A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Strategik menejmentning mohiyati


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

1.2. Strategik menejmentning mohiyati.
Strategik menejment o‘z tarkibi, ichki qiyofasi, mohiyatri nuqtai nazaridan
olib qaralsa uchta zaruriy savolga javob bera oladi, ular:
-
faoliyat yurituvchi subyektning har jihatdan hozirgi ahvoli qanday
holatda?
-
birmuncha vaqt o‘tib, masalan, to‘rt-besh, o‘n, o‘n besh yildan keyin
qaysi maqomda (lavozimda) faoliyat ko‘rstishni xohlar edingiz?
-
xohlagangan vaziyatga (pozitsiyaga) qanday erishish va yetishish
mumkin?
Birinchi savolga javob berish uchun menejerlar keyingi qayerga borishni hal
qilishdan oldin faoliyat yurituvchi subyektning hozirgi holatini yaxshi
tushunishlari kerak. Bu esa o‘z navbatida boshqaruv tafakkuri mahsuli sanalgan
boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini o‘tmish, hozirgi va kelajakdagi
holatlarini sinchiklab o‘rganib chiqish (tahlil qilish) uchun tegishli ma’lumotlar
bilan ta’minlaydigan axborot asosining zarurligini kun tartibiga ko‘ndalang
qo‘yadi.
Ikkinchi savol strategik menejmentning kelajakka yo‘naltirilganligi kabi
muhim xususiyatini aks ettiradi. Bunga javob berish uchun nimaga intilish, qanday
maqsadlarni qo‘yish kerakligini aniq belgilash kerak.
4
Уолкер-мл. О. Маркетинговая стратегия. Курс МВА / О.Уолкер-мл., Х.Бойд-мл., Ж.К.Ларше. - М.:
Вершина, 2006. - 496 с.


27
Strategik menejmentning keyingi masalasi tanlangan strategiyani ro‘yobga
chiqarish bilan bog‘langan bo‘lib, ro‘yobga chiqarish vaqtida oldingi ikki
bosqichga o‘ziga yarasha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, tuzatishlar kiritish
mumkin. Mazkur bosqichning eng muhim tarkibiy qismlari mavjud moliyaviy,
mehnat, tabiiy kabi resurslar, shuningdek, boshqaruv yo‘nalishi, xo‘jalikning
tashkiliy tuzilmasi va tanlangan strategiyani ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi
asosiy boshqaruv subyekti sanalgan inson resurslarining faol qismidir. I. Ansoff
kelajak boshqaruvini bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, bir-birini to‘ldiruvchi
ikkita, kelajak vaziyatni (strategik pozitsiyani) sinchiklab o‘rganish (tahlil qilish)
va tanlash asosidagi real vaqt mobaynida tezkor boshqaruv kabi quyi tizimlardan
iborat deb hisoblashni qayd etadi va o‘z navbatida, tavsiya qiladi.
Shunday qilib, strategik menejment bilan strategik rejalashtirish o‘rtasidagi
tafovut qiladigan jihati shundaki, uning samarali yo‘naltirilgan tizim ekanligini
hisobga oladigan bo‘lsak, u kelajakni ko‘rish jarayonini, hamda mazkur jarayonni
tahlil qilish asosida baholash va nazorat qilishni ham inobatga oladi. Bundan
tashqari, kelajakni ko‘rish strategiyasini yo‘lga qo‘yish kelajak boshqaruvining
bosh jihatidir, vaholanki, kelajakni ko‘rish dastaglari, unsurlari, jihatlari, masalan
ta’lim muassasalari faoliyatida siljish jihatidan o‘z ta’sirini ko‘rsatmaganida,
kelajakni ko‘rish rejasi misli tush, xom xayol, faqat orzu-havas bo‘lib qolar edi.
Strategik menejment va strategik rejalashtirish o‘rtasidagi tafovutlar, ular
strategiyani amalga oshirish jarayoni bilan bog‘liqligidan tashqari, bir qator boshqa
muhim omillar bilan ham belgilanadi:
-
axborot mazmuni - kelajakni ko‘rish boshqaruvida tashqi muhitning
mavhumlik qadami bir vaqtning o‘zida pastga yoki yuqoriga og‘ishlar, ya’ni
o‘zgarishlar ko‘lami haqidagi xabarlarning zaiflashishi bilan ko‘payadi, ya’ni ortga
sijiydi va oqibatda kelajakni ko‘rish boshqaruv jihatining axborot mazmunining
ulushi kamayadi. Bu ta’lim muassasasidan tashqarida bo‘lgan tashqi muhit uchun


28
birmuncha topqirlikni, sergaklikni o‘zida mujassam etgan axborot nazorati
majmualarining takomillashishiga sabab bo‘ladi;
-
kutilmagan strategik hodisalarning paydo bo‘lishi, masalan, mamlakat
byudjetini jilovlash, bu o‘z navbatida, kelajakga xizmat qiluvchi qarorlarni
mo‘ljallash vaqtlaridan tashqarida qabul qilishga olib keladi, ya’ni kelajak
boshqaruvini mo‘ljallash vaqtlarida umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan tashqarida
ro‘y beradigan pastga yoki yuqoriga og‘ishlarga, ya’ni o‘zgarishlarga shiddatli
qayta ta’sir jarayoni bilan izohlanadi. Bunday kutilmagan hodisalarni ushlash
uchun real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va strategik qarorlar
qabul qilish tizimlari yaratilmoqda (onlayn tizim);
-
strategik menejmentning tashqi o‘zgarishlarga munosabati ikki
tomonlama bo‘ladi, ya’ni uzoq muddatli va bir vaqtning o‘zida tezkordir. Uzoq
muddatli javob strategik rejalarga kiritilgan, tezkor javob real vaqt birligida
mo‘ljallangan davrdan tashqarida amalga oshiriladi;
-
strategik menejmentda tashqi muhit berilgan va o‘zgarmas jarayon
sifatida qaralmaydi, unga umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyat jarayoni
moslashishi kerak.Ya’ni boshqacha aytadigan bo‘lsak, umumiy o‘rta ta’lim
muassasasidan tashqarida ro‘y beradigan pastga yoki yuqoriga og‘ishlar, ya’ni
tashqi muhitdagi o‘zgarish usullari va kelajak boshqaruv jihatlari tahlil qilinadi;
-
kelajak boshqaruvi sanalgan strategik menejment burungi hamma
boshqaruv jarayonlarining butun majmuasini,
unsurlarini o‘zining tarkibiga
qamrab oladi, ya’ni byudjetlashtirish (markaziy moliyalashtirishni), birmuncha
sergak omillarni o‘rganish, tahlil qilish uchun ekstrapolyatsiyani qo‘llashni,
shuningdek, kelajak dasturiy unsurlarini qo‘llashni, hamda haqiqiy vaqt birligida
kelajak qarorlarini o‘ziga og‘dirish uchun zarur bo‘lgan takomillashtirishni o‘z
ichiga oladi
5
.
5
Дойль, П. Маркетинг, менеджмент и стратегии / П. Дойль, Ф. Штерн. – СПб.: Питер, 2007. – 544 с.


29
Strategik menejmentning yana bir ta’rifi - bu mavjud salohiyatdan maqbul
foydalanish va tashqi o‘zgarishlarga moyil bo‘lib qolish imkonini beruvchi
dinamik, o‘zgaruvchan va noaniq muhitda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining
maqsadlariga erishishni ta’minlash faoliyatidir.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling