A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Umumiy o‘rta ta’lim maktabining ichki muhitini tahlil qilish


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

2.2. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining ichki muhitini tahlil qilish
Faoliyat yurituvchi subyektning u ishlab chiqarish korxonasi bo‘ladimi
xizmat ko‘rsatish subyekti bo‘ladimi yoki umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘ladimi
qat’iy nazar yaqin atrof-muhit omillari sanalgan bilvosita muhitini yoki ichki
muhitni tahlil qilish juda ahamiyat kasb etadi. Ichki muhit tahlili esa o‘z navbatida,
umumiy o‘rta ta’lim maktabiga moddiy jihatidan, shuningdek, iqtidorli, ustamon
mehnat resurslari salohiyatini,ularning salmog‘ini hamda ularda qanday kuch
qudrat (imkoniyatlar) mavjudligini va mazkur kuch qudrat (imkoniyatlar) lardan
qanchalik to‘g‘ri foydalanayotganlik jihatlarini, uning xo‘jalik yuritish faoliyati
samaradorligini qaysi usullar bilan yuksaltirish mumkinligini tahliliy asosda
belgilab olishni bildiradi. Ushbu tahlil natijalari tashqi muhit tahlili natijalari bilan
birgalikda umumiy o‘rta ta’lim maktabining rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqish uchun asos bo‘ladi.
Eng keng tarqalgan ichki muhitini tahlili mashhur amerikalik olim M.
Porterning usuli bo‘lib, u o‘zining “Raqobat afzalliklari” kitobida uning mohiyatini
batafsil bayon qilib o‘tgan.


40
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida OTM larga yo‘naltirish maqsadida
iqtidorli o‘quvchilarni shakllantirish jarayoni bir necha ketma-ket bosqichlarni o‘z
ichiga oladi:
a) pedagog xodimlar va har xil resurslar bo‘yicha moddiy-texnik ta’minot;
b) iqtidorli o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish maqsadida tayyorlashning
bevosita jarayoni;
v) iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlash va OTM larga yo‘naltirish;
g) marketing faoliyati, shu jumladan OTM larni tanlash jarayoni;
d) OTM larga yo‘naltirishdan keyingi qamrov bo‘yicha tahliliy monitoring
o‘tkazish jarayoni.
Sanab o‘tilgan faoliyat yo‘nalishlarining ahamiyati va shuning uchun
ustuvor yo‘nalishlari ta’lim segmentining o‘ziga xos xususiyatlariga va umumiy
o‘rta ta’lim maktabining alohida o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.
Bu borada shuni ta’kidlash joizki, har qanday faoliyat yuritish subyektida,
shu jumladan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham u yoki bu sohalarning
barchasi mujassam, shuning uchun ham faoliyat yurituvchi subyektlarning
yuqorida ta’kidlanganidek, turlari sanalgan u ishlab chiqarish korxonasi bo‘ladimi
xizmat ko‘rsatish subyekti bo‘ladimi yoki ta’lim muassasasi bo‘ladimi, ularning
tahliliy tadqiqot obyektlari quyidagilardir: boshqaruvning tashkiliy strukturasi,
tashkilotning inson resurslari, tashkilotning texnologik salohiyati. Ushbu
komponentlar alohida yoki har tomonlama tahlil qilinishi mumkin.
1.
Har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabining ta’lim segmenti bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyatini, shuningdek, moddiy va mehnat resurslaridan
foydalanish samaradorligini tahlil qilish, o‘z navbatida, har bir aniq faoliyat
yurituvchi subyektining u ishlab chiqarish korxonasi bo‘ladimi xizmat ko‘rsatish
subyekti bo‘ladimi yoki ta’lim muassasasi bo‘ladimi o‘ziga xos jihatlariga qarab,
asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilinishi shart, ushbu ko‘rsatkichlar
quyidagilardir:


41
-
faoliyat ko‘lami to‘g‘risida ma’lumot beruvchi jismoniy va qiymat
jihatidan tayyorlangan o‘quvchilar salmog‘i;
-
OTM larga yo‘naltirilgan o‘quvchilarning salmoq jihatidan va qiymat
jihatidan ko‘lami. Bu xo‘jalik yurituvchi subyekt u ishlab chiqarish korxonasi
bo‘ladimi xizmat ko‘rsatish subyekti bo‘ladimi yoki ta’lim muassasasi bo‘ladimi
ularninh faoliyat turiga qarab faoliyat segmentlarida (iste’mol bozorida, mehnat
bozorida va h.k) xaridorgir, ya’ni talabga javob berishi va shunga mutanosib
ravishda xo‘jalik yurituvchi subyektning rentabellik darajasining qanchalik yuqori
ekanligi haqida pirovard fikrga kelishga zamin yaratadi, darhaqiqat, mahsulotni
(shu jumladan, o‘quvchilarni) yuqorida ta’kidlanganidek u ishlab chiqarish
korxonasi bo‘ladimi xizmat ko‘rsatish subyekti bo‘ladimi yoki ta’lim muassasasi
bo‘ladimi o‘zining faoliyat xususiyatiga qarab o‘zining mahsulotini (shu jumladan,
o‘quvchilarni tayyorlash nuqtayi nazaridan) ishlab chiqarish emas, balki uning
pirovard istemolchisini topish (OTM larga yo‘naltirish) hammasidan ham
muhimroqdir;
-
ishlab chiqarish korxonasi bo‘ladimi xizmat ko‘rsatish subyekti
bo‘ladimi yoki ta’lim muassasasi bo‘ladimi o‘zining faoliyat xususiyatiga qarab
mahsulotini yaratish va pirovard iste’molchiga yetkazish bilan bog‘liq sa’y-harakat
(xarajat) lar, soliq to‘laguncha bo‘lgan foyda va oxirgi sof foydaning (umumiy
o‘rta ta’lim maktablari uchun asosan nufuz, reyting) o‘sishi yoki kamayishi bilan
bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu ko‘rsatkichlarni hisobga olish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
ko‘lami va samaradorligini baholashni shakllantirish imkonini beradi;
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatining barcha jihatlari bo‘yicha
amalga oshiriladigan faoliyat dasturini tahlil qilish, ular quyidagilardir:
- faoliyatning tuzilishini tahlil qilish;
- faoliyat turlari bo‘yicha sa’y-harakatlar tahlili;
- faoliyat turlari bo‘yicha samaradorlikni tahlil qilish.


42
Tahlilning ushbu bosqichida umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘lga
kiritadigan asosiy yutuqlarini ta’minlaydigan diversifikatsion faoliyatining eng
samarali yo‘nalishi aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, e’tiborni kuchaytirishga
loyiq bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va bo‘shatilgan resurslardan voz kechish va
istiqbolli yo‘nalishlarda foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat sohalari belgilanadi.
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining mulkiy majmuasi bilan bog‘liq bo‘lgan
jihatlarini tahlil qilish quyidagi turlardan iborat:
1) Umumiy o‘rta ta’lim maktabining asosiy vositalari (fond) ni tahlil qilish,
xususan:
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining asosiy vosita (fond) larining ko‘lami
(hajmi) va tarkibiy xususiyatlari;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining asosiy vosita (fond) laridan foydalanish
samaradorligi;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining asosiy fond (vosita) larini yaroqsiz
holatga kelganligi sababli ro‘yxatdan chiqarish va ularni almashtirishning
(yangilashning) o‘zgarish ko‘rsatkichi;
4. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining asosiy vositalari (fond) laridan
foydalanish samaradorligini baholash bilan bog‘liq moddiy resurslarni tahlil qilish
orqali quyidagilarning holati o‘rganiladi:
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining ta’limga oid resurslar bilan ta’minlanish
holati;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining ta’limga oid resurslarining aylanish
dinamikasi;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining iqtidorli o‘quvchilarni shakllantirish
birligiga qilinayotgan sa’y-harakatlarning solishtirma sarfi;
5. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining mehnat resurslarini tahlil qilish
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- pedagog va texnik xodimlarning yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlari
bo‘yicha xususiyatlari;


43
- pedagog va texnik xodimlarning malakasi;
- pedagog va texnik xodimlar almashinuvi.
6. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining moliyaviy jihatlarining tahlili. Mazkur
jarayon har chorakda yoki kalendar yil bo‘yicha tahlil qilinishi maqsadga
muvofiqdir. Odatda, mazkur jarayon xususiy umumta’lim maktablari faoliyatlariga
xos sanaladi. Ularning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining to‘lovga qodirligi va to‘lov imkoniyati
(qobiliyati) ni batafsil o‘rganib chiqish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining moliyaviy barqarorligini batafsil o‘rganib
chiqish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha diversifikatsiyaga asoslangan
faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish va strategiya belgilash;
- moliyaviy faoliyat natijalarini tahlil qilish va keyingi rivojlanish
istiqbollarini baholash.
Ushbu jarayonni rasmiylashtirishga urinishlar turli tashkilotlarning faoliyati
uchun turli xil sharoitlarda yuzaga keladigan ko‘plab muammolarga duch keladi.
Tahlilning sifati ko‘p jihatdan tahlilchining shaxsiyati, uning bilimi, tajribasi va
oddiy sezgisiga bog‘liqdir.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling