A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


“Umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari”


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

“Umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari” - umumiy o‘rta ta’lim
maktabining shtat jadvalida rasman qayd etilgan va doimiy asosda
ishlaydigan xodimlar.
“Zo‘ravonlar” - bu o‘z sohasida texnik taraqqiyotga yetakchilik qiladigan,
faoliyatning keng diversifikatsiyasiga ega bo‘lgan, yirik ta’lim
segmentini egallashga e’tibor qaratadigan va monopollashtirish,
integratsiya va raqobatbardosh xatti-harakatlarning tajovuzkor
shakllaridan foydalangan holda raqobatchilarni bostirishga
intiladigan yirik umumiy o‘rta ta’lim maktablaridir.
“Kichik tadbirkorlik firmalari” - bu, odatda, ishlab chiqarish va maishiy
xizmatlar ko‘rsatishda faoliyat yurituvchi, hamkorlik strategiyasiga


220
va moslashuvchan raqobatbardosh xulq-atvorga rioya qiluvchi
kommutantlar.
“Faoliyatni gorizontal holatda qo‘shish” - bir xil ta’lim turiga ega bo‘lgan yoki
ta’lim berishning bir xil bosqichlarini amalga oshiruvchi o‘xshash
ta’lim muasasalarini birlashtirish.
“Faoliyatni vertikal holatda qo‘shish” – o‘quvchilarni OTM larga
yo‘naltirishning pedagogik-texnologik jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lgan o‘xshash ta’lim muasasalarini birlashtirish, ya’ni
o‘quvchilar holatining dastlabki bosqichlaridan tortib, to OTM
lariga yo‘naltirishgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish.
“Faoliyatni umumiy holatda qo‘shish” – turdosh ta’lim muassasalarining
birlashmasi. Masalan, maktabgacha ta’lim tashkiloti, shuningdek,
umumiy o‘rta ta’lim maktabi va OTM larining o‘zaro hamkorlik
munosabatlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
“Umumiy o‘rta ta’lim maktabining transformatsion sa’y-harakati” -
Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha
transformatsion
sa’y-harakati
deganda,
tarkibiy
jihatdan
muvozanatli raqobatbardosh faoliyatini va asosiy ta’lim faoliyatiga
infratuzilmaviy jihatdan xizmat qiluvchi strategik jihatdan tashkil
qilingan tashkiliy tuzilmasini texnologik jihatdan, shuning bilan
birgalikda, strategik nuqtayi nazardan shakllantirish bo‘yicha
mahalliy davlat hokimiyati bog‘inlari, viloyat xalq ta’limi
boshqarmasi va bo‘limlari hamda turli faoliyat yurituvchi
subyektlar o‘rtasidagi strategik tus beruvchi o‘zaro hamkorlik
munosabatlari tizimi tushuniladi


221
Ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Qaroriga (https://uzedu.uz/uz/halk-
talimini-rivozlantirisga-oid-kusimca-cora-tadbirlar-tugrisida) asosan, 2022 yilning
1 sentyabridan boshlab xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlar
rahbarlariga byudjetdan tashqari mablag‘larini mustaqil tasarruf etish huquqi
berilmoqda.
Mazkur qaror qabul qilingunga qadar xalq ta’limi tizimidagi muassasa va
tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 25 foiz
miqdorida to‘lab kelingan bo‘lib, yangi tartib bo‘yicha ushbu miqdor 1 foiz etib
belgilandi.
Ya’ni muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari daromadlari 24
foizga ko‘payishiga erishiladi.
Misol uchun, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan 26 sonli
umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan 2021 yil davomida byudjetdan tashqari
mablag‘lar hisobidan jami 2,4 mlrd. so‘m mablag‘ni xodimlariga qo‘shimcha ish
haqi, ustama va mukofotlarga yo‘naltirgan bo‘lib, shundan 482 mln. so‘m ijtimoiy
soliq to‘lovlarini tashkil etgan. Endilikda esa, joriy yilda ham shu miqdordagi
mablag‘larni xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiradigan taqdirda
maktab ixtiyorida yangi imtiyozlar hisobiga qo‘shimcha 462,5 mln. so‘m
mablag‘ qolib, atigi 19,5 mln. so‘m ijtimoiy soliq uchun to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishdan tushgan byudjetdan
tashqari mablag‘larni yashirgan, shuningdek, xodimlarga norasmiy ish haqi
to‘lagan xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning rahbarlari
qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


222

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling