A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Kuch
1
2
3
4
Voqea ehtimoli
3.1-rasm. Tashkilot qobiliyatlari tasnifi
1.
Xulosaga asos bo‘layotgan omillar - o‘zi tasavvur etolmaydigan
imkoniyatlar
yoki
xavf-xatar
negizidagi
tahdidlar
ilmiy
asoslangan
bashoratlarining o‘zaro kesishmasida - bu omilning kuch, qudratii va uning paydo


51
bo‘lish ehtimoli raqamlarda o‘z aksini topadi. Natijada, har bir omil to‘rtta to‘g‘ri
burchakdan biriga tushadi (3.1-rasm).
Barcha o‘rganilgan xususiyatlarni berilgan tizimda joylashtirish bo‘yicha
koordinatalar shuni ko‘rsatadiki, bular ichida e’tiborni o‘ziga tortadigani ikkinchi
to‘rtburchakga tushgan o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlardir, chunki bu kabi
hodisa va voqealarning yuzaga kelishi umumiy o‘rta ta’lim maktabining holatini
ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Shu munosabat bilan maktab faoliyatining
o‘zi tasavvur etolmaydigan bu kabi imkoniyatning paydo bo‘lishiga qaratilgan
sa’y-harakatlar hamisha ham ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim.
Bu tahlilda ikkinchi qatordagi to‘rtburchakdan o‘rin olgan omillar eng
ahamiyatlilari hisoblanadi. Mazkur omillarning paydo bo‘lishi va kutilish ehtimoli
past darajada bo‘ladi, ammo lekin ular yuzaga kelgan taqdirda umumiy o‘rta ta’lim
maktabining faoliyat yuritish holatiga ta’siri birmuncha yuqoridir. Shu bois, ushbu
o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlardan foydalanish strategiyasini batafsil
o‘rganish, yo‘l xaritalarini tuzish va belgilangan chora-tadbirlarning amalga
oshirishi yuzasidan doimiy monitoring yuritilishi lozim. Bu kabi o‘zi tasavvur
etolmaydigan imkoniyatlar hayotiy haqiqatga aylangach, yo‘l xaritalari va chora-
tadbirlar dasturlari ishlab chiqilganligida, shuningdek, ularning ijrosi bo‘yicha
mas’uliyat, manfaatdorlik hissi yuzaga keladi.
Ana shunday tarzda, to‘rtinchi-to‘rtburchakda joylashgan omillariga ishlov
berish lozim bo‘ladi, chunki ular unchalik katta kuch-qudratga ega emas, shuning
uchun ham ular tajovuzkor, ularning alam bilan hujum qilish ehtimoli hozircha har
doim mavjud va umumiy o‘rta ta’lim maktabiga yuqori darajada (ishlab chiqarish,
xizmat ko‘rsatish subyekti uchun foyda keltirish) nufuz, obro‘, mavqe uchun
barcha variantlarni batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) imkoni mavjud.
Uchinchi to‘rtburchakdan o‘rin olgan omillarni o‘rganadigan bo‘lsak, ular
imkoniy kuch va qudratni va zahiraviy resurslarni istiqbolli hududlardagi
yo‘nalishidan adashtirmaslik uchun odatda e’tiborga olinmaydi.


52
Xavf-xatar negizidagi tahdidlarni sinflarga bo‘lishda, shuningdek,
subyektning o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlarni o‘rganib chiqish (tahlil
qilish) jarayonida ikkinchi to‘rtburchakdagi omillarga biroz e’tiborliroq bo‘lish
talab etiladi.
Mazkur to‘rtburchakda ko‘rinadigan xavf-xatar negizidagi tahdidlar
vositasida katta kuch-qudrat bilan va kurash yo‘sinidagi hujum ehtimoli mavjud,
ya’ni ular umumiy o‘rta ta’lim maktabiga raqobat yo‘nalishi bo‘yicha qattiq pand
berishi va unga iqtisodiy, eng asosiysi katta ijtimoiy zarar keltirishi mumkin. Bu
xavf-xatar negizidagi tahdidlar paydo bo‘lganda biroz sergaklanish, aniqroq
aytganda mazkur vaziyatga nisbatan ahamiyatliroq bo‘lish lozim degan fikr paydo
bo‘ladi.
Birinchi to‘rtburchakdagi xavf-xatar negizidagi tahdidlarning ko‘lami sayoz,
lekin ular juda qudratli, shu sabali ham mazkur xavf-xatar negizidagi tahdid
bo‘yicha mavjud bo‘lgan hamma ma’lumotlarni batafsil o‘rganib chiqish (tahlil
qilish), ularga nisbatan yo‘l xaritalarini ishlab chiqish va monitoring yuritish orqali
muntazam o‘zgarisglarni, siljishlarni kuzatib borish kerak bo‘ladiki, agar xavf-
xatar negizidagi tahdidlar o‘z kuchini ko‘rsatishni boshlagan bo‘lsa, bunday
holatda ham darrov unga nisbatan izchil chora-tadbirlarni ko‘rishga zarurat paydo
bo‘ladi.
Biroq, to‘rtinchi to‘rtburchakdagi xavf-xatar negizidagi tahdidlarga ham
e’tiborsiz bo‘lmaslik kerak, chunki ular nimjonroq, shuning uchun ham alamzada,
har daqiqada raqobatchi sifatida hujum qilish ehtimoli mavjud. Demak, bu kabi
xavf-xatar negizidagi tahdidlarga har tomonlama nisbatan izchil chora-tadbirlarni
ishlab chiqish, xushyor bo‘lish, agar ular haqiqatda tajovuzkor bo‘lsa, oldindan
yaratib qo‘yilgan zahiraviy strategik dasturni darhol ishga tushirish zarurati
vujudga keladi.
Uchinchi to‘rtburchakdagi xavf-xatar negizidagi tahdidlari qudrat borasida
unchalik kuchga ega emas va har daqiqada raqobatchi sifatida hujum qilish
ehtimoli kuzatilmaydi. Bu degani albatta ularni butunlay e’tiborsiz qoldirish degan


53
ma’noni bermaydi. Odatda, ularga oldingi uchta guruhga nisbatan bu omilning
qarshi hujum qilish ehtimoli kuzatilmaganligi uchunmi mazkur omil nisbatan
ancha kam e’tibor talab etadi.
Ketma-ketlikda ikkinchisi umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy va
mehnat resurslari salohiyati bilan belgilanadigan kuchli (qudratli) va zaif (kuchsiz)
jihatlarini baholash. Batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) ning mazkur bo‘limi ko‘p
jihatdan oldinggi boblarda o‘rganilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘ziga
qarashli bo‘lgan ichki muhitini batafsil o‘rganib chiqishga (tahlil) biroz o‘xshab
ketadi. Mazkur bandda oldinggi boblarda o‘rganilgan fikrlarni yana bir bora
takrorlab chiqamiz, biz umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatining qudratli (kuchli)
va zaif (kuchsiz) jihatlarini o‘rganishning muhimroq ahamiyat kasb etgan ikki
bosqichini o‘rganib chiqamiz:
Birinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘zining moliyaviy, mehnat va
h.k resurs salohiyatini baholashninh tarkibiy qismlari avvalombor, boshqaruv
tuzilmasini, umumiy o‘rta ta’lim maktabining inson resurslari va texnika va
texnologik jihatdan salohiyati kabi o‘ziga qarashli bo‘lgan ichki muhitning tarkibiy
jihatlarini o‘rganishni, tahlil qilishni va baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. Qayd
etilganlarning har biri muvaffaqiyatli jihati bilan ham qudratli (kuchli) va zaif
(kuchsiz) jihatlari bilan ham strategik tanlov o‘tkazishda ijobiy yoki salbiy
tasniflashga kiritiladi
Ikkinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabining moliyaviy, mehnat va h.k
resurs salohiyatini tezkor baholashni aniqlash, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim
maktabida tezkor ish jarayoni qanchalik darajada yo‘lga qo‘yilgan, asosan,
iqtidorli o‘quvchilar yoki ta’lim xizmatlarini va ularni OTM gacha yo‘naltirish
(ta’lim muassasasida iste’molchi sifatida avvalombor ota-onalar va o‘quvchilar
tushuniladi) bo‘yicha jarayonni o‘z tarkibiga qamrab oladi. Mazkur batafsil
o‘rganib chiqish (tahlil) umumiy o‘rta ta’lim maktabi tezkor faoliyatining
majmuaviy tarkibiy qismlarini, ya’ni ta’limga oid, shuningdek, har xil resurslar
ta’minotini, fanlarga oid materiallar ta’minotini,diversifikatsion faoliyat bo‘yicha


54
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va boshqarish jarayonini, shuningdek, talab
va taklif negizidagi marketing faoliyati samaradorligini va boshqalarni o‘rganishni
ham e’tibordan chetda qoldirmaydi.
Batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) natijasi aslida umumiy o‘rta ta’lim
maktabini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish manbai bo‘lib xizmat qilishi
kerak. 3.2-rasmda ko‘rsatilgan korrelyatsion (o‘zaro bog‘lovchi) SWOT tahlil
matritsasi aynan shu maqsadda yaratilgan.
Birinchi to‘rtburchakdagi ma’lumotlar kitobxonlarda eng katta qiziqish
uyg‘otadi, chunki unda umumiy o‘rta ta’lim maktabining rivojlanishi uchun
o‘zidan tashqarida harakatda bo‘lgan tashqi muhitda topilgan, ammo o‘zi tasavvur
etolmaydigan imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Shu bilan birga,
umumiy o‘rta ta’lim maktabi mazkur o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlardan
samarali va unumli foydalanish uchun yetarlicha ichki kuch-qudratga ega bo‘lishi
lozim. Aynan shuning uchun ham umumiy o‘rta ta’lim maktabi bu yo‘nalishda
intensiv, jadalli o‘sishni mo‘ljallashi kerak.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling