A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


-rasm. Umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

6.1-rasm. Umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi
Odatdagiday umumta’lim maktabining mazkur turdagi boshqaruv tuzilmasi
ham o‘zining kamchilik va o‘ziga yarasha yutuqlaridan holi emas.
Umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasining yutuqlari
quyidagicha ifodalash mumkin:
- umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi odatda, juda sodda
ko‘rinishda tuzilgan, chunki maktabning har bir pedagog xodimi bajarayotgan
vazifalari va kompetentsiyaviy burchlari nuqtai nazaridan qaysi vazifa jihatidan
qaysi toifadagi o‘rinbosarga qarashliligini va bu borada nima qilishi lozimligini
oldindan biladi. Mazkur jarayonning qiziqarli jihati shundaki, har bir o‘rinbosar
ham direktordan qanday buyruq olishini va yuklatilgan topshiriqlarni amalga
oshirish uchun qanday manbalarga ega ekanligi ham oldindan ularga ayon bo‘ladi.
Albatta umumta’lim maktablari faoliyati ham endi shakllangan jarayon emas, shu
bois, uning boshqaruv tuzilmalarining harakat samaradorligi ham o‘z navbatida
bosib o‘tilgan yo‘l asosidagi to‘plangan amaliyot bilan uyg‘unlashadi;
Direktor
O‘quv ishlari
bo‘yicha o‘rinbosar
Tarbiyaviy ishlar
bo‘yicha o‘rinbosar
Pedagog xodimlar
Pedagog xodimlar
O‘quvchilar
O‘quvchilar
O‘quvchilar


107
- umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi negizidagi
boshqaruvning hamma bo‘g‘inlarida vazifalar va kompetentsiyaviy burchlar,
yuklatilgan majburiyatlar asosida menejment funktsiyasi sanalgan nazoratga urg‘u
berish birdan bir dastlabki yutuqdir. Umumta’lim maktablarining boshqaruv
tuzilmasi o‘zining soddaligi evaziga juda ravshan tarzda ishlaydi, ya’ni pedagog
xodim maktab direktori tomonidan yoki xalq ta’limi yuqori bo‘g‘ini tomonidan
yuklatilgan topshiriqni tegishli o‘rinbosardan oladi va albatta mazkur vazifa ijrosi
o‘z navbatida o‘zidan yuqorida turgan vertikal tuzilmalar tomonidan nazoratga
olinadi. Bajarilganligi haqidagi monitoring hisobot tarzda amalga oshiriladi.
Umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi yutuqlari bilan bir
qatorda kamchiliklardan ham holi emas. Ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz.
- boshqaruv qarorlarini ro‘yobga chiqarish jarayoni vaqt resurslari jihatidan
biroz ko‘proq vaqtni oladi, buning sababi shundaki, masalan, tuman xalq ta’limi
bo‘limi tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlarini tezkor amalga oshishida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq ta’limi boshlig‘ining o‘zi bevosita ishtirok etmaydi, shu bois
ham aynan umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi boshqaruv
ta’siri negizida bo‘lmaydi, undan tashqarida bo‘ladi, qabul qilingan boshqaruv
qarorining ijrosi uni qabul qilishda ishtirok etmagan boshqa shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi. Mazkur jarayonda xalq ta’lim bo‘limi boshlig‘i umumta’lim
maktablari direktorlariga, direktorlar esa o‘z navbatida o‘zining o‘rinbosarlariga,
o‘rinbosarlar esa pedagog xodimlarga boshqaruv qarorlarining ijrosi bo‘yicha
tegishli boshqaruv zanjiri bo‘ylab vazifalarni belgilab beradi. Pirovardida, qaror
matni ijrochiga boshqaruv zanjiri bo‘ylab ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng ya’ni
kechikish bilan yetib boradi.
- umumta’lim maktablarida har xil masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarning tor
ixtisoslashuvi, ya’ni ular faoliyati majburiyati nuqtai nazaridan (faqt o‘quv
jarayonini tashkil etish yoki ma’naviy-marifiy ishlarni tashkil qilish) tor doiradagi
faqat o‘zining funktsiyalarini bajarishga qaratilganligi bois, umumta’lim
maktabining kompleks masalalariga oid muammolar tugunini yechishda ba’zan


108
ojizlik qilib qoladi. Oqibatda, direktor o‘rinbosarlarining har biri faqatgina o‘ziga
tegishli bo‘lgan masalalarnigina mukammal egallagan bo‘lib chiqadi, ammo
direktor o‘rinbosari sifatida o‘ziga aloqasi bo‘lmagan, direktor mas’uliyatidagi
boshqa yuqorida zikr etilgan kompleks masalalarga yondashuvi samarali bo‘lib
chiqmaydi.
Umumta’lim maktablarining funktsional boshqaruv tuzilmasi ham chiziqli
boshqaruv tuzilmasi kabi unga o‘xshash tarkibiy jihatlarga ega bo‘lishiga
qaramasdan, ular orasidagi vertikal va gorizontal aloqalar va munosabatlar tizimi
bir biridan tubdan farq qiladi. Masalan, maktab direktori, o‘quv va tarbiyaviy
ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarga ega, vaholanki, mana shu o‘rinbosarlarning har biri
umumta’lim maktabidagi barcha pedagog xodimlar uchun raxbar hisoblanadi. Shu
bilan birga, ularning vakolatlari bevosita - mos ravishda oddiy so‘z bilan
ifodalaganda “ta’lim-tarbiya” faoliyat sohasi bilan uyg‘unlashtirilgan, aynan ular
shu faoliyat bo‘yicha buyruq, ko‘rsatma berishlari va ularning bajarilishini nazorat
qilishlari mumkin. Pirovardida, tashkiliy tuzilmada pastki bo‘g‘inda joylashgan
pedagogik xodimlar va o‘quvchilar jamoasi bir vaqtning o‘zida bir nechta buyruq
va ko‘rsatma beruvchi raxbarlarga ega bo‘lib chiqadi, ularga bevosita bo‘ysunadi,
ammo aslida o‘rinbosarlarning har biri bitta masala bo‘yicha, ya’ni o‘quv ishlari
bo‘yicha yoki tarbiyaviy ishlar bo‘yicha boshqaruv vakolatiga ega bo‘ladi.
Umumta’lim maktabining funktsional boshqaruv tuzilmasining yutuqlari
quyidagicha ifodalash mumkin:
-
maktab ma’muriyati xodimlariga aynan “ta’lim va tarbiya”
jarayonining har bir jihati, elementi bo‘yicha bo‘linganligi bois, undagi
boshqaruvning yuqori ish samaradorligi va pirovardida har bir o‘rinbosarda yuqori
darajadagi malaka va ko‘nikmaning shakllanganligi;
-
umumta’lim maktabida butun “ta’lim-tarbiyaviy” jarayonga oid
masalalardan iborat bo‘lganligi sababli ham bir nechta o‘rinbosarlar tomonidan


109
amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiyaga oid sa’y-harakatlar og‘ishini qisqa vaqt
ichida monitoring qilishning mukinligi va imkoniyatining mavjudligi.
Umumta’lim maktabining funktsional boshqaruv tuzilmasi ham yutuqlari
bilan bir qatorda kamchiliklardan ham holi emas. Ularning ba’zilarini ko‘rib
chiqamiz.
-
ikkinchi darajali diversifikatsion rivojlanish strategiyalariga oid
faoliyat turlarini amalga oshirishda ularni asosiy faoliyatdan ajratilgan holda
bajarishning murakkabligi;
- umumta’lim maktabi direktori, uning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha
o‘rinbosarlari funksional jihatdan aniq ish yo‘nalishiga ega bo‘lganligi
bois,yuqorida zikr etilgan maktabni rivojlantirishga qaratilgan strategic
yo‘nalishlarni amalga oshirishda biroz oqsab qoladi. Bu kabi tashabbuskolikga
asoslangan yetishmovchiliklar, chiziqli boshqaruv tuzilmasidagiday, maktab
direktori o‘rinbosarlarining faqatgina o‘zining asosiy funksiyasini bajarishi bilan
izohlanadi.
Rivojlangan mamlakatlar, masalan, Finlandiya ta’lim muassasalarida
chiziqli va funktsional tuzilmalarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosidagi, ya’ni
chiziqli-funktsional yoki aksincha funktsional-chiziqli boshqaruv tuzilmalarini
aralashtirish tajribasi amaliyotga joriy qilinmoqda. Masalan, umumta’lim
maktabining boshqaruv darajasida funktsional-chiziqli boshqaruv tuzilmasi
yaratilganligi deganda direktor o‘rinbosarlarining har biri faqat o‘ziga tegishli
bo‘lgan funktsiya bo‘yicha maktab direktoriga bo‘ysunishi, hisobot berishi yoki
pedagog xodimlarga topshiriq bera olishi, o‘z navbatida pedagog xodimlarning
ham o‘rinbosarga bo‘ysunishi kabilar tushuniladi. Bu tarzdagi aralash boshqaruv
tuzilmasi faoliyatida funktsional tuzilma allaqachon shakllangan, endigi vazifa
demak, maktab direktorining o‘rinbosarlarining har biri o‘z faoliyat yo‘nalishi
yuzasidan barcha pedagog xodimlarga vertikal chiziq bo‘yicha raxbar
hisoblanishidir. Odatda, umumta’lim maktablarini rivojlantirish maqsadida


110
diversifikatsion strategiyalar ham shakllanmoqdaki, mazkur jarayonda ushbu
diversifikatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun ta’lim muassasasi
boshqaruvi darajasida ham funktsional boshqaruv va ham qo‘shimcha
bo‘ysunuvchi tarkibiy bo‘linmalar shaklidagi chiziqli tuzilmalar faoliyat yuritadi.
Qanday bo‘lmasin, ma’lum bir boshqaruv tuzilmasini tanlash to‘g‘risida qaror
qabul qilish uchun asos ta’lim muassasasining faoliyati uchun o‘ziga xos omillar
va shartlarni keltirib chiqaraveradi.
Diversifikatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan
bo‘linmaning boshqaruv tuzilmasi ham chiziqli, ham funktsionaldan tubdan farq
qiladi, bu ta’lim muassasasining rivojlanish strategiyalarini ro‘yobga chiqarish
uchun muataqil infratuzilmzviy bo‘linmalarga ega bo‘lishini o‘z ichiga oladi.
Diversifikatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan bo‘linma
asosiy ta’lim berish faoliyatini jonlantirishga xizmat qiladigan uni moliyaviy
jihatdan
qo‘llab-quvvatlaydigan
ixtisoslashgan
subyekt
hisoblanadi.
Diversifikatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan bo‘linmani
maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari boshqaradi. Maktab
direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z ixtiyoridagi to‘liq boshqaruv
jarayonlariga, ya’ni dastlabki test asosidagi tashxis natijalariga, iqtidorli
o‘quvchilarni saralab olish jarayoniga, OTM ga yo‘naltirish kabi jarayonlarga
boshchilik qiladi. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z
vakolatlari doirasida mustaqil ravishda, maktab direktori tasdiqlamay turib ham,
qanday tarzda ta’lim-tarbiya jarayonini yuritish, qayerda va kimdan ta’limga oid
resurslarni olish, o‘z o‘quvchilarini qaysi OTM larga yo‘naltirish va hokazo kabi
masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin. Umumta’lim faoliyatiga doir
boshqa ba’zi yordamchi xo‘jalik xodimlari (qarovullar, farroshlar, bog‘bonlar)
kabilar bevosita maktab direktorining o‘ziga itoat qiladi. Maktab direktori
umumta’lim maktabining majmuaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish,
amalga oshirish, shuningdek, umumta’lim maktabiga tegishli strategik jihatdan


111
dolzarb hamda birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan majmuaviy muammolar tugunini
yechish majburiyatini o‘z zimmasida qoldiradi.
Umumta’lim maktabining o‘z–o‘zini moliyalashga, asosiy faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi infratuzilmaviy diversifikatsion strategik
bo‘linmani boshqarish tuzilmasi 6.2-rasmda o‘z aksini topgan.
Umumta’lim maktabi ish yurituvini tartibga soluvchi boshqa har qanday
tashkiliy boshqaruv tuzilmasi kabi, asosiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat
qiluvchi infratuzilmaviy diversifikatsion strategik bo‘linma tuzilmasi ham o‘zining
qudratli (kuchli) va nochor (zaif) tomonlaridan holi emas.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling