A. qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti tasviriy san


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana10.10.2020
Hajmi1.31 Mb.
#133158
1   2   3   4   5
Bog'liq
kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Konstruktiv nuqsonlarni aniqlash va ularni  bartaraf etish usullari. 

 

Tayyor  kiyim  gavdada  yaxshi  o’tirishi  va  kishiga  yarashib  turishi  lozim. 



Kiyimning bichig’i gavdaning xususiyatlariga mos kelgan taqdirdagina u gavdaga 

yaxshi  o’tiradi.  Kiyimning  shu  talablarga  mosligidan  dalolat  beruvchi  asosiy 

ko’rsatkichlar  quyidagilardan  iborat:  asosiy  detallarning  o’zaro  uyg’unligi, 

burmalar  hosil  bo’lmasligi,  qulayligi  va  gavda  harakatiga  halakit  burmasligi. 

Kiyim  yaxshi  tikilgan  bo’lsa,  uning  o’lchamlari  va  bichimi  gavdaning  tayanch 

yuzalariga (yelkalarning va ko’krakning balandligiga, belga, xullas qomatga) mos 

keladi;  kiyimda  burushiklar  bo’lmaydi,  uning  to’g’ri  qismlari  tayanch  yuzadan 

pastga  bemalol  solinib  tushib  turadi.  Detallarda  bo’ylamasiga  yo’nalgan  pardoz 

chiziqlar  (baxyalar,  soqlar  va  hakozo)  aniq  vertikal  chiziq  bo’yicha  ko’ndalang 

yo’nalganlari  esa  gorizontal  chiziq  bo’yicha  joylashadi.  Kiyimning  oldidagi, 

orqasidagi va boshqa detallardagi chiziqlar vertikal chiziqdan chetga og’ishmaydi 

yoki  vertikaldan  atigi  ±  1-1,5

0

  chetga  chiqqan  bo’ladi.  Bu  esa  ko’zga  ham 



chilinmaydi. Etak, bel va son chiziqlari aniq gorizontal yo’nalishda joylashadi yoki 

tayyor  kiyimda  gorizontal  chiziqda  ko’pi    bilan  ±  1-1,5

chetga  chiqqan  bo’lishi 



mumkin. 

Tayyor  kiyimga  baxo  berishda  e’tiborga olinadigan nuqsonlar  olti guruhga 

bo’linadi.  

1. 


Ko’ndalang  burmalar-detalning  uzunligi  (vertikal  yo’nalishda)  keragidan 

ziyod  bo’lishi  yoki  detalning  kengligi  (gorizontal  yo’nalishda)  kaymayib  ketishi 

natijasida vujudga keladi. 

Kiyimning orqasida yoqa tagidagi ko’ndalang burma. Burmani yo’qotish joyi 

belgilab  qo’yiladi;  orqadagi  yoqa  o’mizining  cheti  va  yelkasi  zixi  shu    burma 

chuqurligiga  pasaytiriladi.  Hosil  bo’lgan  nuqtalar  belgi  nuqtaga  tutashtiriladi. 

Keyin oldindagi va orqadagi yelka zixlarini yuqoriroq ko’tarish yoki orqadagi o’rta 

chokni so’kib, shu yerdagi chok haqi hisobiga kiyim orqasini kengaytirish kerak. 

Yoqa  tagidagi  ko’ndalang  burma  katta  bo’lmasa  uni  quyidagicha  yo’qotsa  ham 

bo’ladi: yoki stoykasi qaytadan dazmollanib, otlyoti bo’yicha chiziladi. 

Orqada  yeng  o’mizi  yonidagi  ko’ndalang  burmalar  orqadagi  o’rta  chokni 

so’kib, orqani kengaytirish kerak. Bu holda kiyim orqasining bel va son chiziqlari 

kengligi keragidan oshib ketadigan bo’lsa, orqani yon chiziq bo’yicha qayta bichib, 

uning  pastki  qismidagi  normal  kengligini  saklab  kolishga  to’g’ri  keladi.  Zarur 

bo’lganida orqadagi yoqa o’mizining kengligi ham aniqlanadi, aks holda yoqaning 

orqa qismi bo’yinga yopishib turmaydi. 

Shimlarning  bantidagi  ko’ndalang  burmalar  nuqsonni  bartaraf  kishi  uchun 

bantni qisqartirish kerak. Bant ancha qisqarganida og’ chizig’i ham shunga yarasha 

qisqaradi  va  yon  chiziqning  egrilik  darajasi  o’zgardi.  Shim  old  yarm  iyon 

chizig’ining egrilik darajasi o’zgarsa, shim tanaga ko’proq yopishib turadi, shunda 

mazkur nuqson uncha bilinmaydi. 

Shimning  banti  tagidagi  ko’ndalang  burmalar  bu  nuqsonni  yo’qotish  uchun 

shimning orqa yarmini og’ chizig’i bo’yicha kengaytirish kerak; uning ustki zixini 

qaytadan bichib, yon chiziqning egrilik darajasini oshirish lozim, shunday qilganda 

shim songa yopishibroq turadi. 


Shim og’ chizig’ining yuqorigi qismidagi ko’ndalang burmalar. Shimning yon 

chizig’i  qo’shib  beriladigan  chok  haqi  kamaytirilib,  og’  chizig’iga  qo’shiladigan 

chok haqi ko’paytiriladi. Shu yerdagi chok sal-pal tortilib tursa, unda bu nuqsonni 

yo’qotish uchun og’ chizig’iga qo’shiladigan chok haqini oshirish kerak. 

Shimning  yon  choklardagi  ko’ndalang  burmalar.  Shimning  har  ikkala 

yarmining yuqorigi chetlari shu burmalar kengligigacha qisqartriladi. 

2. 

Buylama  (vertikal)  burmalar.  Detalning  (gorizontal  yo’nalishda)  ortiqcha 



kengligidan  yoki  detallarning  (vertikal  yo’nalishda)  ortikcha  uzunligidan  kelib 

chiqadi. 

Orqaning  yuqorigi  tomonidagi  bo’ylama  burmalar.  Kiyimning  orqasidagi 

ortiqcha  gazlama  umumiy  chokka  qo’shib  tikiladi. Old  yeng  o’mizidagi  burmalar 

bu  nuqson  yelka  zixini  va  o’miz  chizig’ini  tortib  chuzish  yo’li  bilan  yo’qotiladi. 

Mazkur burma yeng o’mizining ostigacha yetib turgan bo’lsa, u holda kiyimning 

old qismi bel va son chiziqlarigacha kengaytiriladi. Shimning old choki yaqindagi 

bo’ylama  burmalar  bu  nuqsonni  yo’qotish  uchun  shimning  old  zixiga  qo’shib 

beriladigan  haqni  kamaytirib  yon  zixlar  haqini  oshirish  kerak.  Shimning  orqa 

yarmida  og’    chizig’ining  do’ngligi  kamaytiriladi.  O’rta  detal  chok  ham  shunga 

yarasha siljitiladi. Shimning orqa yarmida tekislik uchun qo’shib beriladigan chok 

haqi qayta taksimlanadi. Detalning butun eniga tarqalgan qiya burmalar detalning 

qisqaritirilishi,  uzaytirilishi  yoki  toraytirilishi  natijasida  kelib  chiqadi.  Yelkasi 

yostiqchali  kiyimning  yon  choklaridagi  qiya  burmalar.  Bu  nuqson  quyidagi  cha 

yo’qotiladi:  qiya  burmalar  kiyimning  oldi  va  orqasidagi  yeng  o’mizi  tubida  yon 

choklarda o’tkaziladi. Lozim topilganda detallar bichimi aniqlanadi va andozalarga 

tuzatish kiritiladi. Old yeng o’mizi yaqinidagi qiya burmalar. Yeng o’mizi tubidagi 

burmalar  yon  choklarga  o’tkazilib  tekislab  yuboriladi.  Detallarning  bichimi 

aniqlanadi va andozalarga tuzatish kiritiladi. Orqaning yeng o’mizi yaqinidagi qiya 

burmalar  agar  bu  nuqsonlar  yelka  balandligini  har  xilligidan  yoki  yelkalarning 

pastligidan  kelib  chiqsa  u  holda  yelkani  yostiqchali  qilish  yoxud  mavjud 

yostiqchaning  qalinligini  oshirish  kerak.  Mazkur  nuqson  detallar  muvozanati 

buzilganligi  oqibati  bo’lsa  bursa  burmalar  kengligi  yon  choklarga  taksimlanadi. 

Andaza aniqlanadi, bichimi o’zgartiriladi. Agar orqadagi yelka kamari toraytirilgan 

bo’lsa  uni  yeng  o’miziga  hamda  yelka  chiziqlariga  qo’shib  berilgan  chok  haqi 

hisobiga  kengaytirish  kerak.  Yeng  boshidagi  qiya  burmalar  bu  nuqsonning  kelib 

chiqishiga  yeng  o’mizining  yopiq  holdagi  chuqurligi  yeng  boshi  balandligiga 

to’g’ri  kelmasligi  sabab  bo’ladi.  Nuqsonni  yo’qotish  uchun  yeng  boshining 

balandligi  (koldirilgan    zapas  haq  yetarli  bo’lsa)  oshirish  kerak.  (1-variant)  yeng 

boshining yon tomonlari pasaytirilganda ham qiya burmalar yo’qotiladi. (2-variant) 

so’ngra yengning oldiga va tirsak zixlari uzunligi  aniqlanadi.  

Yengning tirsak perikati yaqinidagi qiya burmalar. Yeng boshining ostki cheti 

aniq  chizilmagan  hollarda  shunday  nuqson  kelib  chiqadi.  Uni  yo’qotish  uchun 

yengning  ostki  yarimi  yeng  o’mizining  ostki  chizig’i  ustiga  qo’yiladi,  o’miz 

chetining ortiqchasi kesib tashlanadi, old zix qisqartiriladi.  

Shimning  og’  chokidagi  qiya  burmalar.  Nuqsonni  yo’qotish  uchun  avval  og’ 

chizig’ining yuqorisida gorizontal burma hosil qilinib, to’g’nog’ichlar bilan qadab 

qo’yiladi. So’ngra shimning old va orqa yarmidagi qiya burmalar to’g’nog’ichlar 



bilan  qadalib,  yon  chiziqlarning  yuqorigi  qismida  yo’qotiladi.  Shundan  keyin 

andoza aniqlanadi va detallar bichimiga o’zgartirishlar kiritiladi. 

Burchak  burmalari.  Vitachkalarning  ochilish  oralig’i  yetarlicha  bo’lmagan 

yoki burchak puxta dazmollab tekislanmagan, yoxud detalga botiq shakl beradigan 

vitachkaning  ochilish  oralig’i  kichik  bo’lgan  hollarda  shunday  nuqson  vujudga 

keladi.  

Kiyim  orqasining  yeng  o’mizidagi  burchak  burmalar.  Ortiqcha  gazlamadan 

skladka  (burma)  yetishmayotgan  (ochik  holdagi)  kengligini  yoki  dazmollab 

tekislash  uchun  beriladigan  haqni  aniqlaydi.  Orqa  yeng  o’mizining  yuqorigi 

qismida  qoldirilgan  zapasni  oshirgan  holda  yelka  chokini  qo’shimcha  ravishda 

dazmollab tekislash yaxshi natija beradi. 

Shim  orqa  yarmining  tax  chizig’idagi  burchak  burmalar.  Bu  holda  shimni 

namlab  dazmollashga  to’g’ri  keladi.  Dazmol  shim  orqa  yarmining  zixi  bo’ylab 

gazlamaning tanda ipiga nisbatan burchak hosil qilib yurgizilishi kerak. Shimning 

orqa  yarmi  kesik,  vitachkali,  koketkali  bo’lgan  holllarda  mazkur  nuqsonni 

yo’qotish bir muncha qiyin. 

Shimning yon tomonidagi burcha burmalar. Vitachkalar hosil qilib, shimning 

yon tomoni dumpayibroq turadigan qilinsa, nuqson bilinmay qoladi. 

Muvozanat  (uyg’unlik)  buzilish  tikilgan  detallarning  qiyshayib,  spiralsimon 

buralib turishiga sabab bo’ladi. 

Kiyimning  barlari  ochilib  turadi,  ko’krak  chizig’idan  patroqda  burchak 

burmalar hosil bo’ladi. Kiyimning old tomonini bort chizig’i bo’ylab o’zgartirish 

kerak. 

Kiyimning  etagida  barlar  bir-biri  ustiga  chiqib  ketadi.  Nuqsonni  yo’qotish 



uchun  old  yoqa  o’mizining  yuqorigi  uchini  yanada  yuqoriroq  ko’tarish  yoki  old 

yelka chizig’ini yoqa o’mizi tomon surish, yo bo’lmasa kiyim oldining yon chokini 

bir  oz  yuqoriga  ko’tarish  kerak.  Shu  o’zgartirishlar  kiritilgandan  keyin  yangidan 

belgilab qo’yib chiqiladi va yeng o’mizi chizig’i bilan etak chizig’i aniqlanadi.  

Kiyimning  orqasi  kalta.  Bu  nuqsonni  ikki  xil  yo’l  bilan  yo’qotish  mumkin. 

Agar kiyimni tikkanda orqasida zapas koldirilgan bo’lsa u holda orqa uzaytiriladi 

va  orqaning  yelka  qismida  ko’raklar  to’g’risiga  o’zgartirish  kiritiladi.  Kiyimning 

orqasi  chokli  yoki  koketkali  bo’lsa,  mazkur  nuqson  osonlikcha  yo’qotiladi. 

Kiyimning  orqasida  zapasi  bo’lmasa,  kiyimning  oldini  keragicha  qisqartirishga 

to’g’ri keladi. Kiyimning orqasini maxsus yostikchasi bo’lgan presslarda koliplash 

ham yaxshi natija beradi. 

Kiyimning  orqasi  uzun.  Bu  nuqsoni  yo’qotishning  turli  variantlari  mavjud: 

Kiyim  orqasini  qisqartirish  va  toraytirish,  kiyimning  oldini  uzaytirish  va 

kengaytirish,  har  ikki  detallni  bir  yo’la  to’g’rilash.  Bu  variantlarning  hammasida 

yon choklari va yeng o’mizlari va yoqa o’mizlari chiziqlarining uzunligi o’zgardi 

albatta; Anna shu o’zgarish evaziga tutash detallarni tegishlicha to’g’rilash kerak 

bo’ladi.  

Yenginng  oldinga  yoki  orqa  tomonga  ogib  turishi.  Kertiklar  o’rni  noto’g’ri 

belgilangan  yoki  kiyimning  bichimi  (asosi)  kishining  bo’yi-bastiga  to’g’ri 

kelmagan  hollarda  shunday  nuqson  kelib  chiqadi.  Nuqsonni  yo’qotish  uchun 

yengni  so’qish  va  yeng  oldinga  ogib  turgan  takdirda  –  yeng  o’mizidagi  kertiklar 


o’rnini  soat  stirelkasiga  karshi  siljitish,  yeng  ogib  turganida  esa  kertiklarni  soat 

stirelkasi yo’nalishida surish kerak. Yeng o’mizidagi kertiklar o’rnini o’zgartirish 

o’rniga yeng boshidagi kertiklarni shu tariqa sursa ham bo’ladi.  

Shimning  orqa  yarmidagi  vertikal  burmalar.  Bu  nuqson  shimning  old-orqa 

balansi  buzilganligidan  darak  beradi.  Nuqsonni  yo’qotish  uchun  o’rta  chokning 

yuqorigi uchini bir oz uzaytirish va orqa vitachkani kengaytirish yukki dumbaning 

eng  baland  joylarini  qo’shimcha  vitachkalar  qilish  kerak.  Bundan  tashqari,  shim 

o’rta chokining to’g’ri toritib cho’zilganligini tekshirish kerak. 

Shimning  old  yarmi  uzun.  Bant  sohasida  gorizantal  burmalar  hosil  bo’lishi 

ana  shunday  nuqson  borligidan  dalolat  beradi.  Bu  nuqsonni  yo’qotish  uchun 

primerka  vaqtida  shimning  ortiqcha  uzunligini  gorizantal  skladkaga  yetish  kerak. 

Bu  skladkaning  kengligi  shimning  old  yarmini  qanchalik  qisqartirish  yoki  orqa 

yarmini qanchalik uzaytirish kerakligini ko’rsatadi. 

Shimning orqa yarmini uzun. Bu nuqson ham xuddi yuqoridagiga  o’xshaydi. 

Uni  bartaraf  etish  uchun  shimning  orqa  yarmini  qisqartirish  yoki  old  yarmini 

uzaytirish kerak.  

Shimning  yon  choklari  orqaga  buralib  ketadi.  Shim  old  yarmining  og’  choki 

keragidan  uzun  bo’lganda  shunday  nuqson  bo’ladi.  Muvozanatni  tiklash  uchun 

kertiklarni  pastga  surish  bilan  shim  old  yarmining  yuqorigi  nuqtalarini  yanada 

yuqoriroq ko’tarish kerak. 

Shimning yon choklari oldinga buralib ketadi. Shim old yarmining yon choki 

uzayishi  natijasida  shunday  nuqson  kelib  chiqadi.  Nuqsonni  bartaraf  etish  uchun 

shim oldining yon zixlaridagi kertiklarini pastga siljitish kerak. 

Yurganda, harakatlanganda seziladigan va ko’zatiladigan boshqa nuqsonlar. 

Yeng  qo’lni  ko’tarishga  halakit  beradiyu  bu  nuqsonni  yo’qotish  uchun  yeng 

o’mizining  chuqurligini  kamaytirish  kerak,  shunga  yarasha  yeng  boshining 

balandligi  ham  albatta  kamaytiriladi.  Kiyimning  dastlabki  uzunligi  o’zgarmasligi 

uchun  etakni  qayirib  bo’qish  maqsadida  tashlab  ketilgan  chok  haqidan 

foydalaniladi. 

Shim tizzani bukib  o’tirishga va oyoqni ko’tarishga halakit beradi. Shimning 

o’rta choki yetarlicha uzun bo’lmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Bu 

nuqsonni  bartaraf  etish  uchun  o’rta  chokni  uzaytirish,  old  zixni  qisqartirish  va 

kiritilgan  o’zgartirishlarga  muvofiq  ravishda  shimning  yuqorigi  qismini  qayta 

bichish kerak. 



 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling