A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat fakulteti


O‘zbek voleybolini ilk bor ravnaq topishida


Download 0.73 Mb.
bet4/6
Sana21.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1107266
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Voleybolni vuludga kelishi va rivojlanishi SLAYD

O‘zbek voleybolini ilk bor ravnaq topishida
  • A.Saakov, G.L.Keshishev, V.X.Shnurov, V.F.Shveduks, A.A.Bogachenko, B.A.Voronsov kabi murabbiylarning xizmati alohida ahamiyatga ega.
  • 1938-yilga kelib O‘zbekistonda kuchli jamoalarning soni 72 taga yetdi. Bular SAGU «Dinamo», ODO, Qurilish texnikumi, «Lokomotiv», O‘zTRANS, SazPI (Toshkent), Farg‘ona, Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Qo‘qon va boshqa jamoalardir.
  • 1938-yilning dekabridan boshlab birinchi bor Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan an’anaviy musobaqalar tatbiq etildi.
  • 1944-yilda o‘tkazilgan navbatdagi o‘rta Osiyo va qozog‘iston Respublikasi Spartakiadasida o‘zbek voleybolchilari yuqori mahorat namoyish etib, erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o‘rinni egallashga muyassar bo‘lishdi.
  • 1945-yildan boshlab jismoniy tarbiya va sport hamda jamoalarni qayta tiklash davri kuchga kira boshladi.
  • 1946-yili Toshkent, Andijon, Samarqandda shahar birinchiliklari, shu yil iyun oyida respublika birinchiligi o‘tkazilgan bo‘lsa, oktabrda Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi Odessa shahriga «mamlakat» birinchiligida ishtirok etish uchun jo‘nadi. Mazkur musobaqada erkaklar va ayollar jamoalari o‘z guruhlarida to‘rtinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi.
    • 1947-yil 1-yanvarda berilgan hisobotlarga ko‘ra, voleybol bilan muntazam shug‘ullanuvchilarning soni 9278 kishini tashkil etgan.
    • Respublika bo‘yicha 1 razryadli voleybolchilar – 6 kishi, 2 razryad-lilar 344 kishini o‘z ichiga olgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, voleybolning ommaviylik darajasi ham, voleybolchilarning mahorat saviyasi ham ko‘ngildagidek bo‘lmagan.
    • Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining 1947-yilgi hisobotida bu ahvol haqida Surxondaryo, Xorazm, Buxoro viloyatlaridagi sanoqli sport inshootlarining, jumladan, voleybol maydonchalarining hech qanday talablarga javob bermasligi qattiq tanqid ostiga olingan edi.
    • O‘zbekistonda voleybolning ommaviylik doirasi kengayishiga respublikamizning 1948-yil 27-dekbrda qabul qilgan «Jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida rivojlantirish hamda sportning ommaviyligini oshirish» haqidagi Qarori alohida kuch bag‘ishladi.
    • 1958-yilda respublikamizda maktablararo musobaqalar avj oldi. Ayniqsa, bu davrda Oliy o‘quv yurtlari jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qizg‘in tus ola boshladi.
    • SAGU va «Burevestnik» talabalari ko‘ngilli sport jamiyati jamoalari eng kuchlilar qatoridan joy olishdi.
    • Maktab o‘quvchilari orasida Toshkentning 64-maktab o‘smirlar jamoasi va 104-maktabning qizlar jamoasi mazmunli voleybol namoyish qildilar.
    • 1959-yilda o‘zbek voleybolchilari «Ittifoq» halqlari Spartakiadasida ishtirok etib, erkaklar 14-o‘rin, ayollar jamoasi esa 11-o‘rinni egalladi.
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling