A qodiriy nomli


Download 0.95 Mb.
bet6/12
Sana22.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1378315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
M

2.2 Eskiz va uni chizish


Bu mavzu bo'yicha metodik tavsiyalar odatda, eskizlar chizish tartibini bayon etish yoki tasvirlash, detallarni o'lchash usullarini ko'rsatish, ularni tanlashga oid maslahatlarni berishdan iborat bo'ladi. Bu malumotlarning hammasi o'qituvchilarga ma'lum va bu ishning 8-sinfda boshlanishi o'qitish tajribasida qabul qilingan eskizlarni chizish usullariga tubdan o'zgartirishlar kiritishni talab qilmaydi. Dastlab, bolalar endigina o'zlari uchun yangi bo'lgan grafik ishlarnirig turi bilan tanishib kelayotganda o'quvchilaming mustaqil ishlarga bo'lgan talablari biroz soddalashtirilishi lozim. Masalan, asosiy ko'rinishni tanlash, predmetning shakliga qa*ab ko'rinishlarining sonini va eskizlarini bajarish tartibini aniqlash haqida o'quvchilarga tayyor holda, qisqacha tushuntirishlar berish lozim.
Metodik adabiyotlarda eskizlar chizish tartibi to'g'risida tavsiyalar berilgan. O'quvchilarga predmetning zarur bo'lgan barcha ko'rinishlarini chizmaga joylashtirishni to'la o'rgatish maqsadida uning simmetrik o'qlarini va gabaritlarini qo'yishga o'rgatishning zarurligi ko'pchilik metodistlar tomonidan e'tirof etilgan. O'quv-chilarda predmetga jismlarning «yig'indisi» yoki «ayirmasi» sifatida qarash, predmet qismlarini hamrna ko'rinishlarda birin-ketin orttirish yo'fi bilan bajarish, ya'ni «qismdan butunga», «butundan qismga degan tamoyillarga asoslanib, predmet ko'rinishlarini yasash usullarini shakllantirish kerak. Eskizlar chizishda
naturani kuzatish juda katta ahamiyatga ega, bu jarayonning mohiyatini yuqorida bayon etgan edik.

Eskiz chizishdan oldin:



  • detalning umumiy shakli haqida tasawur hosil qilish uchun uni tezgina ko'zdan kechirish;

  • detal qismlarini diqqat bilan o'rganib chiqish, chiziqlar, chuqurchalar, tcshiklar va hokazolarning shakli hamda ularning fazoviy munosabatlarini aniqlash;

  • predmetni eskiz chiziladigan qilib qo'yilgan vaziyatida yana bir qayta ko'zdan kechirish kerak. Eskiz chizish jarayonida:

  • predmetning biror qismining shakllarini aniqlab olish uchun vaqti vaqti bilan uni ko'zdan kechirib turish zarur. Eskiz chizib bo'lingandan keyin:

  • chizilgan tasvirlarning to'laligini va to'g'riligini tekshirish uchun predmet shaklini diqqat bilan ko'zdan kechirish;

  • eskizga o'lchamlar qo'yish lozim.

Tasvirlarga o'lchamlar qo'yishda o'lchov asboblaridan oqilona foydalanish, o'lchov olish shtangensirkulidan o'lchash ishlarida foydalanish usullariga e'tibor bermoq lozim.
Darslikda eskizlar chizishga oid ko'rsatmalar va namunaviy misollar ko'rsatilgan. Shuni alohida ko'rsatib o'tish lozimki, bu mavzuni o'rganishda darslikda berilgan rasmni ko'r-ko'rona ko'chirish yaramaydi. Darslikdagi rasmdan faqat eskiz chizish bosqichlarini tushuntirishda foydalanish, ammo chizish uchun esa shu rasmdagi topshiriqqa yaqin bo'lgan modelning aslidan foydalanish kerak.
Chizmachilik asboblari ishlatilmasdan va masshtabga rioya qilmasdan buyumning nisbatlarini saqlagan holda ko'zda chamalab, bajarilgan chizma eskiz hisoblanadi.
Eskizlar detallarning ish chizmalarini tuzish uchun material bo'lib xizmat qiladi. Eskizlar, shuningdek, buyumlar va detallami loyihalashda, ularni ta’mirlashda qo'llaniladi hamda detaining o‘ziga qarab tuziladi. Ishlab chiqarishda, ba’zi hollarda, detallar bevosita eskiz bo'yicha ham tayyorlanadi. Shunga ko'ra, eskizda detaining ish chizmasida beriladigan barcha ma’lumotlar berilishi shart. Eskizda tasvimingkattaligi detaining o'lchamiga, murakkabligiga va chizma qog‘ozining bichimiga qarab chiziladi, hamma kerakli o'lchamlari, belgilari, texnik talablari va boshqaqa ma’lumotlarni yozishga imkon berishi lozim.



1-shakl



Eskizlami quyidagi tartibda chizish tavsiya etiladi:

    • eskiz chizish uchun detalga moslashtirib shakl bichimi tanlanadi va bichim hOChiyasi, asosiy yozuv o'mi belgilab chiqiladi;

detaining tashqi va ichki qiyofasi yaxshilab o‘rganiladi va ko'rinishlar soni aniqlanadi. Bosh ko`rinishning o'rni unga nisbatan boshqa ko‘rinishlarning joylari belgilah chiqiladi. Bu yerda detalga beriladigan o'lchamlarga joy qoldirilishi hisobga olinadi;

    • detaining tashqi qiyofasi barcha ko'rinishlarda ingichka chiziqlar bilan chizib chiqiladi;

    • detaining ichki qiyofasi ham qirqimni hisobga olgan holda barcha ko'rinishlarda chizib chiqiladi;

    • zarur bo‘lgan qirqim (kesim) lar bajariladi;

    • talab qilinadigan barcha o'lchamlari qo‘yib chiqiladi;

    • ortiqcha chiziqlar o'chirilib, shakl chiziqlari ustidan yurgizib chiqiladi va shakl taxt qilinadi;

    • asosiy yozuv yoziladi va shakl yana bir marta tekshirib chiqiladi (1-shakl).

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling