A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

GLOSSARIY
“Strategiya” - bu asosiy maqsadga erishish uchun muammolar va resurslarning
ustuvorliklarini belgilaydigan uzoq yillarga mo‘ljallangan umumiy
harakatlar dasturi hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari
faoliyatida u asosiy maqsadlar va ularga erishishning usullari,
shuningdek, yo‘nalishlarini shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablari esa shu asosida o‘zining strategik harakat yo‘nalishini
belgilab oladi va amalga oshiradi.
“Strategik menejment” - umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatiga doir
strategik qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish jarayoni bo‘lib,
uning asosi, ta’lim muassasasining o‘z har xil tusga ega bo‘lgan
resurs salohiyatini u tashqi muhit imkoniyatlari va tahdidlari bilan
solishtirishga asoslangan kelajak faoliyat yo‘lidagi tanlash
jarayonidir.
“Tashqi muhit” - bu tashkilotdan tashqarida bo‘lgan va uning faoliyati va
rivojlanishining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan
omillar to‘plami. Ushbu omillar guruhi asosan tashkilot
rahbariyatining nazorati ostida emasligi odatda qabul qilinadi.
Ularni hisobga olish kerak va ularga moslashish tavsiya etiladi.
“Ijtimoiy-madaniy omillar” - umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatidagi
umumiy ijtimoiy ahvol, pedagog va texnik xodimlar daromadlari
darajasi, maktab jamoasi nuqtayi nazaridan demografik vaziyat,
o‘quvchilarni OTM ga yo‘naltirish maqsadida, ularda shakllangan
bilim darajasi, pedagog va texnik xodimlar daromadlarining mehnat
va dam olishga qiyosiy nisbati, umumiy o‘rta ta’lim maktablari
faoliyatidagi iste’mol darajasi va boshqalar. Bu omillar ham
umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatiga juda o‘ziga xos ta’sir
ko‘rsatadi, bu esa ularni doimiy ravishda o‘rganishni taqozo etadi.


217
“Maqsadlar” toifasi - umumiy o‘rta ta’lim maktablari hayoti uchun umumiy ilmiy
jihatga ega bo‘lib, u qisqagina doira bilan kifoyalanmaydi. Umumiy
o‘rta ta’lim maktablari faoliyatining ham strategik yo‘nalishi
mavjud va va shunga mos ravishda uni amalga oshirishga xizmat
qiladigan maqsadlari mavjudligini bildiradi. Umumiy ilmiy nuqtayi
nazardan maqsadni ongli faoliyatning kutilgan natijasi sifatida
qarash mumkin.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling