A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Umumta’lim maktablarining sa’y-harakatlarini strategik boshqarish


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

8.2. Umumta’lim maktablarining sa’y-harakatlarini strategik boshqarish
modeli
Umumta’lim maktablarining OTM ga qamrovini oshirish uchun qilinayotgan
sa’y-harakatlarini strategik boshqarish g‘oyasining ishlab chiqilganligiga hali ko‘p
vaqt bo‘lmagan holda, mazkur konseptsiyaviy g‘oyadan xorijiy maslahat guruhlari
faoliyat yurituvchi subyektlarning xo‘jalik yurituviga amaliy maslahatlar berish
maqsadida tavsiyalar yo‘nalishida uni dasturamal sifatida qo‘llab kelmoqdalar.


164
Ushbu tizimning asosiy qoidalari umumta’lim maktablari strategiyasining
asoslariga borib taqaladi va strategik boshqaruvning fundamental tushunchalari va
tamoyillariga asoslanadi. Umumta’lim maktablarining OTM ga qamrovini oshirish
uchun qilinayotgan sa’y-harakatlarini strategik boshqarishning paydo bo‘lishi
strategik menejmentning uchta yo‘nalishini birlashtirish natijasi edi:
1. Salohiyat zanjirlarini tahlil qilish.
2. Strategik joylashishni aniqlash.
3. Qilinayotgan sa’y-harakatlar omillarini tahlil qilish va boshqarish.
Salohiyat zanjiri deganda umumta’lim maktablari hamkorlari uchun
dastlabki ta’limga oid resurs manbalaridan tortib to o‘quvchiga yetkazib
beriladigan tayyor ta’lim materialigacha, shu jumladan ota-onalar va o‘quvchilarga
ta’lim xizmatini ko‘rsatishgacha bo‘lgan umumta’lim maktabi uchun salohiyat
yaratuvchi izchil tadbirlar majmuasi tushuniladi. E’tibor nafaqat umumta’lim
maktabi ichida sodir bo‘layotgan jarayonlarga, balki kengroq ma’lum bir
umumta’lim maktabi doirasidan tashqariga chiqadi.
Strategik joylashishni aniqlash umumta’lim maktabining raqobatdosh
ustunliklarni yaratish uchun strategik tanloviga qarab sa’y-harakatlarni boshqarish
jarayonlariga ta’sir qiladi: kam sarflanadigan sa’y-harakatlarni saqlab qolish yoki
ota-onalar va o‘quvchilarga raqobatchilardan ustun bo‘lgan turli xil ta’lim
resurslarni taklif qilish.
Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni keltirib
chiqaruvchi omillar sa’y-harakatlarni strategik boshqarish doirasida mumtoz
yondashuvga qaraganda kengroq ko‘rib chiqiladi. Ularning ro‘yxati ta’limga oid
jarayonlarning ma’lum bosqichlari va faoliyat elementlariga mos keladigan sa’y-
harakatlar tashuvchilari bilan chegaralangan emas. Bu omillar tuzilmaviy va
funksionalga bo‘linadi va ancha yuqori umumiylikka ega. Masalan, eng muhim
funksional omillardan biri pedagogik va texnik xodimlar kuchini jalb qilish omili
bo‘lib, u xodimlarning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda
takomillashtirish bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlari darajasidan iborat.


165
Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni keltirib chiqaruvchi
omillar umumta’lim maktabining strategik yo‘nalishiga ham bog‘liq bo‘lib, u o‘z
sohasida yetakchi bo‘lish yoki yetakchiga ergashish kabi tanlovdan iborat.
Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni boshqarishga
an’anaviy yondashuv va sa’y-harakatlarni strategik boshqarish o‘rtasidagi farq
maqsadlar, qilinayotgan sa’y-harakatlarni tahlil qilish usullari, sa’y-harakatlarning
yo‘nalish tavsifi, strategik joylashishni aniqlashga urg‘u berish nuqtayi nazaridan
sa’y-harakatlarni
boshqarish
jarayoniga
nisbatan
tubdan
boshqacha
dunyoqarashdadir.
An’anaviy yondashuv doirasida raqobatdosh ustunliklarni saqlab qolish va
qo‘lga kiritishning asosiy usuli sifatida har qanday yo‘l bilan sa’y-harakatlarni
kamaytirish maqsad qilingan. Sa’y-harakatlarni strategik boshqarish doirasida bu
maqsad ham mavjud, ammo sa’y-harakatlarni boshqarish tizimini rejalashtirish
umumta’lim maktabining asosiy strategik joylashuviga, ya’ni sa’y-harakatlar
yetakchiligi yoki OTM ga qamrovni oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatni
farqlashga qarab keskin o‘zgaradi. Shuning bilan birgalikda, kelajak
yo‘nalishlarining har birining
doirasida sa’y-harakatlarning yetarli darajada
kamayishiga olib kelsa yoki umumta’lim maktabiga boshqa naf keltirsa, salohiyat
zanjirining istalgan qismida sa’y-harakatlar ko‘lamini oshirishni mo‘ljallash zarur
bo‘ladi.
An’anaviy yondashuvda tabaqalashtirish, ya’ni farqlash bir birlik o‘quvchiga
yoki o‘qituvchilar birligiga tegishli bo‘lgan sa’y-harakatlar miqdoridan iborat.
Shunday qilib, asosiy e’tibor umumta’lim maktabining ichki holatiga qaratiladi.
Mazkur holatda qo‘shilgan salohiyat (yoki salohiyat) tushunchasi asosiy rol
o‘ynaydi. Ushbu kontseptsiyaga ko‘ra, qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarga
olib keladigan barcha faoliyatlar qo‘shimcha salohiyat keltiradigan (va shuning
uchun ularning mavjudligi oqlanadi) va qo‘shimcha salohiyat keltirmaydiganlarga
bo‘linadi. Ikkinchisi sa’y-harakatlarni kamaytirish nuqtayi nazaridan eng istiqbolli
hisoblanadi. Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni strategik


166
boshqarishda salohiyat umumta’lim maktabi va uning tarkibi hisoblangan umumiy
salohiyat zanjirining turli bosqichlari nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Qo‘shilgan salohiyat tushunchasi juda tor va hatto xavfli hisoblanadi.
Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarning xulq-atvorini
tavsiflash nuqtayi nazaridan farqlar an’anaviy tizimda sa’y-harakatlar birinchi
navbatda ta’lim funktsiyasi sifatida qaraladi. Va bu borada o‘zgaruvchan, doimiy
va aralash sa’y-harakatlarning batafsil tahlili amalga oshiriladi. Ta’lim xizmati
ko‘rsatish ko‘lami sa’y-harakatlarni shakllantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni nuqtayi nazaridan, sa’y-
harakatlar birinchi navbatda, strategik tanlovlarga bog‘liq. Shu munosabat bilan,
sa’y-harakatlar ancha umumiy tarkibiy va funktsional omillarning funktsiyasidir.
Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlarni strategik
boshqarish
ta’limga
oid
faoliyatda
barqaror
raqobatdosh
ustunlikni
rivojlantirishning kam sarflangan sa’y-harakatlar (sa’y-harakatdagi yetakchilik) va
OTM ga qamrovni oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlarni farqlash kabi
ikkita usullaridan foydalanadi.
Ma’lum darajada qilinishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlar bo‘yicha
yetakchilik strategiyasining asosiy yo‘nalishi raqobatchilarga nisbatan kam
miqdordagi sa’y-harakatga erishishdir. Sa’y-harakatlarni boshqarishga quyidagi
yondashuvlar orqali erishish mumkin:
- pedagogik innovatsiya evaziga erishilgan unumdorlik;
- umumta’lim maktabining ta’lim oid omillari bilan sa’y-harakatlarning bir-
biriga o‘zaro uyg‘unligini shakllantirish asosida sa’y-harakatlarni boshqarish
yo‘nalishlarini yaratish;
- OTM ga qamrovni oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar
monitoringini muntazam o‘tkazib borish;
- pedagogik innovatsiyani shakllantirish bo‘yicha tadqiqot va ishlanmalar,
ota-onalar va o‘quvchilarga ta’lim xizmatini ko‘rsatish, ilg‘or pedagogik
uslubiyatni ilgari surish kabi sohalarda sa’y-harakatlarni kamaytirish.


167
Tabaqalashtirish, ya’ni farqlash strategiyasining bir qismi sifatida asosiy
e’tibor iste’molchilar tomonidan noyob va shuning uchun jozibali element sifatida
qabul qilinadigan mahsulotlarni yaratishga qaratilgan. Differentsial yondashuvlar
brendga sodiqlikni o‘z ichiga oladi.
Umumta’lim maktabining barqaror, taniqli brendiga ega bo‘lish farqlash
strategiyasini amalga oshirish uchun zaruriy shartdir.
Bunday strategik joylashishning odatiy misollari ko‘plab xorijiy faoliyat
yurituvchi subyektlarda mavjuddir.
Sa’y-harakatlarni strategik boshqarish doirasidagi strategik joylashuvni
baholash uchun asosiy variantlarni, jumladan, umumta’lim maktabining strategik
yo‘nalishini tahlil qilish muhimdir.
1. Sa’y-harakatlarning qisman kamayishi hisobiga ham OTM larga qamrov
doirasidagi kvota ulushini kengaytirish. Ushbu yo‘nalish keng ko‘lamli darajada
ta’limni subsidiyalashni o‘z ichiga oladi, shuning uchun umumta’lim maktabi
tomonidan topilgan homiylik mablag‘lari ko‘pincha asosiy faoliyat sanalgan ta’lim
va uni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi diversifikatsion faoliyatni
moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Ushbu strategik yo‘nalishga rioya
qiladigan umumta’lim maktabining diversifikatsion faoliyati subsidiya tarzida
yo‘naltirilgan mablag‘larning sof iste’molchisi hisoblanadi.
2. Yutib olingan kvota ulushini va shunga mos ravishda umumta’lim
maktabining raqobatchilarga nisbatan mavqeini saqlab qolish. Ushbu strategik
e’tibor odatda tez o‘zgaruvchan ta’lim segmentidagi umumta’lim maktablari,
masalan, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari (IDUM) tomonidan
amalga oshiriladi.
3. OTM larga qamrov doirasidagi kvota ulushini kamaytirish orqali ham
na’munali umumta’lim maktabi maqomini olish. Ushbu strategik yo‘nalish odatda,
sekin rivojlanayotgan ta’lim segmentlarida katta OTM larga qamrov doirasidagi
kvota ulushiga ega bo‘lgan umumta’lim maktablari tomonidan tanlanadi. Strategik


168
yo‘nalishni tanlash umumta’lim maktabining sa’y-harakatlarlarini rejalashtirish va
subsidiyalash masalalariga munosabatini oldindan belgilaydi.
Quyida turli strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishdagi asosiy farqlar
keltirilgan.
Raqobat ustunligiga erishish uchun strategik e’tiborni (yutuqlarni
kengaytirish, qo‘llab-quvvatlash va undan foydalanish) strategik joylashuvdan
ajratgan holatda, alohida ko‘rib chiqish mumkin emas. Masalan, sa’y-harakatlar
bo‘yicha yetakchilikni tanlagan holda, umumta’lim maktabi amaliy o‘sish
strategiyasiga tayanadi, chunki ular
OTM larga qamrov doirasidagi kvota
portfelini doimiy ravishda to‘ldirib boradi va uni muntazam yangilashda hamisha
ildamdir.
Sa’y-harakatlarni strategik boshqarish mafkurasi, aslida, sa’y-harakatlarni
nazorat qilish va subsidiyalash tizimini yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni
hozirlaydi va shuning bilan birgalikda boshqaruv jarayonining umumiy tuzilishi va
tafsiloti darajasiga turli talablarni qo‘yadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling