A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Vibratsiy, tebranish, titrash


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Vibratsiy, tebranish, titrash – mexanik tebranish – o‘lchash 
asboblari va boshqa qurilmalarning ayrim qismlarini katta yoki 
kichik kenglik bilan tebranishi.
Vizir(nishonga oladigan asbob) – biror narsaga qarashga moslangan 
tirqishli yoki teshikli moslama. 
Xolgul parma – pichoqchilikda ishlatiladigan parma bo’lib, u pichoq 
dastasiga hol o’rnini o’yishda ishlatiladi. Dastasi yog’ochdan, o’zi 
po’latdan uchi ayri bo’ladi. Uni ko’z parma deb yuritilib, uni 
kamonchaga solib aylantirib ishlatiladi. 
Val – aylanuvchi qismlarni tutib turish hamda aylanma xarakatni 
uzatish uchun xizmat qiluvchi detal. 
Xususiylashtirish – mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy 
shaxslarga o’tishi. 
Yassi o’yma – eng ko’p qo’llaniladigan o’yma turidir. Bu o’yma 
taxminan 1—1,5 sm chuqurlikda bo’lib, uning relyefiga har xil 
pardoz beriladi. Tosh, yog’och, mis va boshqa o’ymakorlikda yassi 
o’yma juda kam qo’llaniladi. 
O‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar 
kiymatlarini tajriba yuli bilan topish demakdir. Umuman 
o‘lchashlar normallashtirilgan ulchovshunoslik tavsifiga ega 
bo‘lgan texnik vosita, ya'ni o‘lchash vositasi (o‘lchov vositasi) 
yordamida amalga oshiriladi. 
O‘lchash aniqligi – o‘lchash kattaligining xaqiqiy qiymatlariga 
o‘lchash natijalarini yaqinligini aks ettiruvchi o‘lchash sifatidir. 
O‘lchov birligi – o‘lchash natijasi ko’rsatilgan birlikda ifodalangan va 
o‘lchash xatoligi berilgan extimollikda ma'lum bo‘lgan o‘lchash 
holatidir. O‘lchamlar zanjiri deb bir detalni (detal zanjiri) yoki bir 
nechta detalni (yig‘ma zanjiri) o‘qlari va sirtlari joylashuvi 
aniqligini bildiradigan va berk kontur hosil qiladigan o‘lchamlar
yig‘indisiga aytiladi. 
O‘lchov vositasi – o‘z navbatida o’lchov, o‘lchash o’zgartgichlari, 
o‘lchash asboblari, o‘lchash axborot tizimi va o‘lchash qurilmalari 
kabi turkum (gurux) larga bo‘linadi. 


265 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling