A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun so‘zlar
3-
mashq. Berilgan so‘zlardan foydalanib, nuqtalar o‘rnini to‘ldiring va yozing. – Do‘stim, ertaga darsga borasanmi? – ... . http://eduportal.uz 25 – ... , sog‘lig‘ingni so‘ramabman, tuzalib qoldingmi? – Issig‘im tushdi. – Unda durust. – Darsga kelishingda senga bergan daftarimni olib kelgin-a. – ... , do‘stim, olib borolmayman. – Nega? – Chunki misollarni ko‘chirib bo‘lganim yo‘q. – ... , mayli, keyin gaplashamiz. Foydalanish uchun so‘zlar: yo‘q, xo‘p, ha, uzr, rahmat. 4- topshiriq. Berilgan suhbat matnini davom ettiring. – Sening do‘stlaring bormi? – Ha, do‘stlarim ko‘p. – Ular sening tengdoshlaringmi? – Ha, ko‘pchiligi tengdoshlarim. – Siz kompyuterdan foydalanishni bilasizmi? – Ha, bilaman. – Tengdoshlaringiz kompyuterga qiziqadilarmi? – Albatta, qiziqadilar. – Maktabingizda zamonaviy kompyuterlar bormi? – ... . 4- mashq. Ko‘chiring. So‘z-gaplarning tagiga chizing. 1. – Tikuvchingiz menga yoqmadi, yoqani o‘xshatolmas ekan. Boshqasini topamiz. – Xo‘p. 2. – Azizjon, soy bo‘ yida kutib tur- moqchimisiz? – Ha. 3. – Yuqoridan bi ron nima olib kelishla- rini aytdim. – Rahmat. 4. – Aslo. Men bu fikrga mutlaqo qo‘shil mayman. 5. – Voybo‘, – dedi Nodira jahli chiqib. 6. – Ofarin! Hamisha shunday zafar quchib yuring. 7. – Rahmat, – tashakkur bildirdi Durdona. 5- topshiriq. Matnni o‘qing va so‘z-gaplarni toping. Siz ham teng- doshingizga maktub yozing. http://eduportal.uz 26 Dugonamga xat Salom, Madina! Ahvollaring yaxshimi? O‘qishlar bilan qiy nal- mayapsanmi? Mendan so‘rasang, barchasi a’lo. Toshkentga kelsang, tanimay qolasan. Kundan kunga yangi binolar qad ko‘tarmoqda, bilim yurtlari, zamonaviy sport majmualari, kutubxonalar ochilmoqda. Ularning har biri zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan. Ayniqsa, yoshlarga e’tibor katta. Yoshlarning o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. O‘tgan kuni Sardorning „Kelajak ovozi“ tanlovida, Layloning shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritganliklarini barcha sinfdoshlar bilan birga nishonladik. Ha ... Vaqt juda tez o‘tmoqda. Seni sog‘indik. Kelsang, „Oh-ho! Toshkent o‘zgarib ketibdi“, deysan. Mayli. Ko‘p vaqtingni olmay. O‘zingni ehtiyot qil! Ta’tilda kelgin. Kutaman. Salomat bo‘l! Xayr! Du gonang Salima. (Tengdoshlar yon daftaridan) Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling