A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti 311-19-guruh talabasi


Download 145 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi145 Kb.
#1478510
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fuqarolik jamiyatining zamonaviy talqinlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Tabiiy fanlar fakulteti
311-19-guruh talabasi
Salohiddinov Sherzodning
Tarix,shaxs va jamiyat o'qitish metodikasi fan


Mavzu: Fuqarolik jamiyatining zamonaviy talqinlari

Qabul qildi: _______________
Jizzax -2023 y.
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. ZAMONAVIY DAVRDA FUQAROLIK JAMIYATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob’ekti.
1.2. Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
II BOB FUQAROLIK JAMIYATI - TARAQQIYOTNING YUQORI BOSQICHI.
2.1 Fuqarolik jamiyati haqida g‘oyalar evolyusiyasi
2.2 Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Fuqarolik jamiyati atamasi fuqarolik va fuqaro haqidagi tushunchalar tarkib topganidan keyingina paydo bo’lgan va shu tariqa fuqarolar majmui sifatida jamiyat tushunchasi yuzaga kelgan.Dastlabki davrlarda fuqarolik jamiyati bilan davlat o’rtasidagi farqlanish e’tirof etilmagan. Masalan Arastuning fikricha, davlat fuqarolar majmuidan, fuqarolik jamiyatidan boshqa narsa emas edi. Sen Simon esa, jamiyatning birdek nafrat bilan qaraydigan ikki dushmani bor, ular anarxiya( hokimiyatsizlik) va despotizm(zolimlik)dir, deya ta’kidlagandi. Amalda fuqarolik jamiyati ijtimoiy munosabatlarning shunday yetuklik holatidirki, unda yuqoridagi har ikki illat amalda mustasno qilinadi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy xususiyatlari iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy birlikda o’z ifodasini topadi. Bular iqtisodiy sohada nodavlat tashkilotlar, shirkatlar, ijara va aksiyadorlik jamoalari , uyushmalar, korporatsiyalarning mavjudligidir;
Ijtimoiy sohada- oila, partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar, ish va yashash joylaridagi o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning madaniylashgan tartibotlari, ijtimoiy ixtiloflarni kuch ishlatmasdan, tazyiqsiz, qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining mavjudligidir;
Ma’naviy sohada- so’z, vijdon va fikr erkinligi, o’z fikrini ochiq bildira olishning real imkoniyatlari, ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham qonuniy, ham amaliy jihatlari ta’minlanganligidir. Huquqiy davlat barqarorligining huquqiy asosi – jamiyatda fuqarolarning irodasiga, ularning huquq va erkinliklarining himoyalanganligiga asoslangan qonuniylik va huquqiy tartibotning mustahkamligidir.
Huquqiy davlat barqarorligining siyosiy asosi – siyosiy plyuralizmga asoslangan demokratik siyosiy tizimning mavjudligi va barqaror faoliyat kursatishidir.
Huquqiy davlat barqarorligining ijtimoiy asosi – aholining davlat tomonidan teng himoyalanishida ko’rinadi.
Huquqiy davlat barqarorligining iqtisodiy asosi – erkin tadbirkorlikka va hilma-hil mulk shakllarini rivojlantirishga qaratilgan bozor munosabatlarining mavjudligidir. Ammo jamiyatda bu nazariyaga qarshi fikrlar ham bo’lgan L.Kaganovich sho’ro hokimiyatining 12 yilligi munosabati bilan qilgan ma’ruzasida «biz huquqiy davlat tushunchasini rad etamiz. Bu tushuncha burjua davlatining sinfiy mohiyatini yashirish uchun burjua olimlari tomonidan ixtiro qilingan», deydi. Mustaqillikka erishgach, olimlarimiz oldida huquqiy davlat to’-risida yanada aniqroq konseptual tasavvurni ta’riflab berish vazifasi kundalang bo’ldi. SH.O’razayev, M.SHarifxo’jayev, X.Odilqoriyev, A.Saidov, O.Husanov, N.Jo’rayevlar bu borada chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.Hamda huquqiy davlatning asosini ko’rsatib berdilar.
Huquqiy davlatning ijtimoiy asosini inson va uning xilma xil manfaatlari tashkil etishligini, axoloqiy asoslarini insonparvarlik va adolat, shaxs teng huquqligi va erkinligi, uning sha’ni va qadr qimmati nazarda tutilishi e’tirof etilgan. Fuqarolik jamiyati atamasi fuqarolik va fuqaro haqidagi tushunchalar tarkib topganidan keyingina paydo bo’lgan va shu tariqa fuqarolar majmui sifatida jamiyat tushunchasi yuzaga kelgan.Dastlabki davrlarda fuqarolik jamiyati bilan davlat o’rtasidagi farqlanish e’tirof etilmagan. Masalan Arastuning fikricha, davlat fuqarolar majmuidan, fuqarolik jamiyatidan boshqa narsa emas edi. Sen Simon esa, jamiyatning birdek nafrat bilan qaraydigan ikki dushmani bor, ular anarxiya( hokimiyatsizlik) va despotizm(zolimlik)dir, deya ta’kidlagandi. Amalda fuqarolik jamiyati ijtimoiy munosabatlarning shunday yetuklik holatidirki, unda yuqoridagi har ikki illat amalda mustasno qilinadi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy xususiyatlari iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy birlikda o’z ifodasini topadi. Bular iqtisodiy sohada nodavlat tashkilotlar, shirkatlar, ijara va aksiyadorlik jamoalari , uyushmalar, korporatsiyalarning mavjudligidir;
Ijtimoiy sohada- oila, partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar, ish va yashash joylaridagi o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning madaniylashgan tartibotlari, ijtimoiy ixtiloflarni kuch ishlatmasdan, tazyiqsiz, qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining mavjudligidir;
Ma’naviy sohada- so’z, vijdon va fikr erkinligi, o’z fikrini ochiq bildira olishning real imkoniyatlari, ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham qonuniy, ham amaliy jihatlari ta’minlanganligidir1.

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling