A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
I BOB. STRATEGIK MENEJMENT FANIGA KIRISH
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
I BOB. STRATEGIK MENEJMENT FANIGA KIRISH
1.1. Strategik menejmentning paydo bo‘lishi va kelib chiqish tarixi Strategik menejment - bu fan-texnika rivojining shiddatiga ko‘ra boshqaruv jarayonining jadallashayotgan sohasi bo‘lib, u atrofdagi tashqi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitining o‘sib borayotgan o‘zgarishlariga qarab paydo bo‘ldi. Strategik rejalashtirish va menejment nazariyasi Amerika biznes tadqiqotchilari va konsalting firmalari tomonidan ishlab chiqilgan, keyin bu nazariya barcha rivojlangan mamlakatlarda ichki rejalashtirish usullari toifasiga kirdi. Hozirgi vaqtda strategiyaning ko‘plab ta’riflari mavjud, ularning barchasi strategiya tushunchasi bilan birlashtirilgan, bu strategiyaning kelajakdagi holatiga ta’sir qiluvchi ongli va puxta o‘ylangan strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish asosini tashkil etadigan faoliyat yurituvchi subyektni tashqi muhit bilan bog‘lovchi vosita sifatidagi me’yorlar va qoidalar to‘plamidir. “Strategiya - bu asosiy maqsadga erishish uchun muammolar va resurslarning ustuvorliklarini belgilaydigan uzoq yillarga mo‘ljallangan umumiy harakatlar dasturi hisoblanadi. U tub negizli maqsadlar va ularga erishishning asosiy usullarini shakllantirish bilan bir qatorda, faoliyat yurituvchi subyektlar uchun bir butunlikdagi mujassamlashgan harakat yo‘nalishini ochib beradi” 3 . “Strategik menejment strategik qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish jarayoni bo‘lib, uning markaziy bo‘g‘ini faoliyat yurituvchi subyektning o‘z resurs salohiyatini u faoliyat yuritayotgan tashqi muhit imkoniyatlari va tahdidlari bilan solishtirishga asoslangan strategik tanlovdir. Strategiyani faoliyat yurituvchi subyekt erishmoqchi bo‘lgan jarayon, shuningdek, uning maqsadlari, ushbu maqsadlarga erishish uchun tanlangan xatti-harakatlar o‘rtasidagi asosiy bog‘liqlik sifatida ko‘rish mumkin”. 3 Кембел Д. Стратегический менеджмент. Москва, Инфра-М, 2003 г. 19 “Strategik menejment” atamasi ishlab chiqarish darajasidagi doimiy boshqaruv va eng yuqori darajadagi boshqaruvni farqlash uchun 1960-70-yillar oxirida kiritilgan. Bunday farqlash zarurati o‘zgaruvchan muhitda faoliyat yurituvchi subyektning rivojlanishini boshqarishning yangi modeliga o‘tish bilan bog‘laydi. Strategik menejmentning dolzarbligini belgilaydigan to‘rtta omil va shartlar mavjud. 1. XX asrning ikkinchi yarmida ichki va tashqi o‘zgarishlardan kelib chiqadigan vazifalar soni barqaror ravishda ortib bordi. Ularning ko‘pchiligi printsipial jihatdan yangi bo‘lib, XX asrning birinchi yarmida to‘plangan tajribaga asoslanib, hal qilinishi mumkin emas edi. 2. Milliy xo‘jaliklar faoliyati geografik ko‘lamining kengayishi bilan bir qatorda vazifalarning ko‘pligi boshqaruv muammolarini yanada murakkablashishiga olib keldi. 3. Boshqaruvning yuqori bo‘g‘inining roli ortib bordi, shu bilan birga XX asrning birinchi yarmida shakllangan boshqaruv ko‘nikmalari yig‘indisi paydo bo‘lgan muammolarni hal qilish shartlariga kamroq mos keldi. 4. Tashqi muhitning beqarorligi kuchaydi, bu strategik keskin o‘zgarishlar, ularning oldindan aytib bo‘lmaslik ehtimolini oshirdi. Mazkur jarayonda egiluvchan boshqaruvdan foydalanish juda muhim bo‘lib, o‘z navbatida, bu faoliyat yurituvchi subyektning tez o‘zgaruvchan muhitga moslashishini ta’minlaydi. Rivojlanayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob berishga esa faqatgina faoliyat yurituvchi subyekt rivojlanishini strategik boshqarish orqaligina erishiladi. Mahalliy faoliyat yurituvchi subyektlarning tashqi muhitining tez o‘zgarishi ham boshqaruvning yangi usullari, tizimlari va yondashuvlarining paydo bo‘lishini 20 rag‘batlantiradi. Agar tashqi muhit amalda barqaror bo‘lsa, strategik boshqaruv bilan shug‘ullanishning alohida ehtiyoji yo‘q. Biroq, hozirgi vaqtda mahalliy faoliyat yurituvchi subyektlarning aksariyati tez o‘zgaruvchan va oldindan aytish qiyin bo‘lgan muhitda ishlaydi, shuning uchun ularga strategik boshqaruv usullari suv va havoday zarur. Mahalliy amaliyotda strategik boshqaruv tizimini shakllantirish zarurati ham davom etayotgan integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq. Avj olgan xorijiy tadbirkorlik va ishbilarmonlik jarayonlarida, masalan Rossiya tadbirkorligida texnologik tomondan zanjir tusini olgan, ya’ni kooperatsion bir-biriga bog‘liq bo‘lgan faoliyat yurituvchi subyektlarni boshini qovushtirgan sanoat tugunlari vujudga kelmoqda, ularda moliyaviy tus olgan sanoat tugunlarini shakllantirishning faol jarayoni mavjud, savdo (tijorat) subyektlari asosiy tadbirkorlikni boshlash bilan deyarli bir vaqtning o‘zida moliyaviy va savdo (tijorat) guruhlarini tuzmoqdalar. Strategik menejmentni rivojlantirishning navbatdagi muhim sharti bu bizning mamlakatimizni ham qamrab olgan biznesning globallashuvi jarayonidir. Global faoliyat yurituvchi subyektlar dunyoni milliy tafovutlar va imtiyozlar mavjud bo‘lmagan, iste’mol standartlashtirilgan yagona bir butunlik sifatida ko‘radi. Global faoliyat yurituvchi subyektlarning mahsulotlari - Mars, Siemens, Sony, Procter & Gamble, L’Oreal va boshqa ko‘plab mahsulotlar dunyoning barcha mamlakatlarida sotiladi va milliy bozorlarda raqobatning muhim omili hisoblanadi. Global faoliyat yurituvchi subyektlarning tovarlari hujumiga qarshi turishning yagona yo‘li shu kabi usullarni qo‘llash, ya’ni raqobat muhitida faoliyat yuritish strategiyasini ishlab chiqishdir. Hamkorlikda faoliyat olib borish (korporativ holatda) orqali strategik menejmentni rivojlantirish bosqichlarini tatbiq etishda uning usullarining paydo bo‘lishi va ularni faoliyat yurituvchi subyektlar faoliyatida tadbiq etish aynan tadbirkorlik ishi avj olgan vaqtlarda o‘zlashtirish uchun eng osondir. Ishbilarmon 21 va tadbirkor biznes vakillar odatda, hamkorlikda faoliyat olib borishni (korporativ holatda) rivojlantirishning to‘rt bosqichini tajriba asosida boshidan kechiradi, ya’ni, byudjetlashtirish, uzoq muddatli rejalashtirish, strategik rejalashtirish va nihoyat, strategik menejment. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling