A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Asosiy xulosalar
1. Har bir pedagog va texnik xodimlar negizida umumta’lim maktabi inson
resurslarining barchalarini, shu jumladan, doimiy va vaqtinchalik faoliyat
yuritadiganlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik kadrlar ularning asosiy
qismini tashkil qiladi, ammo, soatbaylar, shuningdek, tashqi o‘rindoshlar bundan
istisnodir.
2. Umumta’lim maktabining har bir pedagog va texnik xodimlarini
tasniflashda eng keng tarqalgan yondashuv barcha inson resurslarini uchta asosiy
guruhga bo‘lishdir, ya’ni, ualr faoliyatida raxbarlar, pedagog xodimlar va texnik
xodimlar ishtirok etadi.
3. Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlarini strategik
boshqarishning asosiy maqsadi, umumta’lim maktabining muvaffaqiyatli faoliyat
yuritishini ta’minlash va uni diversifikatsion tarzda rivojlantirishning strategik
ko‘lamiga qarab borish va umumta’lim maktabining barcha inson resurslarining
mehnat salohiyatini safarbar qilish va oqilona foydalanish orqali strategik
vazifalarni bekamu-ko‘st amalga oshirishdir.
4. Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlarni strategik
boshqarish jarayoni mazmun jihatidan quyidagi muammolarni hal qilishni o‘z
ichiga oladi: umumta’lim maktabining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini bashoratlash va


147
kadrlar ishini rejalashtirish; kadrlarni jalb qilish, tanlash va ishga joylashtirish
mexanizmini shakllantirish; diversifikatsion soha bo‘yicha yangi ishga qabul
qilingan innovator mutaxassislarni ko‘niktirish tartibini ishlab chiqish;
rivojlanishni strategik boshqarish va kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish.
Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlarning samaradorligini
baholash va ular faoliyatini maqbullashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab
chiqish.
Nazorat savollari
1. Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlar deganda nima
tushuniladi va “kadrlar” va “umumta’lim maktablarining inson resurslari yoki
xodimlari” bir-birigan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
2. Umumta’lim maktablarining inson resurslariga qanday ta’riflash mumkin?
3. Umumta’lim maktablari faoliyatini strategik boshqarish bo‘yicha Amerika
va Yaponiya boshqaruv modellari doirasida umumta’lim maktablari pedagog va
texnik xodimlarini strategik jihatdan boshqarish jarayoniga yondashuvlar bir-
biridan qaysi jihati bilan tavofutlanadi?
4. Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlarini strategik
boshqarish jarayonining asosiy ketma-ketliklarini izohlab bering. Ular nechta
ketma-ketlikdan iborat?
5. Umumta’lim maktablarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji qanday aniqlanadi
va ularda kadrlar ishini rejalashtirish qanday ro‘yobga chiqariladi?
6. Umumta’lim maktablariga kadrlarni jalb qilishning asosiy manbalari
nimalardan iborat va ulardan qaysi biri uzoq muddatga hisob-kitobda ishlatilishi
mumkin?
7. Umumta’lim maktablariga diversifikatsion soha bo‘yicha yangi ishga
qabul qilingan mutaxassislarni ko‘niktirish va keyinchalik ularning malakasini
oshirishning qanday usullaridan foydalaniladi?
8. Umumta’lim maktablarining pedagog va texnik xodimlarini kelajak nuqtai
nazaridan boshqarish samaradorligi qanday baholanadi?


148

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling