A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Ijtimoiy-madaniy omillar – bir davlat ichidagi yoki makro ko‘lamdagi
majmuaviy ijtimoiy holat, jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari ko‘lami,
xalq holatining tasviri (demografik vaziyat), xalqning bilim saviyasi, odamlarning
mehnatga bo‘lgan va xordiq chiqarishga, ya’ni o‘zini tiklab olish (rekreatsiya) ga
bo‘lgan munosabati, davlat va mintaqadagi iste’mol va jamg‘arma darajasi,nisbati
ularning o‘zaro mutanosibligi kabilardir. Bu omillar ham umumiy o‘rta ta’lim
maktablari faoliyatiga juda o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularni doimiy
ravishda o‘rganishni taqozo etadi. Shunday qilib, aholining ijtimoiy tuzilmasini
tahlil qilish va baholash, mamlakat, mintaqa yoki munitsipalitetning barcha
aholisini (umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati ko‘lamiga qarab) jinsi, yoshi va
boshqa xususiyatlari bo‘yicha guruhlash, potentsial mijozlar soni, shuningdek
ularning ko‘payishi yoki kamayishi istiqbollari kabilar ularning sonini real
baholash imkonini beradi. Aholining daromadlarini o‘rganish ularning potentsial
mijozlarining to‘lov qobiliyatini baholash imkonini beradi, ya’ni ular xususiy
mulkchilikga asoslangan umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zining farzandlarini
o‘qitishga sarflashlari mumkin bo‘lgan daromadning bir qismidir. Demografik
vaziyatni o‘rganish ijtimoiy tuzilmadagi o‘zgarishlar dinamikasi va shunga mos
ravishda bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi haqida tushuncha beradi. Aholining
madaniy, ma’rifiy va etnik xususiyatlarini hisobga olish va ularning odamlarning
mentaliteti va ehtiyojlariga ta’sirini tahlil qilish bir xil darajada muhimdir.
Fan-texnika taraqqiyoti ta’siri omillarining mohiyati quyidagilardan iborat:
fan-texnika taraqqiyotining so‘nggi yillardagi yutuqlari va shiddati va fanni jadal
ravishda jonlantirish va rivojlantirish strategiyalari, xar xil ilg‘or texnologiya
(ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim va h.k) larning yuzaga kelishining
kutilishi va ularni ro‘yobga chiqarish strategiyalari, birmuncha sifatli
takomillashgan ilg‘or mahsulotlarning yuzaga kelish ehtimoli va ularning bozor
konyunkturasiga bog‘liqligi kabilar. Oddiy qilib aytganda, gap bozorga o‘rnini


35
bosuvchi mahsulotni olib kela oladigan fan va texnika yutuqlarini doimiy ravishda
tahlil qilish zarurati haqida bormoqda. Misol uchun, bugungi kunda mobil
telefonlarning paydo bo‘lishi va ommaviy tarqalishi bilan shahar telefon tarmog‘i
xizmatlariga talab sezilarli darajada pasayganiga hech kim shubha qilmaydi.
Kompyuterlarning keng tarqalishi yozuv mashinkalari va hokazolar “davrining”
tugashini ko‘rsatdi. Yangi texnologiyalar bilan ham vaziyat xuddi shunday.
Tarixdan ma’lumki, Ford zavodlarida konveyer ishlab chiqarishni joriy etish ishlab
chiqarilgan mahsulot tannarxini va shunga mos ravishda uning narxini shu qadar
jiddiy pasaytirdiki, bu barcha raqobatchilarni shunchaki chalkashtirib yubordi.
E’tibor bering, bir qator manbalarda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va
texnologik omillarni aniqlashdan iborat yondashuv PEST tahlili deb ataladi
6
.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling