari nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Qo‘shilgan salohiyat tushunchasi juda tor va hatto xavfli hisoblanadi. Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarning xulq-atvorini tavsiflash nuqtayi nazaridan farqlar an’anaviy tizimda sa’y-harakatlar birinchi navbatda ta’lim funktsiyasi sifatida qaraladi. Va bu borada o‘zgaruvchan, doimiy va aralash sa’y-harakatlarning batafsil tahlili amalga oshiriladi. Ta’lim xizmati ko‘rsatish ko‘lami sa’y-harakatlarni shakllantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni nuqtayi nazaridan, sa’y-harakatlar birinchi navbatda, strategik tanlovlarga bog‘liq. Shu munosabat bilan, sa’y-harakatlar ancha umumiy tarkibiy va funktsional omillarning funktsiyasidir. Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni strategik boshqarishta’limga oid faoliyatdabarqaror raqobatdosh ustunlikni rivojlantirishning kam sarflangan sa’y-harakatlar (sa’y-harakatdagi yetakchilik) va OTM ga qamrovni oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlarni farqlash kabi ikkita usullaridan foydalanadi. Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlar bo‘yicha yetakchilik strategiyasining asosiy yo‘nalishi raqobatchilarga nisbatan kam miqdordagi sa’y-harakatga erishishdir. Sa’y-harakatlarni boshqarishga quyidagi yondashuvlar orqali erishish mumkin: - pedagogik innovatsiya evaziga erishilgan unumdorlik; - umumta’lim maktabining ta’lim oid omillari bilan sa’y-harakatlarning bir-biriga o‘zaro uyg‘unligini shakllantirish asosida sa’y-harakatlarni boshqarish yo‘nalishlarini yaratish; - OTM ga qamrovni oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar monitoringini muntazam o‘tkazib borish; - pedagogik innovatsiyani shakllantirish bo‘yicha tadqiqot va ishlanmalar, ota-onalar va o‘quvchilarga ta’lim xizmatini ko‘rsatish, ilg‘or pedagogik uslubiyatni ilgari surish kabi sohalarda sa’y-harakatlarni kamaytirish. Tabaqalashtirish, ya’ni farqlash strategiyasining bir qismi sifatida asosiy e’tibor iste’molchilar tomonidan noyob va shuning uchun jozibali element sifatida qabul qilinadigan mahsulotlarni yaratishga qaratilgan. Differentsial yondashuvlar brendga sodiqlikni o‘z ichiga oladi. Umumta’lim maktabining barqaror, taniqli brendiga ega bo‘lish farqlash strategiyasini amalga oshirish uchun zaruriy shartdir. Bunday strategik joylashishning odatiy misollari ko‘plab xorijiy faoliyat yurituvchi subyektlarda mavjuddir. Sa’y-harakatlarni strategik boshqarish doirasidagi strategik joylashuvni baholash uchun asosiy variantlarni, jumladan, umumta’lim maktabining strategik yo‘nalishini tahlil qilish muhimdir. 1. Sa’y-harakatlarning qisman kamayishi hisobiga ham OTM larga qamrov doirasidagi kvota ulushini kengaytirish. Ushbu yo‘nalish keng ko‘lamli darajada ta’limni subsidiyalashni o‘z ichiga oladi, shuning uchun umumta’lim maktabi tomonidan topilgan homiylik mablag‘lari ko‘pincha asosiy faoliyat sanalgan ta’lim va uni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi diversifikatsion faoliyatni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Ushbu strategik yo‘nalishga rioya qiladigan umumta’lim maktabining diversifikatsion faoliyati subsidiya tarzida yo‘naltirilgan mablag‘larning sof iste’molchisi hisoblanadi. 2. Yutib olingan kvota ulushini va shunga mos ravishda umumta’lim maktabining raqobatchilarga nisbatan mavqeini saqlab qolish. Ushbu strategik e’tibor odatda tez o‘zgaruvchan ta’lim segmentidagi umumta’lim maktablari, masalan, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari (IDUM) tomonidan amalga oshiriladi. 3. OTM larga qamrov doirasidagi kvota ulushini kamaytirish orqali ham na’munali umumta’lim maktabi maqomini olish. Ushbu strategik yo‘nalish odatda, sekin rivojlanayotgan ta’lim segmentlarida katta OTM larga qamrov doirasidagi kvota ulushiga ega bo‘lgan umumta’lim maktablari tomonidan tanlanadi. Strategik yo‘nalishni tanlash umumta’lim maktabining sa’y-harakatlarlarini rejalashtirish va subsidiyalash masalalariga munosabatini oldindan belgilaydi. Quyida turli strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishdagi asosiy farqlar keltirilgan. Raqobat ustunligiga erishish uchun strategik e’tiborni (yutuqlarni kengaytirish, qo‘llab-quvvatlash va undan foydalanish) strategik joylashuvdan ajratgan holatda, alohida ko‘rib chiqish mumkin emas. Masalan, sa’y-harakatlar bo‘yicha yetakchilikni tanlagan holda, umumta’lim maktabi amaliy o‘sish strategiyasiga tayanadi, chunki ular OTM larga qamrov doirasidagi kvota portfelini doimiy ravishda to‘ldirib boradi va uni muntazam yangilashda hamisha ildamdir. Sa’y-harakatlarni strategik boshqarishmafkurasi, aslida, sa’y-harakatlarni nazorat qilish va subsidiyalash tizimini yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni hozirlaydi va shuning bilan birgalikda boshqaruv jarayonining umumiy tuzilishi va tafsiloti darajasiga turli talablarni qo‘yadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling