A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


 Ishlab chiqarish jarayonining tasnifi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

3.2. Ishlab chiqarish jarayonining tasnifi
Mehnatning ish qurollari bilan ta’minlanganligi va unda
insonning ishtirok etishiga qarab, u mexanizatsiyalashmagan,
qisman mexanizatsiyalashgan, mashinalashgan jarayonlarga
bo‘linadi.


21
Mexanizatsiyalashmagan jarayonlar mexanizmlarsiz,
hech qanday energiya turidan foydalanmay amalga oshiriladi.
Ular mehnat buyumining holatini yoki ularning shaklini
o‘zgartirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, qo‘lda foydalaniladigan
asboblar yordamida bajariladi. Konchilik korxonalarining
asosiy ishlab chiqarishida mexanizatsiyalashmagan jarayonlar
kam uchraydi. Biroq, ishlab chiqarishning yordamchi va
xizmat ko‘rsatuvchi bo‘g‘inlarida qo‘l mehnati hali
anchagina.
Qisman mexanizatsiyalashgan jarayonlarda ishlar
mashinalar yoki mexanizatsiyalashgan asboblar yordamida
bajariladi: ularni boshqarish esa insonning qo‘l mehnatini
talab etadi.
Mashinalashgan jarayonlarda mehnat quroli bo‘lib
mashinalar xizmat qiladi: ishchi esa bevosita ish joyidan
yoki uzoqdan turib uning harakatini muayyan maqsadga
yo‘naltiradi. Hozirgi vaqtda konchilik korxonalarining
deyarli barcha asosiy jarayonlari mashinalashgan.
Ishlab chiqarish jarayonining tuzilishi (strukturasi)Har
bir ishlab chiqarish jarayoni o‘zining tuzilish xususiyatiga
ega. U quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linishi mumkin (1-
chizma). Тexnologik mazmuniga ko‘ra u ishlab chiqarish
bosqichlariga, ish jarayonlari majmuyiga, ish jarayonlariga
va operatsiyalarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish bosqichi – bu foydali ishlab chiqarish
jarayonining texnik, texnologik tashkiliy jihatdan ajralgan
qismidir. U o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va ma’lum tartibda
ketma-ket keluvchi ish jarayonlari majmuyini o‘z ichiga
oladi. Ruda qazib chiqaruvchi konchilik korxonalari ishlab
chiqarishi quyidagi bosqichlaridan konni ochish, qazib
chiqarishga tayyorlash, qazib chiqarish, foydali qazilmani
boyitish, tayyor mahsulotni iste’molchiga yuklab jo‘natishdan


22
Ishlab chiqarish jarayoni
Jarayonning bosqichlari
Operatsiyalar
Usullar
Harakatlar
iborat bo‘ladi. Bular bir vaqtning o‘zida ketma-ket bajarilishi
mumkin.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling