A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Nazorat savollari: 
1. Tadbirkorlik tushunchasini izohlab bering. 
2. Tadbirkorlik turlari. 
3. Mahsulot ishlab chiqarish. 
33-MAVZU. TAYYOR BUYUM VA MAHSULOTLARNI 
SOTISH, REKLMA QILISH VA MARKETING 
 
Tayanch so’zlar: tayyor buyum, sotish, reklama qilish, ishlab 
chiqarish, oziq-ovqat, sanoat, bozor, tovar, to’qimachilik, mebelsozlik. 
 
33.1. Tayyor buyum va mahsulotlarni sotish, reklma qilish 
mahsulotni sotish 
Yalpi daromad va foyda tadbirkorni harakatga undovchi 
sabablardan biri – bu foyda olishga intilishdir. Foyda hajmi qanchalik 
katta bo‘lsa, bu tadbirkor uchun o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va 
faoliyatini yanada kengaytirishga imkon yaratadi. Tadbirkorlik 
foydasini aniqlash uchun yalpi daromad tushunchasini ham farqlash 
kerak. 
Yalpi daromad – mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
natijasida olingan pul mablag‘lari miqdori. 
Aytaylik, siz korxonangizda bir oy davomida 100 ming dona 
daftar ishlab chiqardingiz. Har bir daftarning narxi 1 000 so‘m. Agar 
barcha daftarlar sotilgan taqdirda, korxonangizning bir oylik pul 
tushumi 100 mln. so‘m (100 000 × 1000) ga teng bo‘ladi. Biroq 
korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho 
bera olmaydi. Chunki bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga 
olinganligini aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining 
xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o‘rin tutadi. U 
quyidagicha aniqlanadi. Pr = TR – TC 
Bu yerda: Pr (profit) – foyda; 


239 
TR (total revenue) – mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad 
(tushum); TC (total cost) – umumiy xarajatlar. foyda – korxona pul 
daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan 
musbat farq. 
Yuqoridagi 
misolda 
ko‘rsatib 
o‘tilganidek, 
sizning 
korxonangizda daftar ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. 
so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonangizning bir oylik 
foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi. Shu 
o‘rinda ta’kidlash joizki, foydaga erishish uchun pul daromadlari 
xarajatlardan ko‘p bo‘lishi, ya’ni ular o‘rtasidagi farq ijobiy 
ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Chunki ayrim holatlarda xarajatlar pul 
daromadlaridan oshib ketib, natija manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi 
ham 
mumkin. 
Ushbu 
holat 
zarar 
deb 
ataladi. 
Masalan, 
korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m bo‘lgani holda, 
xarajatlaringiz 110 mln. so‘mni tashkil etsa, siz foyda o‘rniga 10 mln. 
so‘mlik zarar ko‘rgan bo‘lasiz. Shuning uchun korxona xarajatlarini 
doimiy ravishda nazorat qilib borish muhim hisoblanadi. 
Foydaning taqsimlanishi sizning korxonangizning dastlabki 
moliyaviy natijasi yalpi foyda ko‘rinishida bo‘ladi. Yalpi foyda – bu 
yalpi daromad yoki tushumdan ishlab chiqarish xarajatlarining 
farqidir. Biroq siz hali yalpi foydani to‘liq o‘z ixtiyoringizga ko‘ra 
ishlata olmaysiz. Buning uchun, avvalo, korxona yalpi foydasini 
taqsimlash zarur bo‘ladi. 
Birinchi navbatda yalpi foydadan boshqa iqtisodiy subyektlarga 
turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va 
binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul 
mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan 
tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari budjetiga 
soliqlar to‘laydilar, turli xayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar 
kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil 
etadi. 


240 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling