A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Umumta’lim maktablarining raqobatbardosh holatining turlari
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. Umumta’lim maktablari faoliyatida birlashish va qo‘shib olish strategiyalari
Umumta’lim maktablarining raqobatbardosh holatining turlari
8.2-jadval Violentli Patientlar Eksplerent Kommutantlar OTM ga yo‘naltirishni seriyali amalga oshiruvchi yirik umumta’lim maktablari Ma’lum darajada ixtisoslashgan umumta’lim maktablari Kichik va o‘rta innovatsion umumta’lim maktablari Har qanday holatda ta’limni amalga oshirishga tayyor kichik umumta’lim maktablari 14 Richard L.Daft. Management. Ninth edition. 2010.-699 p 172 Turli raqobatbardosh maqom egalarining raqobat kurashining shakllari, usullari, uslublari bitmas-tuganmas va doimo o‘zgarib turadi. Umumta’lim maktablarining bunday bo‘linishi maqsadga erishish usullari, raqobat strategiyasini tanlash va raqobatbardosh xatti-harakatlar turiga asoslanadi. Yangi faoliyatni boshlovchilarning harakatlarida dastlab niyatlarni ko‘rish mumkin, ularning amalga oshirilishi keyinchalik ularni patientlar yoki violentlar qarorgohiga olib boradi. Ushbu turdagi umumta’lim maktablarining har biri o‘zining raqobatbardosh xatti-harakatlarini amalga oshirish jarayonida namoyon bo‘ladigan o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega bo‘ladi. 8.4. Umumta’lim maktablari faoliyatida birlashish va qo‘shib olish strategiyalari Xorijda umume’tirof etilgan yondashuvlarga muvofiq, birlashish deganda faoliyat yurituvchi subyektlarning har qanday birikmasi tushuniladi, buning natijasida ikki yoki undan ortiq ilgari mavjud tuzilmalardan yagona iqtisodiy birlik shakllanadi. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq, birlashish deganda yuridik shaxslarni qayta tashkil etish tushuniladi, bunda ularning har birining huquq va majburiyatlari o‘tkazish yozuviga muvofiq yangi paydo bo‘lgan yuridik shaxsga o‘tadi. Binobarin, muassasalar qo‘shilishini rasmiylashtirishning zaruriy sharti yangi yuridik shaxsning paydo bo‘lishi, yangi muassasa esa o‘zining mustaqil mavjudligini butunlay yo‘qotgan ikki yoki undan ortiq sobiq faoliyat yurituvchi subyektlar negizida tuziladi. Keling, mazkur jarayonni umumta’lim maktablari misolida ko‘rib chiqaylik. Xorijiy amaliyotda qo‘shilish deganda bir nechta umumta’lim maktablarining birlashishi tushunilishi mumkin, buning natijasida ulardan biri omon qoladi, qolganlari esa mustaqilligini yo‘qotadi va mavjud bo‘lishni to‘xtatadi. Masalan, Rossiya qonunchiligida bu holat “qo‘shilish” atamasi ostida bo‘lib, bir yoki bir nechta umumta’lim maktablarining faoliyati ularning barcha huquq va 173 majburiyatlarini ular tegishli bo‘lgan xalq ta’limi boshqarmasi ixtiyoriga o‘tkazish bilan tugatilishini nazarda tutadi. Umumta’lim maktablari integratsiyalashuvining xususiyatiga qarab, birlashishning quyidagi turlari maqsadli ravishda ajratiladi: -gorizontal birlashish - bir xil ta’lim xizmatini ko‘rsatuvchi yoki ta’lim segmentida bir xil bosqichlarni amalga oshiruvchi, bir xil faoliyat tusiga ega bo‘lgan umumta’lim maktablarini birlashtirish; - vertikal birlashish – ta’limning tayyor texnologik jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil umumta’lim maktablarini birlashtirish, ya’ni o‘quvchilarning bilim olish jarayonini oldingi ta’lim bosqichlaridan OTM gacha bo‘lgan (masalan,ta’lim klasterlarining yaratilishi) bosqichlarga kengaytirish. - umumiy birlashishlar – turdosh ta’lim segmenti ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining birlashmasidir. Masalan, umumta’lim bitta maktabi OTM ga ishtiyoqi mavjud bo‘lmagan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish uchun kasb maktablari bilan birlashadi; - konglomerat birlashish –turdosh boʻlmagan holda turli turli ta’lim segmentiga ega umumta’lim maktablarining birlashishi (bu holda asosiy faoliyat yurituvchini aniqlash qiyin). Bir umumta’lim maktabining boshqa umumta’lim maktabini o‘z nazorati ostiga olishi, unga mutloq yoki qisman egalik huquqini qo‘lga kiritgan holda uni boshqarishi tushuniladi. Umumta’lim maktablari birlashishi yoki qo‘shib olish strategiyasini amalga oshirishning turli motivlari yoki sabablari mavjud: 1. O‘quvchilar emissiyasini kamaytirish motivlari (birinchi navbatda, bir ta’lim muassasasidan qoniqmasligi oqibatida boshqa tuman yoki boshqa viloyatdagi ta’lim muassasasiga o‘qishini davom ettirish maqsadida ko‘chirib ketishi tushuniladi). 2. O‘quvchilar oqimini oshirish, barqarorlashtirish motivlari. 3. O‘quvchilar harakatiga nisbatan betaraf motivlar. 174 Birinchi navbatda sa’y-harakatlarni kamaytirishga qaratilgan motivlarning birinchi guruhiga quyidagilar kiradi: 1.1. Ko‘lamli tejamlar. Bularga o‘quvchilar birligiga oʻrtacha sa’y-harakat kamayganda OTM ga qamrovning oshishi bilan erishiladi. Bu tejamkorlik manbalaridan biri doimiy sa’y-harakatlarni ko‘proq o‘quvchilar birliklariga taqsimlashda yotadi. Ko‘lamli tejamining asosiy g‘oyasi bir xil quvvatda, bir xil pedagog xodimlar soni, bir xil taqsimlash tizimi va boshqalar bilan ko‘proq ishlarni bajarishdir. Bu motiv, ayniqsa, gorizontal birlashish strategiyasiga xosdir. 1.2. Hamkorlar bilan ishlash samaradorligini oshirish. Birlashish orqali umumta’lim maktablari sa’y-harakat kuchlarini pasaytirish uchun qo‘shimcha vositaga ega bo‘ladilar. Bunga sa’y-harakat kuchlarining umumiy hajmini oshirish va shu bilan qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritish yoki hamkorlarni o‘zgartirish bilan bevosita tahdid qilish orqali erishish mumkin. 1.3. Ikki xillikdagi funktsiyalarni yo‘q qilish. Bu motiv ko‘lamli tejam qilish motivi bilan chambarchas bog‘liq. Gap, birinchi navbatda, boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qisqartirish va turli xodimlarning funktsiyalarini takrorlashni bartaraf etish va bir qator xizmatlarni markazlashtirish orqali funktsiyalarni kengaytirishda ketmoqda. Ba’zi umumta’lim maktablari markazlashtirilgan marketing va tarqatish kanallari orqali mamlakatimizda ochilgan yoki xorijiy mamlakatlardagi TOP-1000 talikga kiradigan OTM larga kengroq o‘quvchilar assortimentini taklif qilish imkoniyatini ishga solib va umumiy reklama manbaridan foydalanish orqali o‘zining OTM ga qamrov bo‘yicha qilayotgan sa’y-harakatini kamaytirish uchun harakat qilmoqdalar. TOP-1000 talikga kiradigan OTM larga kengroq o‘quvchilar assortimentini taklif qilish orqali sa’y-harakatni tejashga erishish, ayniqsa, gorizontal birlashish strategiyasiga xosdir. 175 1.4. IT (axborot texnologiyalari) sohasida hamkorlik. Birlashishdan asosiy naf OTM larga yo‘naltirishning yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va yangi turdagi iqtidorlarni yaratish uchun qimmat dasturlarni tejashdan olinishi mumkin. Qo‘shilish, birlashish orqali ilg‘or ilmiy g‘oyalar va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar birlashtirilishi mumkin. 1.5. Ta’limga oid faoliyatlar bo‘yicha soliqlar, bojxona to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni kamaytirish, ya’ni ba’zi holatlarda imtiyozlarga ega bo‘lish yoki ba’zi holatlarda butunlay ozod etilish. Qo'shilish, birlashish strategiyasining jiddiy sabablaridan biri soliq to‘lovlarini kamaytirishdir. Masalan, yuqori nufuzdagi umumta’lim maktabi soliq imtiyozlari asosida ta’limga oid xususiy tartibdagi ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yishi mumkin, bu esa yaratilgan yaxlit tuzilma uchun ayni muddao bo‘ladi. 1.6. Kapital bozorida afzalliklarga ega bo‘lish. Yirik umumta’lim maktablari strategik diversifikatsiya uchun qulayroq kredit imkoniyatlarini qidirishlari mumkin. Umumta’lim maktabining yirikligi ko‘pincha o‘z-o‘zidan barqarorlik kafolati bo‘lib, yuqori reytingga ega bo‘lishga zamin yaratadi, bu odatda strategik diversifikatsiya uchun qulayroq, shuning bilan birgalikda imtiyozli kreditlar olish yoki subsidiyani qo‘lga kiritish imkonini beradi. 1.7. Samarasiz boshqaruvni bartaraf etish. Yirik umumta’lim maktabi tarkibiga hamkorlik maqsadida qo‘shib olingan ta’lim muassasasi sifat menejmentini kengaytirishga va yanada ilg‘or boshqaruv texnologiyalarini joriy etishga hissa qo‘shishi, shuningdek, birlashgan tuzilma muvaffaqiyatining muhim omiliga aylanishi mumkin. Har xil, shuningdek, ta’limga oid resurs manbalarini ko‘paytirish nuqtayi nazridan barqarorlashtirish strategiyasiga qaratilgan motivlarning ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi: 2.1. Bir-birini to‘ldiruvchi resurslarni shakllantirish. Ikki yoki undan ortiq umumta’lim maktablari qo‘shimcha resurslarga ega bo‘lsa, ularning faoliayti 176 qo‘shilishi foydali bo‘lishi mumkin. Birlashgandan so‘ng, bu umumta’lim maktablari faoliaytining qo‘shilishdan oldingi qiymatlari yig‘indisiga nisbatan hozirgisi qimmatroq bo‘ladi, chunki har biri o‘zi yetishmayotgan narsaga ega bo‘ladi va bu resurslarni, agar ularni mustaqil ravishda yaratishga to‘g‘ri kelganda, arzonroq oladi. 2.2. Katta bitimlarni sotib olish. Faoliyatini endi boshlagan ta’lim muassasasi yirik, shu jumladan, davlat shartnomalari uchun raqobat qilish uchun birlashgan umumta’lim maktablarining hech biri ilgari ega bo‘lmagan imkoniyatga, yetarli quvvatga ega bo‘ladi. 2.3. Ta’lim segmentida afzalliklarga ega bo‘lish. Umumta’lim maktabining yirikligi barqarorlikning kafolati bo‘lib, umumta’lim maktabining keyingi rivojlanishi bog‘liq bo‘lgan zarur subsidiya mablag‘larini qo‘lga kiritish imkonini beradi. Bundan tashqari, umumta’lim maktablari o‘z tasarrufidagi byudjetdan tashqari topilgan kapitaldan maqbul foydalanish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega. 2.4. Monopol mavqega erishish. Faoliyatni qo‘shishda, birinchi navbatda, gorizontal turdagi, hal qiluvchi rolni ko‘pincha monopol mavqega erishish yoki mustahkamlash istagi o‘ynaydi. Yirik umumta’lim maktablari o‘z nomi bilan albatta katta kuchga ega, bu nomukammal raqobatning turli modellari, shu jumladan monopoliya hukmronlik qilgan zamonaviy sharoitda (ayniqsa, nisbatan yopiq mintaqaviy sharoitlarda) juda muhimdir. 2.5. Faoliyatni ni diversifikatsiya qilish, bu ortiqcha resurslardan foydalanish imkoniyatidir. Diversifikasiyaning ortishi (ikkalasi ham geografik) ta’limga oid jarayonlarning umumiy xatarliligini pasaytiradi va o‘rtacha nufuzni kafolatlaydi. 2.6. Axborotga kirishni ta’minlash (nou-xau). Axborot resurs sifatida umumta’lim maktablari faoliyatida ortib borayotgan rol o‘ynamoqda. Ikkita ta’lim muassasasini birlashtirish orqali ko‘rinadigan faol resurslar bilan birgalikda integratsiyalashgan tuzilma o‘z ixtiyorida o‘quvchilar va kvota ulushi haqida qo‘shimcha bilimlarni, shuningdek, to‘plangan ota-onalar majmuasini qo‘lga kiritadi. 177 Har xil, shuningdek, ta’limga oid resurslar harakati bilan bog‘liq holda betaraf motivlarning uchinchi guruhiga quyidagilar kiradi: 3.1. Ta’lim muassasalarining almashtirish qiymatidan foydalanish. Ko‘pincha yangisini qurishdan ko‘ra, birorta samarasiz faoliyat yuritayotgan mavjud ta’lim muassasasi binosidan foydalangan osonroq. Maqsadli ta’lim muassasasi mulk majmuasining bozor bahosi uning aktivlarini almashtirish xarajatlaridan sezilarli darajada past bo‘lsa, bu maqsadga muvofiqdir. 3.2. Tugatish va joriy bozor qiymati o‘rtasidagi farqdan foydalanish (“bo‘sh” sotish). Aks holda, bu motivni quyidagicha imkoniyat shakllantirish mumkin: “Sotib olish arzon, sotish qimmat”. Ko‘pincha ta’lim muassasasining tugatish qiymati uning joriy bozor qiymatidan yuqori bo‘ladi. 3.3. Menejerlarning shaxsiy motivlari, umumta’lim maktabi rahbariyatining siyosiy salmog‘ini oshirish istagiga qaratilgan bo‘ladi. Faoliyatni qo‘shish, sotib olish bo‘yicha biznes qarorlarining aksariyati iqtisodiy maqsadga muvofiqlikka asoslanadi. Biroq, ba’zi hollarda bunday qarorlar iqtisodiy tahlildan ko‘ra ko‘proq menejerlarning shaxsiy motivlariga asoslanadi. Buning sababi shundaki, umumta’lim maktabi rahbarlari yuqori bo‘g‘inlardan yuqori ish haqini talab qiladilar va hokimiyat va ish haqi chegaralari esa umumta’lim maktabining katta- kichikligi va o‘quvchilar soni bilan bog‘liq. 3.4. O‘zlikni himoya qilish. Integratsiyaning an’anaviy motivlaridan tashqari, o‘ziga xos motivlarga ham duch kelish mumkin. Masalan, ba’zilar, shu jumladan milliy umumta’lim maktablari uchun faoliyatni qo‘shish kuchliroq G‘arb raqobatchilar faoliyatida ta’lim segmentining kengayishiga qarshi turishning bir necha usullaridan biridir. Ba’zi umumta’lim maktablari raqobatda yutqazishdan himoyalanishning so‘nggi urinishi sifatida “Biz O‘zbekiston yoshlari hammamiz ziyoli bo‘lamiz” nomdagi jarangdor strategik maqom bilan birlashishga harakatat qilishadi. 3.5. Faoliyatni tugatilishdan himoya qilish. Umumta’lim maktabining o‘zi uning ishonchliligining kafolatidir (“muvaffaqiyatsizlikning o‘zi juda kattami” 178 yoki “samarasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganlik juda kattami”). Hukumat bir qator ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga ko‘ra eng yirik umumta’lim maktablariga homiylik qilayotganligi sababli, ular kichikroq umumta’lim maktablari bilan raqobatda qo‘shimcha afzalliklarga ega bo‘ladilar. Aksariyat birlashish va qo‘shilib ketishlar sinergetik samara deb ataladigan natijaga erishishga qaratilgan bo‘lib, buning natijasida ikki yoki undan ortiq umumta’lim maktablarning turli resurslarini to‘ldirish alohida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari natijalari yig‘indisidan oshib ketadigan umumiy natijaga olib keladi. Shu bilan birga, butunlik yoki uning qismlari yig‘indisidan oshib ketadi, yoki uning tarkibiy qismlarining hech biriga xos bo‘lmagan yangi sifatga ega bo‘ladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling