A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
-rasm. Umumta’lim maktablari uchun raqobat strategiyasini ishlab
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
8.2-rasm. Umumta’lim maktablari uchun raqobat strategiyasini ishlab
chiqish omillari Asosiy ijrochilarning shaxsiy qadriyatlari Keng ijtimoiy umidlar Raqobat strategiyasi Umumta’lim maktabining ustun jihatlari va kuchsiz jihatlari OTM ga yo‘naltirish uchun imkoniyatlar va tahdidlar (iqtisodiy va pedagogik) Umumta’lim maktabining ichki omillari Umumta’lim maktabining tashqi omillari 152 Umumta’lim maktablarining tashqi cheklovlari uning keng doiradagi faoliyat muhiti bilan belgilanadi. OTM ni egallash imkoniyatlari va bu boradagi tahdidlar raqobat muhitini, unga xos bo‘lgan xavflarni va potentsial qo‘lga kiritiladigan nufuzni tavsiflaydi. Ijtimoiy jihatlar umumta’lim maktablariga davlat siyosati, ijtimoiy munosabatlar, jamoat odatlari va boshqalar kabi omillarning ta’sirini aks ettiradi. Umumta’lim maktablari uchun esa haqiqiy maqsad va vositalarni ishlab chiqishda ushbu omillarni albatta hisobga olish kerak. Raqobat strategiyasining muvofiqligi taklif etilayotgan maqsadlar va vositalarning izchilligini tekshirish orqali aniqlanishi mumkin. Asosiy strategiyaning uchta turi mavjud bo‘lib, raqobat kuchlariga qarshi turish va boshqa ta’lim muassasalariga qaraganda yaxshiroq ishlashga erishish uchun umumta’lim maktabining potentsial muvaffaqiyat qozonuvchi asosiy uchta strategik yondashuvi diqqatga sazovordir. Ular quyidagilardir: 1. Sarf etilayotgan sa’y-harakatlarning mutloq yetakchiligi. 2. Tabaqalashtirish zamiridagi farqlash. 3. Diqqatni jamlash. Ba’zi hollarda umumta’lim maktablari bir nechta yondashuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin. Ushbu asosiy strategiya turlaridan birini samarali amalga oshirish odatda yo‘naltirilgan tashkiliy choralarni talab qiladi. Birinchi asosiy strategiya - bu maqsadga qaratilgan ta’limga oid chora- tadbirlar majmui asosida sa’y-harakatlar bo‘yicha mutloq yetakchilikga erishish. Sarf etilayotgan sa’y-harakatlarning mutloq yetakchiligini ta’minlash - ta’limga oid quvvatlarni,ya’ni, potentsial imkoniyatlarni pedagogik jihatdan samarali miqyosda faol ravishda yaratish, ta’limni tartibga solishga oid qo‘shimcha sa’y-harakatlarni qattiq nazorat qilish, kichik transaktsiya sa’y-harakatlaridan qochish, tadqiqot va ishlanmalar, xizmat ko‘rsatish, ta’limni uzatish tizimi, reklama kabi sohalarda sa’y-harakatlarni kamaytirish orqali ta’lim tizimini maqbullashtirish jarayonini talab qiladi. Bularning barchasi umumta’lim maktablarini boshqaruv nuqtai nazaridan sa’y-harakatlarni nazorat qilishga katta e’tibor berishni taqozo etadi. 153 Ta’lim muassasasining boshqa raqobatchilariga nisbatan nisbatan kam sarflanayotgan sa’y-harakatlar butun strategiyaning tarkibidir, ammo ta’lim va bilim berish sifati, shuningdek, ta’limga oid boshqa sohalarni ham chetlab o‘tish kerak emasligini taqozo qiladi. Kam sarflangan sa’y-harakatning naflari umumta’lim maktabi uchun hatto, kuchli raqobat sharoitida ham o‘rtacha ta’lim muassasalari ko‘rsatkichidan yuqori nufuz keltiradi. Kam sa’y-harakatlar chizig‘i umumta’lim maktabini raqobatchilardan himoya qiladi, chunki bu daraja raqobatchilar allaqachon bu qobiliyatini yo‘qotgan sharoitlarda nufuzga ega bo‘lish mumkinligini anglatadi. Kam miqdorda sa’y-harakat sarflab ko‘proq mavqeni egallash umumta’lim maktabini raqobat kurashida asosiy himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki raqobatchilarlar o‘z kuchlaridan faqat sarflanayotgan normativ sa’y-harakatlarni yutib chiqish maqsadida ham sun’iy ravishda raqobatchilar darajasiga tenglashtirishlari mumkin. Kam sa’y-harakatlar har taraflama boshqa ta’limga oid raqobatlardan himoya qiladi, bu esa umumta’lim maktabiga ko‘proq moslashuvchanlikni beradi, shu bilan birga ko‘proq ichki harakatlarni keltirib chiqaradi. Kam sa’y-harakatlar chizig‘ining yetakchilari, albatta umumta’lim maktablari uchun OTM ga yo‘naltirish bo‘yicha katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Pirovardida, kam sarfa ega bo‘lgan sa’y-harakatlar chizig‘i raqobat muhitida umumta’lim maktabi uchun maqbul zamin yaratadi. Kam sa’y-harakatlar tufayli yuqori mavqega erishish nisbatan ko‘p mehnat mehnat sarf etilmaydigan yuqori iqtidorli o‘quvchilar ko‘lamining kengligini yokimahalliy sharoitdagi yetuk mutaxassislarning mavjudligi kabi ko‘plab ustunlik jihatlarning mujassam bo‘lishini taqozo qiladi. Shuningdek, u ta’lim sifatini oshirish uchun uslubiyatning o‘zini o‘zgartirish, say-harakatlarni kamaytirish uchun tegishli ilg‘or pedagogik uslubiyatlarni yaratish, o‘quvchilarni OTM ga yo‘naltirish uchun barcha asosiy iqtidorli o‘quvchilar ko‘lamiga sifatli bilim berish zarurligini aniqlashi mumkin. Umumta’lim maktablari strategik rivojlanishida kam 154 sa’y-harakat strategiyasini ro‘yobga chiqarish OTM ga qamrov bo‘yicha kvota doirasidagi ulushini qo‘lga kiritish uchun ilg‘or pedagogik uslubiyatlarni kiritishni, shuningdek, yetuk pedagog o‘qituvchilarni jalb qilishlarni talab qilishi mumkin, modomiki, bu kabi urinishlar esa amalga oshiriladigan tajovuzkor sa’y-harakatlarni va dastlabki ba’zi yo‘qotishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Umumta’lim maktablarida OTM ga tayyorlash va unga qamrovini oshirish, o‘z navbatida, unga qilinayotgan sa’y-harakat sarfiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatish bilan, ularni bir maromda harakatlanishga keltirirgan holatda, uni barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Mabodo, kam miqdorda sa’y-harakat sarflab aksincha, ko‘proq mavqega erishilsa, u yuqori samaradorlikni, shuning bilan birgalikda, kam miqdorda sa’y-harakat bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolish, yangi, eng zamonaviy pedagogik uslubiyatlarni o‘z pedagogik amaliyotlariga qayta-qayta kiritib borish zarurligini o‘z-o‘zidan taqozo etadi. Umumta’lim maktablari faoliyatiga eng zamonaviy pedagogik uslubiyatlarni o‘z pedagogik amaliyotlariga qayta-qayta keng miqyosda kiritib borish, barqaror sa’y-harakatlar chizig‘ini saqlab qolish uchun zaruriy shart bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kam miqdorda sa’y-harakatlar bo‘yicha yetakchilik umumta’lim maktabiga o‘z mavqeini saqlab qolish uchun bajarishi kerak bo‘lgan bir qator majburiyatlarni, ya’ni zamonaviy pedagogik uslubiyatlarni o‘z pedagogik amaliyotlariga qayta- qayta kiritib borish, siyqasi chiqqan pedagogik jihatlarni tugatish, tor doira ixtisoslashuvidan chetlashish va pedagogik-texnologik ishlanmalarni takomillashtirish kabi bir qator vazifalarni yuklaydi. Umumta’lim maktablarida OTM ga tayyorlash va unga qamrovini oshirishning o‘sishi bilan unga qilinayotgan sa’y-harakat sarfini kamaytirish o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi, balki, bu borada nafaqat pedagogik uslubiyatni kiritishni,shuning bilan birgalikda yetuk mutaxassislarni jalb qilishni, ular mehnatiga ma’lum darajada salmoqqa ega ish haqini tashkillashtirishni ham talab qiladi. Bu jarayonga esa o‘z navbatida, xuddi barcha miqyosdagi kabi ishbilarmonliksiz, tegishli tashabbuskorona amalga oshiriladigan sa’y-harakatlarsiz erishib bo‘lmaydi. 155 Tashabbuskorona amalga oshiriladigan sa’y-harakatlarni boshqarish strategiyasining seskanadigan jihatlarini quyidagicha ifodalash mumkin: - ta’lim sifatini oshirish va shu asosida OTM larga yo‘naltirish ko‘lamini kengaytirish yuzasidan oldinggi qilingan urinishlar yoki tajribalarni yo‘qqa chiqaradigan texnologik o‘zgarishlar; - ta’lim segmentiga nufuz nuqtayi nazaridan yangi qo‘shilganlarning yoki uning izdoshlari tajribasini o‘z amaliyotlarida qo‘llash yoki eng yangi, eng zamonaviy pedagogik uslubiyatlarni o‘z pedagogik amaliyotlariga qayta-qayta kiritish orqali bu borada qilinayotgan sa’y-harakatlarni kamaytirish iqtidori; - qilinayotgan sa’y-harakatlar muammosiga e’tiborning kuchayishi tufayli umumta’lim maktablarining OTM ga yo‘naltirishdagi zaruriy o‘zgarishlarga yoki umuman, ta’lim segmentidagi ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga javob bera olmasligi; - umumta’lim maktabining nufuzini yoki raqobatchilarning boshqa ustun jihatlarini yo‘qotish uchun umumta’lim maktabining yetarli sa’y- harakatidagi farqli jihatlarni saqlab qolish iqtidorini pasaytiradigan qadrsizliklar. Ikkinchi tur asosiy strategiya - bu umumta’lim maktabi tomonidan taklif etilayotgan o‘quvchilarni tayyorlashga qaratilgan pedagogik uslubiyat va texnologiyani tabaqalashtirish, ya’ni butun ta’lim segmentida yagona deb qabul qilinadigan bunday pedagogik uslubiyat va texnologiyani yaratish. Bunda o‘quvchilarni tayyorlashga qaratilgan pedagogik uslubiyat va texnologiyani tabaqalashtirish turli shakllarda, ya’ni o‘quvchilar nufuzi yoki strategiya shiori, pedagogik va uni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmaviy texnologiya (masalan, byudjetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan yo‘nalishlar), funksionallik, ota- onalar e’tiborini qozonish, ta’lim segmentidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari yoki boshqa ko‘plab jihatlar bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Odatda, har qanday faoliyat yurituvchi sebyektning ham qaysidir jihati bilan bir-biridan farq qiladigan tomonlari albatta bo‘ladi. 156 Xulosa o‘rnida shuni alohida aytib o‘tish lozimki, o‘quvchilarni OTM ga tayyorlashga qaratilgan pedagogik uslubiyat va texnologiyani tabaqalashtirish, ya’ni farqlash strategiyasi strategiyani amalga oshirishga qilinayotgan sa’y- harakatlarni kam salmoqqa tushirishni anglatmaydi, balki, sa’y-harakatning turini yangilashni, shuning bilan birgalikda, uning unumdorligini oshirishni bildiradi. O‘quvchilarni OTM ga tayyorlashga qaratilgan pedagogik uslubiyat va texnologiyani tabaqalashtirish, ya’ni farqlash strategiyasi, agar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, o‘rtacha ta’lim muassasalari ko‘rsatkichidan yuqori natijaga erishishning samarali vositasidir, chunki u raqobatbardosh ta’lim muassasalariga nisbatan sa’y-harakatlar bo‘yicha yetakchilik strategiyasi jihatidan ustun bo‘lgan holda, mustahkam harakat chizig‘ini yaratadi. O‘quvchilarni OTM ga tayyorlashga qaratilgan pedagogik uslubiyat va texnologiyani tabaqalashtirish, ya’ni farqlash raqobatbardosh raqobatdan himoya qiladi, chunki u strategik shiorga nisbatan mas’uliyatni oshiradi va qilinayotgan sa’y-harakatga nisbatan esa xushyorlikni keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida, umumta’lim maktabining ta’lim segmentidagi mavqeining, nufuzining yuksalishiga sabab bo‘ladi va pirovardida, sarflanayotgan sa’y-harakatlar xavf-xatarini o‘z-o‘zidan pasaytiradi. Umumta’lim maktabining ta’lim segmentidagi mavqeining, nufuzining yuksalishiga qarab, ota-onalarning sodiqligi saqlanib qolsada, ammo raqobatchilarning o‘quvchilarni OTM ga tayyorlashga qaratilgan pedagogik uslubiyat va texnologiyaning o‘ziga xosligini o‘zlashtirish borasidagi sa’y-harakatlari, ko‘rilayotgan umumta’lim maktabi misolida yana qaytadan farqli jarayonga kirish uchun muammoviy to‘siqni vujudga keltiradi. Umumta’lim maktablari faoliyatida tabaqalashtirish, ya’ni farqlash raqobatchilarga qarshi turish uchun yuqori darajadagi mavqeini, nufuzni ta’minlaydi, shuningdek, ota-onalarda, o‘quvchilarda ixlosmandlikni mo‘tadillashtirishga imkon beradi, chunki ota-onalar, o‘quvchilar taqqoslanadigan boshqa muqobillarda, ko‘rilayotgan umumta’lim maktabining ustunlik tomonidan farqli jihatlarni ko‘rmaydi. Oxir-oqibat, ota-onalarning, o‘quvchilarning ixlosini 157 qozongan umumta’lim maktabi, o‘zi o‘zlashtirgan ilg‘or pedagogik texnologiyalari jihatidan raqobatchilardan farqli ravishda ta’lim segmentida maqbul o‘ringa ega bo‘ladi. O‘quvchilarni OTM ga tayyorlashga qaratilgan pedagogik uslubiyat va texnologiyani tabaqalashtirish, ya’ni farqlashni umumta’lim maktablar faoliyatida o‘tkazish ba’zan yuqori OTM ga qamrov bo‘yicha kvota ulushiga erishishga to‘sqinlik qilishi mumkin, chunki ko‘pincha pedagogik uslubiyat va texnologiyani tabaqalashtirish g‘oyasi uning bu borada yagonaligini anglatadi. Xolbuki, mazkur holat endi o‘zlashtirilayotgan yangi jarayon sifatida OTM ga qamrov bo‘yicha kvota ulushi doirasida biroz orqada qolishiga olib kelishi mumkin. Odatda, o‘quvchilarni OTM ga tayyorlashga qaratilgan pedagogik uslubiyat va texnologiyani tabaqalashtirish, o‘z maqomi bilan yagonalikni o‘zida namoyon qilgani bois ham, kam sa’y-harakat chizig‘iga muqobildir, chunki unga erishish uchun ma’lum darajada moliyaviy resuslarga ham ehtiyoj seziladi. Bu kabi chora- tadbirlarni amalga oshirish keng ko‘lamli tadqiqot va ishlanmalarni, yuqori sifatli materiallarni amaliyatga kiritishni yoki ota-onalar bilan, hattoki homiy tashkilotlar bilan samarali hamkorlik asosida ishlashni o‘z ichiga oladi. Farzandini OTM ga yo‘naltirish orzusida bo‘lgan ba’zi ota-onalar ma’lum bir umumta’lim maktabining boshqa ta’lim muassasalariga qaraganda strategik jihatdan ustunligini tan olsalar ham, ularning hammasi ham mazkur umumta’lim maktabining strategik imkoniyatlaridan foydalanishga qaysidir sababga ko‘ra tayyor yoki qodir bo‘lmaydi. Umumta’lim maktablari faoliyatidagi farqlash startegiyasining natijasi o‘zining qo‘lga kiritayotgan nufuzi bilan nisbatan kam miqdordagi sa’y- harakatlariga mos kelishi va raqobatchilarning sa’y-harakatlariga qiyoslaganda kelajakni belgilashda ular xalaqit bermasligi lozim. Umumta’lim maktablari strategik faoliyatidagi raqobatchilar ta’siridagi quyida qayd etilgan strategik xavflar guruhi strategik farqlash bilan o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘ladi: 158 - raqobatchilar o‘rtasidagi OTM ga yo‘naltirish bo‘yicha sa’y-harakat farqlari, bilim berishning alohida xususiyatlaridan yoki tabaqalashtirilgan umumta’lim maktabining qiyofasidan ko‘ra, ortiqcha tashkiliy masalalarni afzal ko‘rmaydigan ota-onalarning ixlosini saqlab qolish uchun uning darajasi anchagina ko‘lamga ega bo‘lishi mumkin; - ota-onalar talabi bo‘yicha monitoring o‘tkazish bilan, ko‘proq talabchan o‘quvchilar uchun qaysi talim muassasasining pedagogik uslubiyati yaxshi, qaysisiniki esa qoniqtirmaydi kabi talqindagi farqlash omili mutlaqo ahamiyatsiz ekanligini aniqlash mumkin; - bir umumta’lim maktabining boshqa bir ta’lim muassasasidan andoza olish natijasi albatta, yagonalikni istisno etib, paydo bo‘ladigan farqlanishni kamaytiradi, bu odatda, mazkur ta’lim muassasasining faoliyati pastga qarab sho‘ng‘iyotganligidan dalolat beradi. Uchinchi tur asosiy strategiya - ma’lum bir ota-onalar va o‘quvchilar guruhi, ta’lim muassasasi va uning faoliyat turi yoki geografik ta’lim segmenti kabi majmuaviy bir bo‘g‘inni o‘ziga qamrab oladi.Tabaqalashtirish zamiridagi farqlash singari, diqqatni jamlash ham turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Agar, kam miqdorda sa’y-harakatga yo‘naltirilgan, odatiy farqlash strategiyasining maqsadlari butun ta’lim segmentiga taalluqli bo‘lsa, u holda diqqatni jamlash strategiyasi ta’limning barcha funktsional sohalari faoliyatida o‘z ifodasini topgan torroq maqsad yo‘lida diqqatni bir joyda jamlashni o‘zida namoyon qiladi. Ushbu strategiya umumta’lim maktabining undanda kengroq miqyosda faoliyat yuritadigan raqobatchilariga qaraganda yuqori samaradorlik yoki unumdorlik bilan strategik maqsadga erishish uchun torroq maqsad yo‘lida diqqatni bir joyda jamlash strategiyasidan foydalanishlari mumkin degan dastlabki fikrga asoslanadi. Ushbu dastlabki fikrni amalga oshirish natijasida umumta’lim maktabi maqsadli ta’lim ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish bilan ushbu ta’limga oid xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq sa’y-harakatlarni kamaytirish o‘rtasidagi farq vujudga keladi. Ustamonlik (fokuslash) strategiyasi kam miqdordagi sa’y-harakatlarga yoki 159 torroq maqsad yo‘lida diqqatni bir joyda jamlash ta’lim segmentida ikkala holatdan biriga erishtirishi mumkin. Uchta asosiy strategiya turlari o‘rtasidagi tavofutlar 8.3-rasmda keltirilgan. Ustamonlik (fokuslash) strategiyasini amalga oshirayotgan umumta’lim maktabi, shuningdek, o‘rtacha ta’lim muasasalari ko‘rsatkichidan yuqori nufuzga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. Mazkur strategiyaning e’tiborli jihati strategik maqsad doirasidagi kam sa’y-harakat sarflash chizig‘ini yoki yagonalikni pesh qilish natijasidagi yuqori darajadagi farqni o‘z ichiga olgan ikkala strategiyani ham qamrab olishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, sarf etilayotgan sa’y-harakatlarning mutloq yetakchiligi va tabaqalashtirish zamiridagi farqlash strategiyalarini ko‘rib chiqishda, bu holatlar o‘zida yagonalikni yaratgan umumta’lim maktabini barcha raqobatdosh kuchlardan himoya qilishining guvohi bo‘lamiz. Bundan tashqari, diqqatni jamlash o‘rnini bosadigan pedagogik uslubiyat va texnologiyalar yoki raqobatchilarda eng zaif bo‘lgan rivojlanishning strategik yo‘nalishlari bilan eng kam tahdid soladigan maqsadlarni tanlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ustamonlik (fokuslash) strategiyasi har doim muhim OTM ga qamrov bo‘yicha kvota ulushini olish qobiliyatiga ba’zi cheklovlar bilan bog‘liq. Bu muqarrar ravishda samaralilik darajasi va o‘quvchilarning haqiqatda OTM larga qabul qilinganlik, ya’ni talabalik sharafiga muyassar bo‘lganligi o‘rtasidagi tanlovni o‘z ichiga oladi. Tabaqalashtirish zamiridagi farqlash strategiyasida bo‘lgani kabi, sa’y-harakatlar bo‘yicha yetakchi mavqega yetishishda muqobil kerak bo‘lmasada, uning paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud. Quyidagi xavflar to‘plami diqqatni jamlash bilan bog‘liq: - keng strategik reja bo‘yicha harakat qilayotgan raqobatchilar va ustamonlik (fokuslash) strategiyasini amalga oshirayotgan umumta’lim maktabi o‘rtasidagi sa’y-harakatlardagi farqni oshirish ikkinchisining tor maqsadli ta’limga oid xizmat ko‘rsatishdagi jami sa’y-harakatlar ustunligini yo‘q qilishga yoki 160 diqqatni jamlash orqali erishilgan tabaqalashtirish zamiridagi farqlashni bo‘shliq holatiga olib keladi; - maqsadli ta’lim segmentida talabga ega bo‘lgan pedagogik uslubiyat, pedagogik texnologiyalar yoki ta’lim xizmatlari va umuman ta’lim segmentidagi iqtidorli o‘quvchilar yoki ularga berilayotgan biliml;ar o‘rtasidagi farqlarni qisqartirish; - raqobatchilar strategik OTM ga qamrov bo‘yicha maqsadli kvota doirasida torroq ta’lim segmentlarini topadigan va shu orqali ustamonlik (fokuslash) strategiyasini amalga oshirayotgan umumta’lim maktabining ustunligini yengib o‘tadigan vaziyat. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling